frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Ramazonga hozirlik: vazifalar belgilab olindi

17.02.2025   12291   1 min.
Ramazonga hozirlik: vazifalar belgilab olindi

Namangan viloyatining Yangi Namangan tumanida joylashgan "Hidoya" o‘rta maxsus islom bilim yurti majlislar zalida Ramazon oyini ko‘tarinki ruhda o‘tkazish yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Viloyat hokimi o‘rinbosari Jamshid Xatamov va viloyat bosh imom-xatibi Musoxon Abbasiddinov raisligida o‘tkazilgan tadbirda shahar, tuman bosh imom-xatiblari, bosh mutavallilar hamda vakillik xodimlari ishtirok etdi. 

Yig‘ilishda ehtiyojmand oilalar, nogironlar, yolg‘iz keksalar, boquvchisini yo‘qotganlar hamda “Mehribonlik”, “Muruvvat” va “Saxovat” uylariga hadyalar ulashish, bemorlar holidan xabar olish kabi xayrli ishlar alohida qayd etildi.

Shuningdek, bosh-imomlarga xatmi Qur’onlarning tartibli o‘tishini ta’minlash, namozxonlarga munosib shart-sharoitlar hozirlashga ham e’tibor qilindi.

 

So‘zga chiqqanlar muborak oy munosabati bilan barcha masjidlarda hamda ularga tutash bo‘lgan ziyoratgoh, qadamjo va qabristonlarda muntazam ozodalik va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish, mo‘min-musulmonlar emin-erkin ibodat qilishi uchun masjidlarda xavfsizlik choralarini ko‘rish, jumladan, elektr, gaz, transport va yong‘in xavfsizligi hamda xonaqohlar muhofazasiga e’tibor qaratish muhimligi ta’kidlandi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Ramazonga hozirlik: vazifalar belgilab olindi Ramazonga hozirlik: vazifalar belgilab olindi Ramazonga hozirlik: vazifalar belgilab olindi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

13.09.2026   24366   1 min.
Farg‘onada yana bir og‘ir bemorning holidan xabar olindi

 «Vaqf» xayriya jamoat fondi Farg‘ona viloyati filialining fidoyi xodimlari va volontyorlari tomonidan saxovatpesha xalqimiz tomonidan qilingan xayr-ehsonlar ezgu maqsadlar yo‘lida sarflanmoqda.

Navbatdagi xayriya tadbiri doirasida Uchko‘prik tumanida yashovchi, jigar sirrozi kasalligiga chalingan og‘ir bemor Kazakov Ilyosjon Yoqubovichning holidan xabar olinib, unga jarrohlik amaliyoti xarajatlari uchun 132 million 500 ming so‘m miqdorida xayriya mablag‘i, oziq-ovqat mahsulotlari jamlanmasi, Mus'haf va boshqa ehsonlar topshirildi.

Bugun bemorlar va ehtiyojmand insonlarga ko‘rsatilayotgan bunday ko‘mak — xalqimizning mehr-oqibati, saxovati va hamjihatligining yorqin ifodasidir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari