Abu Sa’iyd Xudriy roziyallohu anhu aytadilar: "Men tushimda iblis laiynni boshi egik holda ko‘rdim. Uni asoim bilan urmoqchi edim, menga: "Ey Abu Sa’iyd! Bilmaysanmi, men asodan ham, quroldan ham qo‘rqmayman", dedi. Men: "Unda nimadan qo‘rqasan, ey mal’un?" dedim. Shunda: "Men faqat ikkita narsadan qo‘rqaman. Birinchisi, isti’oza (a’uzu billahi minash shaytonir rojiym)ni aytganlardan, ikkinchisi, iymonida sodiqlarning ma’rifat jilosidan", dedi.
Homidjon qori ISHMATBЕKOV
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan birga edik, shunda biroz jim turib qoldilar-da, so‘ng tabassum ila boshlarini ko‘tardilar. Biz: "Sizni nima kuldirdi, yo Allohning Rasuli?", dedik. "Menga hozirgina bir sura tushirildi", deb: "Bismillahir rohmanir rohiym. Innaa a’toynakal Kavsar" surasini qiroat qildilar. So‘ngra: "Kavsar nimaligini bilasizlarmi?" dedilar. "Alloh va Uning Rasuli biluvchiroqdir", dedik. "U Robbim azza va jalla menga va’da qilgan daryodir. Unda ko‘p yaxshilik bordir. U qiyomat kuni ummatim kelib huzurimda suv ichadigan hovuzdir. Uning idishlari yulduzlar adadicha".