Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Fevral, 2025   |   15 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:19
Peshin
12:42
Asr
16:13
Shom
17:59
Xufton
19:12
Bismillah
14 Fevral, 2025, 15 Sha`bon, 1446

Yangi tayinlangan rahbar xodimlar bilan uchrashuv

8.02.2025   7305   1 min.
Yangi tayinlangan rahbar xodimlar bilan uchrashuv

Shu yilning 6 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarining Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha yangi tayinlangan mudir (direktor) o‘rinbosarlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, rais o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov hamda Ta’lim va ilmiy-tadqiqot, Kadrlar va Ichki nazorat bo‘limlaridan vakillar ishtirok etdi. 

Tadbirda yangi tayinlangan xodimlar ham tanishtirilib, ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilindi.

Yangi rahbar xodimlarga kerakli tavsiyalar berilib, xususan, yoshlarning axloqiy va ma’naviy tarbiyasiga alohida e’tibor qaratish, ularga milliy va diniy qadriyatlarimizni singdirish, zamonaviy ta’lim usullaridan samarali foydalanish masalalari eslatib o‘tildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Yangi tayinlangan rahbar xodimlar bilan uchrashuv Yangi tayinlangan rahbar xodimlar bilan uchrashuv Yangi tayinlangan rahbar xodimlar bilan uchrashuv Yangi tayinlangan rahbar xodimlar bilan uchrashuv Yangi tayinlangan rahbar xodimlar bilan uchrashuv Yangi tayinlangan rahbar xodimlar bilan uchrashuv Yangi tayinlangan rahbar xodimlar bilan uchrashuv Yangi tayinlangan rahbar xodimlar bilan uchrashuv
Boshqa maqolalar

Bandam nima dedi?

11.02.2025   4621   2 min.
Bandam nima dedi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam ularga quyidagilarni gapirib bergan ekan:

“Allohning bandalaridan bir banda: “Ya Robbi lakal hamdu kama yambag‘iy lijalali vajhika va aziymi sultonika”, deb (savob va gunohlarni yozib boradigan) ikki farishtani qiyin ahvolga solib qo‘ygan. U ikkisi qanday (ya’ni, nima deb) yozishni bilmay, osmonga ko‘tarildilarda Alloh taologa: “Yo Robimiz, bir bandang biz nima deb yozishni bilmaydigan bir gap  aytdi”, deyishdi. Alloh azza va jalla  bandasi nima deganini bilib tursada, “Bandam nima dedi?”, deya so‘radi. Ular: “Ey Parvardigor bandang “Ya Robbiy lakal hamdu kama yambag‘iy lijalali vajhika va aziymi sultonika dedi”, deyishdi. Shunda Alloh  ikki farishtaga: “Aytganidek holda yozinglar. Menga ro‘baro‘ kelganida uni mukofotini O‘zim beraman”, dedi (Imom Ahmad va Ibn Moja rivoyati).

U so‘zlarning ma’nosi: “Ey Robbim, Senga O‘zingni buyukliging va saltanatingni  ulug‘ligiga yarasha va munosib hamd bo‘lsin”.

Haqiqatda inson qo‘liga tasbeh olib, minglab hamd aytganida ham Alloh taolo bergan bittagina ne’matining shukrini ham ado etolmaydi. Holbuki, bizga berilgan ne’matlarning sanab adog‘iga yetib bo‘lmaydi. Qolaversa, hamd aytishning o‘zi ham bir ne’mat. Bitta hamd ayta olgan kishi mana shu baxtga muyassar qilgan Zot Alloh taologa yana shukr qilishi kerak. Chunki, Alloh taoloning rizqini yeb, Uni taniyolmay dahriy bo‘lib yurganlar qancha?! Shuning uchun hadisi sharifda kelgan so‘zlarni aytsa, eng oliy darajadagi hamdni aytgan bo‘ladi. Sababi, uning ma’nosi cheksiz hamdu sano bo‘lsin demakdir. Natijada hatto farishta ham havas qiladigan mukofotga erishadi. 

Alloh taolo barchamizni shunday maqomlarga munosib bandalaridan qilsin. Omiyn.                      

 

Bahodir Bahromjon o‘g‘li,
Toshkent Islom instituti o‘qituvchisi.