- 1يَقُولُ الْعَبْدُ فِي بَدْءِ الأَمَالِي لِتَوْحِيدٍ بِنَظْمٍ كَالَّلآلِي
So‘z boshlar imlolar boshida banda,
Durlardek nazm-la tavhid haqinda.
- 2إِلَهُ الْخَلْقِ مَوْلاَنَا قَدِيمٌ وَمَوْصُوفٌ بِأَوْصَافِ الْكَمَالِ
Egamiz qadimdir olam ilohi,
Benuqson komildir Uning sifoti.
- 3هُوَ الْحَيُّ الْمُدَبِّرُ كُلَّ أَمْرٍ هُوَ الْحَقُّ الْمُقَدِّرُ ذُو الْجَلاَلِ
U Haydir tayinlovchi neki bo‘lsa hol,
U Haqdir taqdirlovchi oliy Zul jalol.
- 4مُرِيدُ الْخَيْرِ وَالشَّرِّ الْقَبِيحِ وَلَكِنْ لَيْسَ يَرْضَى بِالْمُحَالِ
Yaxshiyu yomonga irodasi bor,
Lek yomon ishlarga rozimas zinhor.
- 5صِفَاتُ اللَّهِ لَيْسَتْ عَيْنَ ذَاتٍ وَلاَ غَيْرًا سِوَاهُ ذَا انْفِصَالِ
Alloh sifatlari ayni zotimas,
Undan ajraluvchi boshqa ham emas.
- 6صِفَاتُ الذَّاتِ وَالأَفْعَالِ طُرًّا قَدِيمَاتٌ مَصُونَاتُ الزَّوَالِ
Zotiy fe’liy sifatlar bari barkamol,
Ibtidosiz, intihosiz doim bezavol.
- 7نُسَمِّي اللَّهَ شَيْئًا لاَ كَالأَشْيَاءِ وَذَاتًا عَنْ جِهَاتِ السِّتِّ خَالِي
Allohni betimsol “shay” deb atash bor,
Ham zot deymiz, ammo, emas tarafdor.
- 8وَلَيْسَ الإِسْمُ غَيْرًا لِلْمُسَمَّى لَدَى أَهْلِ الْبَصِيرَةِ خَيْرِ آلِ
Ism nomlangandan emasdir o‘zga,
Idrok ahli – yaxshi oila nazdida.
- 9وَمَا إِنْ جَوْهَرٌ رَبِّي وَجِسْمٌ وَلاَ كُلٌّ وَبَعْضٌ ذُو اشْتِمَالِ
Robbim javhar emas, jism ham emas,
Murakkab ham emas, qism ham emas.
- 10وَفِي الأَذْهَانِ حَقٌّ كَوْنُ جُزْءٍ بِلاَ وَصْفِ التَّجَزِّي يَا ابْنَ خَالِ
“Bo‘linmas juz”ning mavjudligi bor,
O‘yla, tog‘am o‘g‘li, aql etmas inkor.
- 11وَمَا الْقُرْآنُ مَخْلُوقًا تَعَالَى كَلاَمُ الرَّبِّ عَنْ جِنْسِ الْمَقَالِ
Qur’on ijodiymas, kalomi ilohiy
Rob kalomi maqol jinsidan oliy.
- 12وَرَبُّ الْعَرْشِ فَوْقَ الْعَرْشِ لَكِنْ بِلاَ وَصْفِ التَّمَكُّنِ وَالتِّصَالِ
Arsh Robbisi Arshdan yuqori, biroq
Joy olish, o‘rnashish vasfidan yiroq.
- 13وَمَا التَّشْبِيهُ لِلرَّحْمَنِ وَجْهًا فَصُنْ عَنْ ذَاكَ أَصْنَافَ الأَهَالِ
Ar-Rohmanga qiyoslash mumkinmas bilgin,
Aholi sinflarin undan saqlagin.
- 14وَلاَ يَمْضِي عَلَى الدَّيَّانِ وَقْتٌ وَأَزْمَانٌ وَأَحْوَالٌ بِحَالِ
Dayyonga nisbatan joriy bo‘lmas vaqt,
Shuningdek, zamonlar-u va biror holat.
- 15وَمُسْتَغْنٍ إِلَهِي عَنْ نِسَاءٍ وَأَوْلاَدٍ إِنَاثٍ أَوْ رِجَالِ
Robbimiz oliydir muhtoj qolishdan,
Qiz yo o‘g‘il bolayu, xotin olishdan.
- 16كَذَا عَنْ كُلِّ ذِي عَوْنٍ وَنَصْرٍ تَفَرَّدَ ذُو الْجَلاَلِ وَذُو الْمَعَالِ
Ko‘makchi-yu yordamchiga muhtojmas aslo,
Zul jalolu Mutaoliy mutlaqo tanho.
- 17يُمِيتُ الْخَلْقَ طُرًّا ثُمَّ يُحْيِي فَيَجْزِيهِمْ عَلَى وَفْقِ الْخِصَالِ
Barchani o‘ldirar, so‘ngra tirgizar
Kimga jazo, kimga mukofot berar.
- 18لأَهْلِ الْخَيْرِ جَنَّاتٌ وَنُعْمَى وَلِلْكُفَّارِ أَدْرَاكُ النَّكَالِ
Solihlarga jannat, shodu xurramlik,
Kofirlarga uqubat, azob alamlik.
- 19وَلاَ تَفْنَى الْجَحِيمُ وَلاَ الْجِنَانُ وَلاَ أَهْلُوهُمَا أَهْلُ انْتِقَالِ
Do‘zaxu jannatlar hech fano bo‘lmas,
Ularning ahllari ko‘chmas va o‘lmas.
- 20يَرَاهُ الْمُؤْمِنُونَ بِغَيْرِ كَيْفٍ وَإِدْرَاكٍ وَضَرْبٍ مِنْ مِثَالِ
Mo‘minlar ko‘rarlar Uni shaklsiz
Hamda idroksizu, “zarbul masal”siz.
- 21فَيَنْسَوْنَ النَّعِيمَ اِذَا رَأَوْهُ فَيَا خُسْرَانَ أَهْلِ الاِعْتِزَالِ
Ne’matlar unutilar Uni ko‘rsalar qachon,
Hazir bo‘ling mo‘tazila ahliga ziyon.
- 22وَمَا إِنْ فِعْلُ أَصْلَحَ ذُو افْتِرَاضٍ عَلَى الْهَادِي الْمُقَدَّسِ ذِي التَّعَالِي
“Aslah ishi” farz emas, ulug‘ Hodiyga,
Nuqsonlardan xoli Mutaoliyga.
- 23وَفَرْضٌ لاَزِمٌ تَصْدِيقُ رُسْلٍ وَأَمْلاَكٍ كِرَامٍ بِالنَّوَالِ
Farzu lozim erur tasdiqlash rasullarni,
Ham in’omlar-la sharaflangan malaklarni.
- 24وَخَتْمُ الرُّسْلِ بِالصَّدْرِ الْمُعَلَّى نَبِيٍّ هَاشِمِيٍّ ذِي جَمَالِ
“Sodru muallo”dir xotamunnabiy,
Jismiyu xulqi go‘zal rasul Hoshimiy.
- 25إِمَامُ الأَنْبِيَاءِ بِلاَ اخْتِلاَفٍ وَ تَاجُ الأَصْفِيَاءِ بِلاَ اخْتِلاَلِ
Barcha payg‘ambarlar imomidirlar,
ulug‘ afif bandalar tojidirlar.
- 26وَبَاقٍ شَرْعُهُ فِي كُلِّ وَقْتٍ إِلَى يَوْمِ الْقِيَامَةِ وَارْتِحَالِ
Uning shariati boqiydir har vaqt,
Kelgunicha ko‘chish kun, ro‘zi qiyomat.
- 27وَحَقٌّ أَمْرُ مِعْرَاجٍ وَصِدْقٌ فَفِيهِ نَصُّ أَخْبَارٍ عَوَالِي
Me’roj voqeasin haq va rost deb bil,
Oliy xabarlarda kelgandir dalil.
- 28وَمَرْجُوٌّ شَفَاعَةُ أَهْلِ خَيْرٍ لأِصْحَابِ الْكَبَائِرِ كَالْجِبَالِ
Solihlar shafoatidan, albat, umid bor,
Umidvorlar bo‘lsa ham tog‘dek gunohkor.
- 29وَإِنَّ الأَنْبِيَاءَ لَفِي أَمَانٍ عَنِ الْعِصْيَانِ عَمْدًا وَانْعِزَالِ
Payg‘ambarlar hech qachon qasddan isyon etmagan,
Elchilik maqomidan ajralib ham ketmagan.
- 30وَمَا كَانَتْ نَبِيًّا قَطُّ أُنْثَى وَلاَ عَبْدٌ وَشَخْصٌ ذُو افْتِعَالِ
Ayol aslo payg‘ambar bo‘lgan emas,
Hamda biror qulu, qabih fe’lli shaxs.
- 31وَذو الْقَرْنَيْنِ لَمْ يُعْرَفْ نَبِيًّا كَذَا لُقْمَانُ فَاحْذَرْ عَنْ جِدَالِ
Zulqarnayn nabiy deb tanilganmas bil,
Shuningdek, Luqmon ham, tortishuvdan tiyil.
- 32وَعِيسَى سَوفَ يَأْتِي ثُمَّ يَتْوِي لِدَجَّالٍ شَقِيٍّ ذِي خَبَالِ
Iso kelajakda, albatta, kelar,
Badbaxt dajjolga u tezda yo‘l olar.
- 33كَرَامَاتُ الْوَلِيِّ بِدَارِ دُنْيَا لَهَا كَوْنٌ فَهُمْ أَهْلُ النَّوَالِ
Dunyoda valiylar karomatlari
Bo‘lishi shubhasiz, ular in’om ahli.
- 34وَلَمْ يَفْضُلْ وَلِيٌّ قَطُّ دَهْرًا نَبِيًّا أَوْ رَسُولاً فِي انْتِحِالِ
Valiy biror da’voda hech bir zamon,
Nabiy yo Rasuldan afzal bo‘lmagan.
- 35وَلِلصِدِّيقِ رُجْحَانٌ جَلِيٌ عَلَى الأَصْحَابِ مِنْ غَيْرِ احْتِمَالِ
Bordir afzalligi Siddiqning zohir,
As'hoblar ustidan, hech shubha yo‘qdir.
- 36وَلِلْفَارُوقِ رُجْحَانٌ وَفَضْلٌ عَلَى عُثْمَانَ ذِي النُّورَينِ عَالِى
Faruqning ustunlik, ortiqligi bor
Bo‘lsa ham Zinnuroyn, oliy fidokor.
- 37وَذُو النُّورَينِ حَقًّا كَانَ خَيْرًا مِنَ الْكَرَّارِ فِي صَفِّ الْقِتَالِ
Albatta, Zunnuroyn a’loroq bo‘lgan,
Urush saflarida qaytmas Botirdan.
- 38وَلِلْكَرَّارِ فَضْلٌ بَعْدَ هَذَا عَلَى الأَغْيَارِ طُرًّا لاَ تُبَالِ
Shundan so‘ng Botirga afzal ko‘rilish,
Qolgan barchalardan, tortma hech tashvish.
- 39وَلِلصِّدِّيقَةِ الرُّجْحَانُ فَاعْلَمْ عَلَى الزَّهْرَاءِ فِي بَعْضِ الْخِلاَلِ
Siddiqada Zahrodan ustun taraf bor,
Ba’zi xislatlarda qilsang e’tibor.
- 40وَلَمْ يَلْعَنْ يَزِيدًا بَعْدَ مَوْتٍ سِوَى الْمِكْثَارِ فِي الإِغْرَاءِ غَالِي
Yazidni vafotidan so‘ng la’natlashmagan,
Mutaassib sergaplar mustasno bundan.
- 41وَإِيْمَانُ الْمُقَلِّدِ ذُو اعْتِبَارٍ بِأَنْوَاعِ الدَّلاَئِلِ كَالنِّصَالِ
Muqallid iymoniga bordir e’tibor,
Qilich kabi yorqin dalillar bisyor.
- 42وَمَا عُذْرٌ لِذِي عَقْلٍ بِجَهْلٍ بِخَلاَّقِ الأَسَافِلِ وَالأَعَالِي
Oqil banda aslo uzrli bo‘lmas,
Gar u yeru osmon Xoliqin bilmas.
- 43وَمَا إِيْمَانُ شَخْصٍ حَالَ يَأْسٍ بِمَقْبُولٍ لِفَقْدِ الإِمْتِثَالِ
O‘limgacha iymon qilinsa ta’xir
Qabulmas, bo‘ysunish qolmagan axir.
- 44وَمَا أَفْعَالُ خَيْرٍ فِي حِسَابٍ مِنَ الإِيْمَانِ مَفْرُوضَ الْوِصَالِ
Xayrli ishlar garchi erur farz,
Iymon juzlaridan hisob etilmas.
- 45وَلاَ يُقْضَى بِكُفْرٍ وَارْتِدَادٍ بِعَهْرٍ اَوْ بِقَتْلٍ وَاخْتِزَالِ
Zino, qatl, bosqin bo‘lsa ham sabab,
Kufrga mahkummas, deyilmas murtad.
- 46وَمَنْ يَنْوِ ارْتِدَادًا بَعْدَ دَهْرٍ يَصِرْ عَنْ دِيْنِ حَقٍّ ذَا انْسِلاَلِ
Kimki murtadlikni niyat-qasd etar
Shu ondayoq pinhona haq dindan ketar.
- 47وَ لَفْظُ الْكُفْرِ مِنْ غَيْرِ اعْتِقَادٍ بِطَوْعٍ رَدُّ دِيْنٍ بِاغْتِفَالِ
E’tiqodsiz ixtiyor-la kufrni aytish,
Demishlar: g‘aflat-la haq dindan qaytish.
- 48وَلاَ تَحْكُمْ بِكُفْرٍ حَالَ سُكْرٍ بِمَا يَهْذِي وَيَلْغُوا بِارْتِجَالِ
Mast kimsa kufrga hukm etilmas,
O‘ylamasdan behuda aljiragan, bas.
- 49وَمَا الْمَعْدُومُ مَرْئِيًّا وَشَيْئًا لِفِقْهٍ لاَحَ فِي يُمْنِ الْهِلاَلِ
Nomavjud ko‘rilmas, “shay” ham emas bil,
Hilol nurlarida zohirdir dalil.
- 50وَغَيْرَانِ الْمُكَوَّنُ لاَ كَشَيْءٍ مَعَ التَكْوِينِ خُذْهُ لإِكْتِحَالِ
Mukavvan boshqadir, boshqadir takviyn,
Buni sen ko‘zingga surmadek olgin.
- 51وَإِنَّ السُّحْتَ رِزْقٌ مِثْلُ حِلٍّ وَإِنْ يَكْرَهْ مَقَالِي كُلُّ قَالِي
Harom mol haloldek rizqdir begumon,
Rad etuvchi so‘zimni ko‘rsa ham yomon.
- 52وَفِي الأَجْدَاثِ عَنْ تَوْحِيدِ رَبِّى سَيُبْلَى كُلُّ شَخْصٍ بِالسُّؤَالِ
Har bir shaxs qabrga qo‘yilgan zamon,
Robbim tavhididan bo‘lar imtihon.
- 53وَلِلْكُفَّارِ وَالْفُسَّاقِ بَعْضٍ عَذَابُ الْقَبْرِ مِنْ سُوءِ الْفِعَالِ
Kofirlaru ba’zi fosiq kimsalar,
“Qilmish” uchun qabr azobin ko‘rar.
- 54دُخُولُ النَّاسِ فِي الْجَنَّاتِ فَضْلٌ مِنَ الرَّحْمَنِ يَا أَهْلَ الأَمَالِ
Jannatga erishmoq Ar-Rohman fazli,
Bu muhim e’tiqod, ey umid ahli.
- 55حِسَابُ النَّاسِ بَعْدَ الْبَعْثِ حَقٌّ فَكُونُوا بِالتَّحَرُّزِ عَنْ وَبَالِ
Qiyomatda hisob bo‘lmog‘i aniq,
Yomon oqibatdan saqlan, xaloyiq.
- 56وَتُعْطَى الْكُتْبُ بَعْضًا نَحْوَ يُمْنَى وَبَعْضًا نَحْوَ ظَهْرٍ وَالشِّمَالِ
Ayrimlarga nomalar kelar o‘ng qo‘ldan
Ba’zilarga berilar orqa va so‘ldan.
- 57وَحَقٌّ وَزْنُ أَعْمَالٍ وَجَرْيٌ عَلَى مَتْنِ الصِّرَاطِ بِلاَ اهْتِبَالِ
Amallar o‘lchanar, gar aql yetmas,
Sirotda yugurishga epchillik ketmas.
- 58وَلِلدَّعَوَاتِ تَأْثِيرٌ بَلِيغٌ وَقَدْ يَنْفِيهِ أَصْحَابُ الضَّلاَلِ
Duolarning yetuk ta’sirlari bor,
Adashganlargina qilarlar inkor.
- 59وَدُنْيَانَا حَدِيثٌ وَالْهَيُولَى عَدِيمُ الْكَوْنِ فَاسْمَعْ بِاجْتِذَالِ
Dunyomiz yaratilgan, “hayulo” esa,
Shodlik-la eshitgin bo‘lmagan narsa.
- 60وَلِلْجَنَّاتِ وَالنِّيرَانِ كَوْنٌ عَلَيْهَا مَرَّ أَحْوَالٌ خَوَالِي
Jannatlar do‘zaxlar mavjud erurlar,
Ular uzra o‘tgan ko‘p o‘tmish yillar.
- 61وَذُو الإِيْمَانِ لاَ يَبْقَى مُقِيمًا بِسُوءِ الذَّنْبِ فِي دَارِ اشْتِعَالِ
Osiy mo‘min doimo qolmas abad hech,
Alangali diyordan chiqar erta kech.
- 62لَقَدْ أَلْبَسْتُ لِلتَّوْحِيدِ نَظْمًا بَدِيعَ الشَّكْلِ كَالسِّحْرِ الْحَلاَلِ
Kiygazdim tavhidga nazm naqshinkor,
Halol sehr kabi go‘zal betakror.
- 63يُسَلِّي الْقَلْبَ كَالْبُشْرَى بِرَوْحٍ وَيُحْيِي الرُّوحَ كَالْمَاءِ الزُّلاَلِ
Qalblarga zavq berar misli xushxabar,
Zilol suv yetgandek hayot jonlanar.
- 64فَخُوضُوا فِيهِ حِفْظًا وَاعْتِقَادًا تَنَالُوا جِنْسَ أَصْنَافِ الْمَنَالِ
So‘zlarin yod oling qilib e’tiqod,
Mukofotlaridan bo‘lasizlar shod.
- 65وَكُونُوا عَوْنَ هَذَا الْعَبْدِ دَهْرًا بِذِكْرِ الْخَيْرِ فِي حَالِ ابْتِهَالِ
Bu bandaga ko‘makda bo‘linglar mudom,
Ezgu duolar-la, yolvorgan har dam.
- 66لَعَلَّ اللهَ يَعْفُوهُ بِفَضْلٍ وَيُعْطِيهِ السَّعَادَةَ فِي الْمَآلِ
Shoyad, Alloh afv-la aylab inoyat,
Ato etsa oxiratda unga saodat.
- 67وَإِنِّي الدَّهْرَ أَدْعُو كُنْهَ وُسْعِي لِمَنْ بِالْخَيْرِ يَوْمًا قَدْ دَعَا لِي
Men duoda bardavom yetgancha kuchim,
Ezgu duo qilganga meni biror kun.
Savol: Masjidul haromda namozlarni jamoat bilan o‘qib, keyingi namoz vaqtini kutib o‘tirganimizda, ayrim hojilarimiz yotgan holda uxlab qolib, keyingi namozga azon aytilganda, tahorat qilmay namoz o‘qishayotganiga guvoh bo‘ldim.
Buning xukmi dinimizda qanday? Chunki uxlash tahoratni buzadi deb o‘qiganmiz va shunga amal qilamiz. Yoki masjidul haromda ayrim hukmlar o‘zgaradimi?
Javob: Bismillahir rohmanir rohiym. Hanafiy mazhabiga ko‘ra, biror narsaga suyanib, yoki yonboshlagan holda uxlash tahoratni sindiradi. Bu hukm masjidul haromga ham tegishli. Siz aytgan hojilar yerga yonboshlagan holda uxlagan bo‘lsalar, tahoratlari sinadi. Lekin ko‘zini yumib, uxlamasdan, zikr qilib yotadiganlar ham bo‘ladi. Agar shunday qilgan bo‘lsalar, tabiiyki tahoratlari sinmaydi.
Masjidul haromda dunyoning turli nuqtasidan kelgan ziyoratchilar ibodat qiladi. Ularning ichida ilmli insonlar bilan bir qatorda ibodatga endi kirgan, shar’iy hukmlarni yaxshi o‘zlashtirmaganlar ham bo‘ladi. Ularning qilayotgan ishini ko‘rib, anavilar qilyapti-ku, demak, noto‘g‘ri emas ekanda, deb qilib ketavermaslik kerak.
Qolaversa, u yerda turli mazhab odamlari ibodat qiladi. Ayrim mazhablarda uxlash, badandan qon chiqish kabi ishlar tahoratni sindirmaydi. Ammo bizning mazhabimizda har ikkisi ham tahoratni buzadi va bunga ulamolarimiz bir qancha hadislarni dalil o‘laroq keltirganlar.
Shu bois, ulug‘ makonlarga ibodatga otlanayotgan odamlar: xoh erkak, xoh ayol kishi bo‘lsin, shar’iy hukmlarni bilib olishi yoki biladigan odam hamrohligida borishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Aks holda ibodat qilaman deb, gunohga botishi hech gap emas. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.