frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Maqolalar

Allohdan nimani so‘raylik?

14.02.2025   10422   1 min.
Allohdan nimani so‘raylik?

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Azon bilan iqomatning orasidagi duo rad qilinmaydi", dedilar.

(Abu Dovud, Nasaiy, Ibn Sunniy va Termiziy rivoyati).


Imom Termiziyning rivoyatlarida quyidagi jumla ziyoda qilingan:

"Yo Rasululloh, bu ikkalasining orasida nima deymiz?" deb so‘rashdi. U zot sollallohu alayhi vasallam: "Allohdan dunyo va oxiratdagi ofiyatni so‘ranglar", dedilar.

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Nufuzli anjuman Ozarbayjonning Ag‘dam shahrida yakunlandi

16.09.2026   21887   1 min.
Nufuzli anjuman Ozarbayjonning Ag‘dam shahrida yakunlandi

Ozarbayjonda bo‘lib o‘tgan Sayyid Yahyo Bokuviyning boy ma’naviy merosiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyaning yopilish marosimi ramziy ma’noga ega bo‘lgan tarixiy Ag‘dam shahrida o‘tkazildi. Unda turkiy davlatlar, arab-musulmon mamlakatlari diniy peshvolari, ulamolar va soha mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari bugungi murakkab davrda tinchlik va hurlik eng bebaho ne’mat ekanini alohida ta’kidlab, ummat birligi, hamjihatlik va diniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash zaruratiga to‘xtaldilar. Shuningdek, davlat Rahbarlari o‘rtasidagi samimiy birodarlik va oliy darajadagi o‘zaro tashriflar xalqlarimiz tarixida yangi sahifa ochganini e’tirof etdilar.

Yig‘ilishda Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda ham so‘zga chiqib, yaqinda bo‘lib o‘tgan Ozarbayjon yetakchisining O‘zbekistonga tarixiy tashrifi va imzolangan "Abadiy do‘stlik shartnomasi" qardoshlik munosabatlarimizni yangi bosqichga olib chiqqanini ta’kidladi.

Anjuman yakunida Shayxulislom Ollohshukur Poshshozoda janoblarining taklifiga binoan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari yig‘ilganlar va butun islom ummati haqqiga xayrli duolar qildilar. Muftiy hazratlari o‘z duolarida el-yurtlarimiz tinchligi, mamlakatlarimiz farovonligi hamda anjumanda ko‘tarilgan muhim masalalar musulmonlar va butun ummat manfaati uchun xizmat qilishini Haq taolodan so‘radilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari