Sayt test holatida ishlamoqda!
18 Iyun, 2025   |   22 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:02
Xufton
21:41
Bismillah
18 Iyun, 2025, 22 Zulhijja, 1446

Umra va Haj ziyorati bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirildi

12.02.2025   9793   1 min.
Umra va Haj ziyorati bo‘yicha tarqalgan xabarlarga munosabat bildirildi

Saudiya Arabistoni Qirolligi Sog‘liqni saqlash vazirligi 2024 yilning dekabr oyida 2025 yildan boshlab Umra va Haj amallarini bajarish uchun keladigan barcha ziyoratchilarning meningit infeksiyasiga qarshi emalanganlik to‘g‘risidagi hujjati bo‘lishi shartligini talab qiluvchi me’yoriy hujjat chiqargan edi.


So‘nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda «Haj va Umra ziyoratlariga borishida meningitga qarshi vaksina olish kerak deyilgan qaror bekor qilindi, endi vaksina olmasdan Umraga borsangiz bo‘ladi», degan mazmundagi xabarlar keng tarqalmoqda.


Sanepidqo‘mita ushbu xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmasligini ma’lum qildi.


Qayd etilishicha, Saudiya Arabistoni Umra va Haj ziyoratlariga boruvchilarda meningit kasalligiga qarshi emlanganlik haqida hujjat bo‘lishi zarurligini rasman bekor qilmagan.


Mamlakatimizga yuqumli kasalliklarni chetdan kirib kelishini oldini olish va epidemiologik barqarorlikni saqlab qolish maqsadida ziyoratchilarni meningitga qarshi emlash tavsiya etiladi, deyiladi rasmiy ma’lumotda. 

Xabar.uz

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ayol kishining rukusi

18.06.2025   80   1 min.
Ayol kishining rukusi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Ayol kishi rukuda tizzasini bukadimi yoki erkaklar kabi tekis tutadimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Namoz o‘qishda, ayollar bilan erkaklarning bir nechta farqlari bo‘lib, ayollar satrliroq holda namoz o‘qishga buyurilganlar. Rukuda ham shunday, ya’ni ayollar rukuda erkaklardan  farqli ravishda, tizzalarini biroz bukib ruku qiladilar.

Mashhur tobeiy Ato ibn Abu Raboh bunday deganlar:

 تَجْتَمِعُ الْمَرْأَةُ إِذَا رَكَعَتْ تَرْفَعُ يَدَيْهَا إِلَى بَطْنِهَا وَتَجْتَمِعُ مَا اسْتَطَاعَت. مصنف عبدالرزاق

 “Ayol kishi ruku qilganda, imkon qadar yig‘ilibroq, ikki qo‘lini qorniga yaqinlashtirib turadi” (“Musannafi Abdurrazzoq”).

“Fatavoi Olamgiriya”da bunday deyilgan:

وَالْمَرْأَةُ تَنْحَنِي فِي الرُّكُوعِ يَسِيرًا وَلَا تَعْتَمِدُ وَلَا تُفَرِّجُ أَصَابِعَهَا وَلَكِنْ تَضُمُّ يَدَيْهَا وَتَضَعُ عَلَى رُكْبَتَيْهَا وَضْعًا وَتَحْنِي رُكْبَتَيْهَا وَلَا تُجَافِي عَضُدَيْهَا .كَذَا فِي الزَّاهِدِيِّ

“Ayol kishi rukuda biroz egiladi, tizzalariga suyanmaydi, barmoqlarini ochmaydi, balki qo‘llarini birlashtirib, tizzalariga qo‘yadi va tizzalarini biroz bukadi va bilakalarini tanasidan ajratmaydi. “Zohidiy”da shunday deyilgan”. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar