Sayt test holatida ishlamoqda!
21 Aprel, 2025   |   23 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:35
Peshin
12:27
Asr
17:10
Shom
19:13
Xufton
20:32
Bismillah
21 Aprel, 2025, 23 Shavvol, 1446
Yangiliklar

Prezidentimiz Malayziya Islom san’ati muzeyiga tashrif buyurdi

05.02.2025   12821   1 min.
Prezidentimiz Malayziya Islom san’ati muzeyiga tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif doirasida Malayziya Islom san’ati muzeyiga tashrif buyurdi.
 

Ta’kidlash joizki, ushbu majmua mamlakatning eng yirik muzeylaridan biri hisoblanadi. U 1998 yilda tashkil etilgan.


Muzey an’anaviy islom me’morchiligi uslubida barpo etilgan bo‘lib, uning umumiy maydoni 30 ming kvadrat metrdan ziyodni tashkil etadi. 


Bino gumbazining ichki qismini bezash va restavratsiya ishlarida o‘zbekistonlik ustalar ishtirok etgan.


Bu yerda 10 mingdan ortiq islom san’ati namunalari saqlanmoqda. Doimiy ekspozitsiyada Qur’on qo‘lyozmalarining noyob to‘plami, sopol va qimmatbaho buyumlar, qurol-yarog‘ namunalari va inshootlar maketlari, taqinchoqlar, tangalar va boshqa ashyolar namoyish etilmoqda.


Muzey fondida zamonaviy O‘zbekiston hududida turli tarixiy davrlarda yaratilgan 200 ga yaqin noyob eksponatlar alohida o‘rin egallaydi. Ular orasida o‘rta asrlarga oid qo‘lyozmalar, zargarlik buyumlari, mashhur abr matolari va kiyim namunalari, Sharq Renessansiga oid kulolchilik buyumlari mavjud.


Davlatimiz rahbari eksponatlarni ko‘zdan kechirish chog‘ida birgalikda tadqiqotlar o‘tkazish va ko‘rgazmalar tashkil etish, ilmiy va madaniy almashinuvni kengaytirish muhimligini ta’kidladi. 

President.uz

 

Prezidentimiz Malayziya Islom san’ati muzeyiga tashrif buyurdi Prezidentimiz Malayziya Islom san’ati muzeyiga tashrif buyurdi Prezidentimiz Malayziya Islom san’ati muzeyiga tashrif buyurdi Prezidentimiz Malayziya Islom san’ati muzeyiga tashrif buyurdi Prezidentimiz Malayziya Islom san’ati muzeyiga tashrif buyurdi Prezidentimiz Malayziya Islom san’ati muzeyiga tashrif buyurdi Prezidentimiz Malayziya Islom san’ati muzeyiga tashrif buyurdi Prezidentimiz Malayziya Islom san’ati muzeyiga tashrif buyurdi Prezidentimiz Malayziya Islom san’ati muzeyiga tashrif buyurdi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Xivadagi 114 ta oilaning muammolariga yechim berildi

15.04.2025   4556   1 min.
Xivadagi 114 ta oilaning muammolariga yechim berildi

 

Shu yil 10 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyat vakili Xayrulla domla Abdullayev boshchiligida imom-xatib va hojilar Xiva shahridagi mahallalarda bo‘lishdi. Unda kam ta’minlangan, nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, o‘zgalar ko‘magiga muhtoj 56 ta oila holidan xabar olib, ularga zarur ko‘maklar berildi.


Shu bilan birga, adashib turli yot oqimlar, aqidasi buzuq kimsalar ta’siriga tushib qolgan kishilar, ayniqsa, yoshlarga ham hoji ota va hoji onalar muhim tavsiyalar berdi, yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatishdi.


Natijada 16 ta oilaviy ajrimning oldini olishga harakat qilindi.  10 ta xonadonda zararli odatlarga ruju qo‘yganlarga nasihatlar qilindi. Umumiy hisobda 114 ta oilaga kirilib, targ‘ibot va amaliy yordam tadbirlari olib borildi.


Tadbir so‘ngida Xiva shahridagi jome masjidlarda Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi, mahallalarimiz obodligini so‘rab qilingan xayrli duolar tashriflarga ma’naviy zeb bag‘ishladi.

Darhaqiqat, hoji degan sharafli nomga sazovor bo‘lgan, Allohning baytini ziyorat qilib, Islomning beshinchi ruknini ado etgan kishi o‘z manfaatlaridan ko‘ra xalqnikini, Vataninikini ustun qo‘yadi. Shu bois u har joyda aziz va mukarramdir. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Xorazm viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Xivadagi 114 ta oilaning muammolariga yechim berildi Xivadagi 114 ta oilaning muammolariga yechim berildi Xivadagi 114 ta oilaning muammolariga yechim berildi Xivadagi 114 ta oilaning muammolariga yechim berildi Xivadagi 114 ta oilaning muammolariga yechim berildi