Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Aprel, 2025   |   19 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:16
Quyosh
05:41
Peshin
12:28
Asr
17:07
Shom
19:08
Xufton
20:27
Bismillah
17 Aprel, 2025, 19 Shavvol, 1446

Shayton faqat 2 narsadan qo‘rqadi

18.02.2025   5568   1 min.
Shayton faqat 2 narsadan qo‘rqadi

Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohu anhu aytadilar: "Men tushimda iblis laiynni boshi egik  holda ko‘rdim. Uni asoim bilan urmoqchi edim, menga: "Ey Abu Sa’iyd! Bilmaysanmi, men asodan ham, quroldan ham qo‘rqmayman", dedi. Men: "Unda nimadan qo‘rqasan, ey mal’un?" dedim. Shunda: "Men faqat ikkita narsadan qo‘rqaman. Birinchisi, isti’oza (a’uzu billahi minash shaytonir rojiym)ni aytganlardan, ikkinchisi, iymonida sodiqlarning ma’rifat jilosidan", dedi.

Homidjon qori ISHMATBЕKOV

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Beshinchisi bo‘lmang, halok bo‘lasiz!

16.04.2025   832   3 min.
Beshinchisi bo‘lmang, halok bo‘lasiz!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Alloh alaqdan yaratgan insonning birinchi muallimi Alloh jalla jaloluhuning O‘zidir. Alloh unga qalam bilan ilm bergan, bilmagan narsasini o‘rgatgan.

Alloh subhanahu va taolo Muhammad sollallohu alayhi vasallamni ummiylarga va boshqalarga muallim qildi. U zot ularga Kitobni va hikmatni – Qur’on va sunnati mutohharani o‘rgatdi. Bu haqiqat Qur’oni Karimda quyidagicha ifodalanadi:

«U ummiylarga ularning ichidan Uning oyatlarini o‘qib beradigan va ularni poklaydigan hamda ularga Kitobni va hikmatni o‘rgatadigan Rasulni yuborgan Zotdir. Holbuki, ular ilgari ochiq-oydin zalolatda edilar. Va ulardan hali ularga qo‘shilmagan boshqalarga ham. Va Uning O‘zi azizdir, hakimdir» (Juma surasi, 2–3-oyatlar).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ummatlariga Kitob va hikmatni o‘rgatdilar, chunki bu ikkisi barcha ummatni saodatga yetaklovchi ilohiy vahiydir. Bu ikkisi asosiy maqsad bo‘lsa, boshqa ilmlar unga eltuvchi vositadir.

Oyati karimalarning nozil bo‘lishiga, ularning nozil bo‘lishiga sabab bo‘lgan voqealariga zamondosh bo‘lgan qavm fiqh, usuli fiqh deb atalgan ilmlarga muhtoj bo‘lmagan. Chunki ular Qur’onning tilini yaxshi tushunishgan, shariatni joriy qilish jarayonidagi voqea-hodisalar bilan birga yashashgan. Ayni paytda, biror muammoga duch kelib qolishsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bevosita murojaat qilishgan. Siyrat va siyar, ya’ni g‘azot ahkomlari ilmiga kelsak, bu ilmlarning qahramonlari ularning o‘zlari bo‘lishgan, voqealarning bevosita ishtirokchilari bo‘lishgan. Shuningdek, ular arab tili ilmiga ham behojat bo‘lishgan, chunki ular shu tilning egalari, yuksak balog‘at sohibi bo‘lishgan. Bu avlod zamon taqozosi o‘tgan ulamolarimizni majbur qilgan mantiq va bahs-munozara ilmi kabi aqliy ilmlarga ham muhtoj bo‘lmagan.

Xullas, ular Kitob va Sunnat ilmidan boshqa ilmga muhtoj bo‘lishmagan. Alloh taolo Nabiy sollallohu alayhi vasallamga topshirgan vazifalar mana shu edi: «Va senga odamlarga nozil qilingan narsani o‘zlariga bayon qilib berishing uchun Zikrni nozil qildik» (Nahl surasi, 44-oyat).

Ilm olish shu to‘rt rukn ustiga qurilgan: Kitob va Sunnatni o‘rganish, muallim (ilm beruvchi), muta’allim (ilm oluvchi) va ularning orasidagi ta’lim jarayoni. Ushbu to‘rt rukn orasida mustahkam aloqa bor.

Ilmning sharafi o‘rganilayotgan ilmning sharafiga qarab bo‘ladi. Bu yerda o‘rganilayotgan ilm esa Allohning kitobi, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sunnatlaridir. Bulardan ulug‘ ilm bormi?!

Tolibning sharafi u o‘rganayotgan ilmning sharafiga, muallimning sharafi ham u o‘rgatayotgan ilmning sharafiga bog‘liqdir. Ta’limning sharafi esa uning samarasiga, natijasiga qarab bo‘ladi. Shu to‘rt rukn bo‘lmaganida Islom dini shu kunimizgacha, Alloh xohlagan vaqtgacha qolmagan bo‘lar edi.

Bazzor va Tabaroniy Abu Bakradan rivoyat qilgan hadisda «Yo olim bo‘l, yo muta’allim bo‘l, yo tinglovchi bo‘l yoki (ilmga) muhabbatli bo‘lgin. Beshinchisi bo‘lma, halok bo‘lasan», deyilgan. Men bu to‘rt xislatga quyidagilarni qo‘shimcha qilaman: yo ilm ahliga xodim bo‘l, yo ularning ilmini nashr qiluvchi bo‘l, yo maktab-madrasalar ochib tarqatuvchi bo‘l, yoki tolibi ilmlarning homiysi bo‘lgin.

Shayx Muhammad Avvomaning
«Maolimul irshodiyya li sinoati tolibil ilm»
kitobidan
Muhammad Ali Muhammad Yusuf tarjimasi.

 

MAQOLA