Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Ibn Rajab Hanbaliy rahimahulloh: «Anas aytadi: musulmonlar Sha’bon oyi kirsa, mus'haflari ustiga muk tushgancha qiroatga tushib ketardilar va Ramazon ro‘zasi vaqtida zaif va miskinlarga qo‘llab-quvvatlov bo‘lishi uchun mollaridan zakotlarini chiqarar edilar», dedilar («Latoiful ma’orif» asaridan.
Izoh: Hubayb ibn Sobit sha’bon oyi kirsa: «Bu oy qorilar oyidir», der edi.
Hasan ibn Sahl: «Sha’bon aytarkan: «Yo Robbim, meni ikki ulug‘ oyning o‘rtasida qilding, menga nima (ulush) bor?», Alloh unga: «Senda Qur’on qiroatini (ko‘p o‘qilishini joriy) qildim», der ekan», dedilar.
Misrlik olim, Islom ishlari oliy hay’ati a’zosi shayx Xolid Jundiy DMC fazoviy yo‘ldosh telekanalida efirga uzatiladigan «La’allahum yafqohuun»nomli ko‘rsatuvda jumladan: «Zakot chiqarishning eng afzal vaqti sha’bon oyidir. Bu holat sahobalarning hayotlarida ochiq-oydin zohir bo‘lgan. Shuning uchun ham zakot chiqarishda ulkan ajr-savoblar bor bo‘lib, uni komil bajarishda savoblari bir necha barobar ziyoda bo‘ladi», dedi, hamda «...zakot farz ibodat bo‘lib, Islom arkonlarining uchinchi ruknidir», deya qo‘shimcha qildi.
Savol: Ayol kishi rukuda tizzasini bukadimi yoki erkaklar kabi tekis tutadimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namoz o‘qishda, ayollar bilan erkaklarning bir nechta farqlari bo‘lib, ayollar satrliroq holda namoz o‘qishga buyurilganlar. Rukuda ham shunday, ya’ni ayollar rukuda erkaklardan farqli ravishda, tizzalarini biroz bukib ruku qiladilar.
Mashhur tobeiy Ato ibn Abu Raboh bunday deganlar:
تَجْتَمِعُ الْمَرْأَةُ إِذَا رَكَعَتْ تَرْفَعُ يَدَيْهَا إِلَى بَطْنِهَا وَتَجْتَمِعُ مَا اسْتَطَاعَت. مصنف عبدالرزاق
“Ayol kishi ruku qilganda, imkon qadar yig‘ilibroq, ikki qo‘lini qorniga yaqinlashtirib turadi” (“Musannafi Abdurrazzoq”).
“Fatavoi Olamgiriya”da bunday deyilgan:
وَالْمَرْأَةُ تَنْحَنِي فِي الرُّكُوعِ يَسِيرًا وَلَا تَعْتَمِدُ وَلَا تُفَرِّجُ أَصَابِعَهَا وَلَكِنْ تَضُمُّ يَدَيْهَا وَتَضَعُ عَلَى رُكْبَتَيْهَا وَضْعًا وَتَحْنِي رُكْبَتَيْهَا وَلَا تُجَافِي عَضُدَيْهَا .كَذَا فِي الزَّاهِدِيِّ
“Ayol kishi rukuda biroz egiladi, tizzalariga suyanmaydi, barmoqlarini ochmaydi, balki qo‘llarini birlashtirib, tizzalariga qo‘yadi va tizzalarini biroz bukadi va bilakalarini tanasidan ajratmaydi. “Zohidiy”da shunday deyilgan”. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.