Buxoro shahridagi Yoshlar markazi majmuasida Buxoro viloyatidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari o‘qituvchi va talabalari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda Buxoro viloyati hokimi o‘rinbosari Azizbek Qalandarov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Zulhaydar Sultonov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi xodimi Muhammadamin Nasriyev, Buxoro viloyati bosh imom-xatibi, Mir Arab oliy madrasasi rektori Jobir Elov ishtirok etdi.
Tadbirda so‘zga chiqqanlar ta’lim tizimidagi dolzarb masalalar, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, ijtimoiy tarmoqdan to‘g‘ri foydalanish aholi o‘rtasida ma’naviy-ma’rifiy muhitni sog‘lomlashtirish masalalarida nutq so‘zladi.
Aytib o‘tilgan mavzular yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tavsiya va takliflar berildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati
Toshkent islom instituti 4-kurs talabasi Muhammad Amin qori Boqijonov 30 pora Qur’oni karimni bir kunda bir o‘tirishda to‘liq yoddan o‘qib, qori ustozlari huzurida xatm qildi.
Ayni paytgacha Qur’oni Karimni bir kunda o‘qib bergan qori talabalar soni 36 nafarga yetdi.
Oliymahad.uz