Sayt test holatida ishlamoqda!
06 Avgust, 2025   |   12 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:52
Quyosh
05:23
Peshin
12:34
Asr
17:28
Shom
19:38
Xufton
21:02
Bismillah
06 Avgust, 2025, 12 Safar, 1447

Dunyo yaxshiliklarga to'la

15.01.2024   692   2 min.
Dunyo yaxshiliklarga to'la

Rivoyatga ko'ra, Alloh taolo qiyomat kunida uch yuz yil ibodat qilgan bandani chaqirib: “Mening rahmatim bilan jannatga kir”, deydi. Banda: “Men senga uch yuz yil ibodat qildim, sening rahmating bilan jannatga kiramanmi?” deb so'raydi.

Keyin Alloh taolo bandani adli bilan so'roq qilib, tarozining bir pallasiga uning ko'zini, bir pallasiga solih amallarini qo'yishni buyuradi. Shunda bandaning solih amallari Alloh taolo bergan ko'zning shukronasiga ham etmay qoladi.

Darhaqiqat, Allohning ne'matlari bisyor. Doim ular ichida bo'lganimiz bois gohida uning qadrini bilmay qolamiz.

Inson uchun salomatlikdan katta ne'mat bo'lmasa kerak. Biroq, buni biror joyimiz og'rib, kasallikka chalinganimizda ko'proq his etamiz. Ayniqsa, butun borliqni ko'rib, anglashimiz uchun xizmat qilayotgan ko'zimiz og'risa bormi, uning naqadar ulug' ne'mat ekanini yanada chuqurroq anglaymiz.

Albatta, shifokoru hamshiralarga borib, dardimizga davo topganimizdan so'ng fidoyi kasb egalaridan minnatdor bo'lamiz.
Shu yil aprel' oyida Samarqand shahar 1-klinikasi ko'z kasalliklari bo'limida davolanib, 15 yillik dardimdan forig' bo'lib, Allohga behad shuk­ronalar aytdim.

Shu o'rinda bizga sifatli tibbiy xizmat ko'rsat­gan Ko'z kasalliklari bo'limining malakali tibbiyot xodimlaridan mamnunligimni alohida aytib o'tmoqchiman. Chunki tibbiyot maskaniga qadam qo'yishim bilan bu erdagi tozalik va hududning man­zarasi kayfiyatimni yanada ko'tardi. Shuningdek, ushbu shifo maskanidagi soha xodimlari bemorlarni nafaqat dori-darmonlar bilan, balki shirin so'z, mehribonlik va o'z kasbiga sadoqat bilan davolashlarining, ayniqsa, ko'plab insonlarga bepul xizmat ko'rsatib, elning duosini olayotganiga guvoh bo'ldim.

Ikki dunyo saodatini topish ilinjida mana shunday savob amallarni bardavom qilayotgan yurtdoshlarimizni Alloh taoloning O'zi mukofotlasin.

Sharof MARUPOV,
Samarqand viloyati, mehnat faxriysi

? "Hidoyat" jurnalidan

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Allohning yordami

06.08.2025   634   1 min.
Allohning yordami

حدثنا العباس الدوري  نا يحيى بن حماد  أنا محمد بن طلحة عن أبيه عن مصعب بن سعد قال: رأى سعد أن له فضلا على من دونه قال: فقال رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم : إنما نصر الله هذه الأمة بضعفائهم وبصلاتهم ودعوتهم وإخلاصهم.


Mus’ab ibn Sa’ddan rivoyat qilinadi: “Sa’d o‘zini boshqalardan ustunroq deb o‘yladi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam: “Albatta, Alloh bu ummatga zaiflari, namozlari, duolari va ixloslari sababli nusrat bergan!” dedilar”.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi