Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Iyun, 2025   |   1 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:51
Peshin
12:31
Asr
17:41
Shom
20:03
Xufton
21:42
Bismillah
26 Iyun, 2025, 1 Muharram, 1447
Yangiliklar

Katta Langar Qur’oni sahifalari nufuzli xalqaro ko‘rgazmada

14.02.2025   15116   2 min.
Katta Langar Qur’oni sahifalari nufuzli xalqaro ko‘rgazmada

2025 yilning 25 yanvaridan 25 mayiga qadar Saudiya Arabistonining Jidda shahrida o‘tkazilayotgan “II Xalqaro Islom san’ati biyennalesi” bo‘lib o‘tmoqda. Nufuzli ko‘rgazmada butun dunyodan islomiy meros, nodir qo‘lyozmalar, hattotlik va naqqoshlik ijodlari, qadimiy tangalar, liboslar va boshqa noyob eksponatlar namoyish etilmoqda. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasi fondida saqlanayotgan Katta Langar Qur’onining ikki sahifasi ushbu ko‘rgazmaga qo‘yilgan. Mazkur eksponatni namoyish etish tashabbusi O‘zbekistondagi Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan ilgari surildi.

***

Ko‘rgazmadagi ishtirok va unga tayyorgarlik jarayoni bir necha bosqichda amalga oshirildi. O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Diniy idora kutubxonasi fondida saqlanayotgan Katta Langar Qur’onini shaxsan ko‘zdan kechirib, uning himoyasi, kelajak avlodga yetkazilishi va xalqaro ko‘rgazmalarda munosib taqdim etilishi borasida muhim ko‘rsatmalar berdilar.

 

Ko‘rgazmaga yo‘l olgan vakilimizni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov, raisi o‘rinbosari Zayniddin domla Eshonqulovlar xayrli duolar bilan kuzatib, ushbu namoyish yurtimiz va islomiy meros uchun manfaatli bo‘lishini tiladilar.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Kutubxona bo‘limi mudiri Kamoliddin Mahkamov Jidda shahriga borib, ko‘rgazma maxsus guruhi vakillari hamda Fransiyaning Luvr muzeyi restavratori bilan hamkorlikda Katta Langar Qur’oni sahifalarini ko‘rgazma zalidagi maxsus jihozga joylashtirdi.

 

Aytish mumkinki, Katta Langar Qur’oni Islom tamaddunining noyob durdonasi bo‘lib, uning sahifalari jahon ilmiy jamoatchiligi va san’atshunoslari tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilmoqda.

***

Xalqaro Islom san’ati biyennalesi dunyo bo‘ylab ko‘plab taniqli san’atshunos, tarixchi va ilmiy jamoatchilik vakillarini birlashtiradigan yirik ko‘rgazmalardan hisoblanadi. Unda O‘zbekistonning bebaho islomiy merosi namoyish etilishi mamlakatimiz madaniy-ilmiy merosini dunyo hamjamiyatiga tanitishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Katta Langar Qur’oni sahifalari nufuzli xalqaro ko‘rgazmada Katta Langar Qur’oni sahifalari nufuzli xalqaro ko‘rgazmada Katta Langar Qur’oni sahifalari nufuzli xalqaro ko‘rgazmada Katta Langar Qur’oni sahifalari nufuzli xalqaro ko‘rgazmada Katta Langar Qur’oni sahifalari nufuzli xalqaro ko‘rgazmada Katta Langar Qur’oni sahifalari nufuzli xalqaro ko‘rgazmada Katta Langar Qur’oni sahifalari nufuzli xalqaro ko‘rgazmada Katta Langar Qur’oni sahifalari nufuzli xalqaro ko‘rgazmada Katta Langar Qur’oni sahifalari nufuzli xalqaro ko‘rgazmada Katta Langar Qur’oni sahifalari nufuzli xalqaro ko‘rgazmada
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

O‘zbekiston musulmonlari idorasida navbatdagi “Fuqarolar qabuli” bo‘lib o‘tdi

25.06.2025   1944   1 min.
O‘zbekiston musulmonlari idorasida navbatdagi “Fuqarolar qabuli” bo‘lib o‘tdi

Har haftaning chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida an’anaviy tarzda tashkil etiladigan fuqarolar qabuli bu safar ham aholi vakillarining murojaatlarini o‘rganish, muammolarga yechim topishga qaratildi.

Joriy haftadagi qabulda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov poytaxtimizdan hamda yurtimizning turli shahar va tumanlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning shaxsiy va jamoaviy masalalari, taklif va mulohazalarini tingladi.

  • - Aholi vakillari tomonidan turli masalalar bo‘yicha shar’iy hukmlar, ularning amaliy tatbiqlari yuzasidan savollar berildi;
  • - Nikoh, oilaviy munosabatlar, farzand tarbiyasi kabi mavzulardagi murojaatlar ko‘rib chiqildi;
  • - Ayrim ehtiyojmand fuqarolar tomonidan tushgan moddiy ko‘mak so‘rovlari tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi;
  • - Sohani yanada rivojlantirish, masjidlarni obod qilish, yoshlar o‘rtasida ilmiy-ma’rifiy targ‘ibotlarni kuchaytirish kabi bir qator konstruktiv takliflar bildirildi.

Qabul yakunida mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, fuqarolar murojaatlarini tezkor va adolatli hal etish bo‘yicha choralar belgilandi. Shu bilan birga, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning fikrlarini eshitish va islohotlarga jamoatchilikni faol jalb etish borasidagi ishlar doimiy e’tiborda ekani ta’kidlandi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati