Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Fevral, 2025   |   14 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:01
Quyosh
07:21
Peshin
12:42
Asr
16:12
Shom
17:57
Xufton
19:11
Bismillah
13 Fevral, 2025, 14 Sha`bon, 1446
Yangiliklar

Navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Sergelida o‘tkazildi

5.02.2025   12752   1 min.
Navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Sergelida o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi hamda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida o‘tkazib kelinayotgan namunaviy-amaliy tadbirlarning navbatdagisi joriy yilning 3 fevral kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida o‘tkazildi. Tadbirga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin Eshonqulov boshchilik qildi.


Tumandagi “Abdulloh ibn Zubayr” masjidida o‘tkazilgan tashkiliy yig‘ilishga Diniy idora mutaxassislari, Toshkent shahar vakilligi rahbariyati, tumanlar bosh imom-xatiblari hamda otinoyilari, shuningdek, tumandagi masjidlar imom-xatiblari, noiblari, otinoyilar, “Haj – 2024” hojilari hamda mahallalar raislari taklif qilindi.


Tadbir doirasida umumiy hisobda 116 ta oilaga xonadonga kirilib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va amaliy yordamlar amalga oshirildi.


Tumandagi masjidlarda peshin namozini ado qilinib, yig‘ilgan qavmga “Yurtimizdagi bo‘layotgan islohotlar”, “Inson qadri uchun harakat – buyuk fazilat!”, “Tinchlik-xotirjamlik – ulug‘ ne’mat!”, “Shukronalik tuyg‘usi!”, “Mazhabga ergashish va yot g‘oyalar ta’siridan saqlanish” kabi dolzarb mavzularda ma’ruzalar qilindi. Bunda jami 2000 nafardan ortiq namozxon qamrab olindi.


Tadbir so‘ngida tuman imom-xatiblarining ma’naviy-ma’rifiy va masjid boshqaruvidagi faoliyatida kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Sergelida o‘tkazildi Navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Sergelida o‘tkazildi Navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Sergelida o‘tkazildi Navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Sergelida o‘tkazildi Navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Sergelida o‘tkazildi Navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Sergelida o‘tkazildi Navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Sergelida o‘tkazildi Navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Sergelida o‘tkazildi Navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Sergelida o‘tkazildi Navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Sergelida o‘tkazildi Navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Sergelida o‘tkazildi Navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Sergelida o‘tkazildi Navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Sergelida o‘tkazildi Navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Sergelida o‘tkazildi Navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Sergelida o‘tkazildi Navbatdagi namunaviy-amaliy tadbir Sergelida o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Namozni uyda o‘qish bilan masjidda o‘qishning farqi bormi ?

10.02.2025   2919   1 min.
Namozni uyda o‘qish bilan masjidda o‘qishning farqi bormi ?

Cavol: Namozlarni uyda jamoat bo‘lib o‘qish bilan masjidda jamoat bilan o‘qishning farqi bormi yoki savobi bir xil bo‘ladimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bir xil bo‘lmaydi. Sababi masjidga borishning fazilati haqida ko‘plab hadislar kelgan. Kishi uyida jamoat bo‘lib o‘qishda jamoatga beriladigan savobga erishsa, masjidga borganda jamoatga beriladigan savoblar bilan birga masjidga borish ajru savobiga ham ega bo‘ladi. Zero, ixlos bilan uyidan poklanib, namozni ado qilish uchun yo‘lga chiqqan kishining bir qadam tashlashi bilan xatosi o‘chirilsa, yana boshqasi bilan darajasi ko‘tariladi (“Sahihi Muslim” va “Fatovoi Qozixon” kitoblari). Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar