Anjumanda ushbu qo‘shni davlatning axborot, madaniyat va san’at vaziri Mulaviy Atiqulloh Aziziy, mamlakatimizning Kobuldagi elchisi Oybek Usmonov, shuningdek ko‘plab adiblar, yoshlar ishtirok etdi.
Ishtirokchilar Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi boy, teran va mushtarak madaniy merosni asrab-avaylash, ilm-fan, adabiyot, falsafa va san’at sohasidagi hamkorlikni kuchaytirish borasida hamkorlikda faol ish olib borilayotganini ta’kidladilar.
Ziyolilar, shoir-yozuvchilar ikki betakror siymoning ijodiy, ilmiy va madaniy faoliyatiga oid fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
Muharrama Pirmatova, O‘zA
O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimida xizmat qilayotgan imom-xatib va imom-noiblar o‘rtasida kasbiy mahoratni oshirish, ilmiy-ijodiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyat olib borish yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida "Ustoz-shogird" maktabi joriy qilinadi.
Bu an’anani qayta tiklash, sohada xizmat qilayotgan yosh kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida Farg‘ona viloyati vakilligi tomonidan tadbir tashkil etildi. Unda viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev, viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Alisher domla Naimov hamda shahar-tuman bosh imom-xatiblari, tajribali imomlar ishtirok etishdi.
Tadbirda ta’lim dargohlarini tamomlab, sohada faoliyat boshlagan yosh imomlar tajribali, ustozlarga biriktirilgani, ushbu tizim yosh imomlarning kasbiy mahoratini oshirish, ilmiy-ijodiy, ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Ustoz va shogirdlarga qo‘yiladigan vazifalar aytildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati