Sayt test holatida ishlamoqda!
12 Fevral, 2025   |   13 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
06:02
Quyosh
07:22
Peshin
12:42
Asr
16:11
Shom
17:56
Xufton
19:10
Bismillah
12 Fevral, 2025, 13 Sha`bon, 1446

Galdagi manzil – Nurafshon: ko‘plab oilalarga kirildi, aholiga ko‘maklashildi

11.02.2025   11818   1 min.
Galdagi manzil – Nurafshon: ko‘plab oilalarga kirildi, aholiga ko‘maklashildi

Bugun, 11 fevral kuni Toshkent viloyati Nurafshon shahri «Said ibn Vaqqos» jome masjidida namunaviy-amaliy tadbir bo‘lib o‘tdi.


Tadbir O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida o‘tkazildi. 


Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mas’ullari, Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov, vakillik xodimlari, tuman bosh imom-xatibi va otinoyilari, shuningdek, otinoyilar, “Haj – 2024” ziyoratchilari, mahallalar raislari ishtirok etdi.


Mahallalarga chiqilib, muammoli beshtadan oila o‘rganildi.


Tumandagi masjidlarda peshin namozidan so‘ng namozxonlarga O‘MI raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulov hamda Toshkent viloyati bosh imom-xatibi Jasurbek domla Raupov  mav’izalar qilib berishdi.


So‘ngra imomlarning yo‘nalishga oid hisobotlari tinglanib, xayrli duolar bilan tashrif o‘z nihoyasiga yetdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Galdagi manzil – Nurafshon: ko‘plab oilalarga kirildi, aholiga ko‘maklashildi Galdagi manzil – Nurafshon: ko‘plab oilalarga kirildi, aholiga ko‘maklashildi Galdagi manzil – Nurafshon: ko‘plab oilalarga kirildi, aholiga ko‘maklashildi Galdagi manzil – Nurafshon: ko‘plab oilalarga kirildi, aholiga ko‘maklashildi Galdagi manzil – Nurafshon: ko‘plab oilalarga kirildi, aholiga ko‘maklashildi Galdagi manzil – Nurafshon: ko‘plab oilalarga kirildi, aholiga ko‘maklashildi Galdagi manzil – Nurafshon: ko‘plab oilalarga kirildi, aholiga ko‘maklashildi Galdagi manzil – Nurafshon: ko‘plab oilalarga kirildi, aholiga ko‘maklashildi Galdagi manzil – Nurafshon: ko‘plab oilalarga kirildi, aholiga ko‘maklashildi Galdagi manzil – Nurafshon: ko‘plab oilalarga kirildi, aholiga ko‘maklashildi Galdagi manzil – Nurafshon: ko‘plab oilalarga kirildi, aholiga ko‘maklashildi Galdagi manzil – Nurafshon: ko‘plab oilalarga kirildi, aholiga ko‘maklashildi
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Namozda qo‘llar qayergacha ko‘tariladi?

12.02.2025   138   3 min.
Namozda qo‘llar qayergacha ko‘tariladi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Hanafiy mazhabimizda namozga kirishda qo‘l quloq barobarida ko‘tariladi. Boshqa mazhab sohiblari nazdida esa qo‘l yelka barobarida ko‘tariladi. Bunga ular bir qancha hadislarni dalil qilishgan. Hususan, Abu Dovud rivoyat qilgan hadisda Ibn Umar roziyallohu anhu: “Men Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga kirganlarida, qo‘llarini yelka barobarida ko‘targanlarini ko‘rdim", dedilar. Bu va shunga o‘xshash rivoyatlarni hujjat qilib, imomlar Molik, Shofeiy va Ahmad rahimahulloh: “Namozga kirganda qo‘llar yelka barobarida ko‘tariladi”, deyishadi.

Hanafiy ulamolari bunga ko‘plab hadislarni hujjat qilib keltirishadi. Jumladan, Abu Dovud Sunanida keltiradi. Baro ibn Ozib roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga kirish uchun takbir aytsalar qo‘llarini to quloqlarining yumshog‘iga yaqin bo‘lguncha ko‘tarardilar”. Abdurrazzoq, Humaydiy, Imom Ahmad, Buxoriy  va Doraqutniy ham shunga o‘xshash rivoyat qilishgan.

 Uch mazhab sohiblarining dalillariga  esa birqancha javoblar berishgan:

1. Qo‘lni yelka barobarida bo‘lishi quloq barobarida ko‘tarishni inkor qilmaydi. Chunki kaft quloq barobarida bo‘lsa, qo‘lning bir qismi yelka barobarida bo‘ladi. Buni Abu Dovudning sunanlarida kelgan hadis qo‘llab quvvatlaydi.

Voil ibn Hujr roziyallohu anhu aytadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga turganlarida, qo‘llarini yelkagacha ko‘tarib, bosh barmoqlarini quloqlari barobar qilib so‘ng takbir aytganlarini ko‘rganman.

2. Qo‘llarini yelka barobarida ko‘targanliklariga, sovuq sababli ustlaridagi kiyimdan qo‘llarni quloq barobarigacha chiqarish imkonsizligi sabab bo‘lgan. Shuning uchun qo‘llarni yelka barobar ko‘tarishlariga to‘g‘ri kelgan. Bunga ham Abu Dovudning Sunanida kelgan hadis dalil bo‘ladi:

Voil ibn Hujr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga kirganlarida qo‘llarini quloq barobarida ko‘targanliklarini ko‘rdim”. Bir muddatdan so‘ng ularning (sahobalarning) huzuriga keldim. Namozga kirishishda ustlarida burnus va kiyimlari bo‘lgan holda qo‘llarini ko‘ksilari barobarida ko‘tarishardi”.

Izoh: Burnus – paxtadan bo‘lgan uzun libos.

Hadisdan ko‘rinib turibdiki, qo‘llarning quloq barobar ko‘tarilmasligining sababi ustlaridagi liboslar bo‘lgan. Bu borada kelgan hadislarni ana shunday jamlash mumkin. Qoida borki, hadislarning barchasiga jamlab amal qilish imkoni bo‘lsa, hammasiga amal qilish: birini olib boshqasini tark qilgandan avloroqdir. Shuning uchun hanafiy ulamolarimiz hadislarni jamlash yo‘liga yurganlar.

Qiyos jihatidan olib qarasak ham bu to‘g‘ri bo‘ladi, chunki namoz oldidan qo‘llarni ko‘tarish namozga kirishganligini bildirish uchun qilinadi. Hatto orqada kar kishi turgan  bo‘lsa ham imomning namozga kirishganligini bilish imkoni bo‘lishi kerak. Bu esa qo‘llar quloq barobarida ko‘tarilgandagina yaqqol ko‘rinadi. Shu va bunga o‘xshash ko‘plab dalillarni hanafiylar hujjat qilib bu masalada qo‘llar quloq barobarida bo‘lishini ixtiyor qilishgan va bu Ato ibn Abu Raboh, Ibrohim Naxaiy, Abu Maysara, Vahb ibn Munabbih va Molikiydan bir jamoasining ham mazhabidir.

Javohir Isomiddinov,
Hadis ilmi maktabi talabasi.

Maqolalar