Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Fevral, 2025   |   13 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:02
Quyosh
07:22
Peshin
12:42
Asr
16:11
Shom
17:56
Xufton
19:10
Bismillah
12 Fevral, 2025, 13 Sha`bon, 1446
Yangiliklar

Muhim tushuncha va eslatmalar berildi

5.02.2025   15811   1 min.
Muhim tushuncha va eslatmalar berildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Huquqshunoslik bo‘limi tomonidan 2025 yil 5 fevral kuni “Zoom” platformasi orqali adliya organlariga diniy tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan  hisobotlar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Qoraqalpog‘iston  musulmonlari qoziyoti, viloyatlar va Toshkent shahar vakilliklarining yuriskonsultlari ishtirok etdi. 

 

Unda jumladan, diniy tashkilotlar faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, qonunchilik hujjatlari mazmun-mohiyatini barcha mas’ul xodimlarga yetkazish orqali ularning huquqiy savodxonligini muntazam ravishda oshirib borish masalalari muhokama qilindi. 

 

Shuningdek, qabul qilingan qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyati ijrochilarga to‘liq yetkazish, mehnat qonunchiligiga oid hujjatlarni to‘g‘ri yuritish, mas’ul xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, diniy soha xodimlarini qonunchilikdagi o‘zgarishlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, buyruqlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish, hujjatlar almashinuvini to‘la tizimlashtirish, ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tashkilotlarga o‘z vaqtida hisobot taqdim etish kabi muhim tushuntirish va eslatmalar berildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Muhim tushuncha va eslatmalar berildi Muhim tushuncha va eslatmalar berildi
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Alisher Navoiy va Rasululloh vasfi

9.02.2025   4619   1 min.
Alisher Navoiy va Rasululloh vasfi

Bugun buyuk mutafakkir, shoir va davlat arbobi Mir Alisher Navoiy tavallud topgan kun. 

U zotning ijodidan bir shingil: 

 Qaro ko‘zum, kelu, mardumlig‘ emdi fan qilg‘il,
Ko‘zum qarosida mardum kibi vatan qilg‘il.

 
Sharh: Hazrat qalblari mahbubiga murojaat etish uchun, avvalo, so‘z, ibora yoxud tashbeh izlaydilar. Inson tanasining eng zarur va aziz bo‘lgan a’zosi ko‘z ne’mati ekan, ulug‘ shoir sevimli mahbubning ko‘zlarini tasavvur etadilar. Islomiy manbalarni mukammal bilgan Hazrat Navoiy Rasuli akram sallollohu alayhi vasallamning ko‘zlari tim qora ekanligini ta’kid etaroq, bevosita iyhom san’ati bilan - ham sevimli Payg‘ambarimiz alayhissalomga xayolan murojaat etadilar, ham ul zoti bobarakotni o‘zlarining ko‘zlari o‘rnida tasavvur qilib, ulug‘laydilar.

Darhaqiqat, “Rasululloh alayhissalomning ko‘zlari qorasi tim qora edi”.

Mardumak – ko‘zning gavhari. Ma’lumki, ko‘z qabul qilgan tasvirlar ana shu mardumakda, gavharakda aks etib turadi. Fan – kasb, hunar ma’nosini anglatadi. Ulug‘ shoir Rasululloh sallollohu alayhi vasallamga iltijo bilan: “Ey qaro ko‘zli Rasululloh, ko‘zlarimdek azizim, Sizni tushlarimda ko‘ray, ko‘zlarim mardumi ichida doimo siymongiz aks etib tursin, mening ko‘zlarim mardumi bo‘lishingiz bir hunardek takror-takror bo‘lsin. Vatan – tark etib bo‘lmaydigan maskan, Ko‘zim mardumini faqatgina Sizning aksingiz egallasin, yo Rasululloh, bu vatanga boshqa hech kim kirmasin”, demoqdalar.  

Filologiya fanlari doktori, professor Dilorom Salohiy

Maqolalar