Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Fevral, 2025   |   25 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:47
Quyosh
07:05
Peshin
12:41
Asr
16:24
Shom
18:11
Xufton
19:24
Bismillah
24 Fevral, 2025, 25 Sha`bon, 1446
Yangiliklar

Xushxabar: Xorazmdagi yangi "Darvesh bobo" masjidi foydalanishga topshirildi

18.02.2025   13661   1 min.
Xushxabar: Xorazmdagi yangi

Bugun, 18 fevral kuni Bog‘ot tumanida yangidan qurib bitkazilgan "Darvesh bobo" jome masjidining ochilish marosimi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi Xorazm viloyati vakili Xayrulla domla Abdullayev, Bog‘ot tumani hokimi Jahongir Nazarov, mutasaddilar, imom-xatiblar va mahalla ahli jam bo‘lishdi.

Marosimda Qur’oni karim tilovati va bu masjidning to qiyomatgacha mo‘min-musulmonlarga xizmat qiladigan, tarovehlar, xatmi Qur’onlar, zikru tasbehlar aytiladigan sajdagoh bo‘lishini, yangi masjid xalqimiz e’tiqodi, ma’rifatini mustahkamlashda hidoyat va ziyo maskani bo‘lib ko‘p yillar faoliyat yuritishini Alloh taolodan so‘rab, bu xayrli ishda ko‘makchi bo‘lgan barcha ezgu niyatli kishilar haqqiga duolar qilindi.

Zamonaviy talablarga javob beradigan, barcha qulayliklarga ega bo‘lgan mazkur masjid 3000 nafar namozxonlarga mo‘ljallangan. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Xushxabar: Xorazmdagi yangi Xushxabar: Xorazmdagi yangi Xushxabar: Xorazmdagi yangi Xushxabar: Xorazmdagi yangi Xushxabar: Xorazmdagi yangi Xushxabar: Xorazmdagi yangi Xushxabar: Xorazmdagi yangi Xushxabar: Xorazmdagi yangi Xushxabar: Xorazmdagi yangi Xushxabar: Xorazmdagi yangi Xushxabar: Xorazmdagi yangi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

“Alloh sizga qanday muomala qildi?”

20.02.2025   9055   1 min.
“Alloh sizga qanday muomala qildi?”

Shu o‘rinda bir ibratli rivoyatni keltirish maqsadga muvofiqdir.

Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayh yetuk faqih, muhaddis va Allohning do‘sti edi. Alloh taolo unga oliy martaba ato qilgan edi. Vafot etgandan keyin bir kishi tushida u zotdan: “Alloh sizga qanday muomala qildi?” deb so‘radi. Abdulloh ibn Muborak rahmatullohi alayh: “Alloh taolo meni mag‘firat qildi, fazliga olib, ulkan marhamat ko‘rsatdi. Lekin menga uyimning ro‘parasidagi temirchiga berilgan maqom nasib bo‘lmadi”, dedi.

Kishi uyqudan uyg‘ondi, dilida temirchining kimligi va qanday qilib Abdulloh ibn Muborakka nasib qilmagan narsa unga berilganini o‘ylab, uning mahallasiga bordi.

Surishtirib, Abdulloh ibn Muborakning temirchi qo‘shnisi borligini, u ham o‘sha kunda vafot etganini aniqladi. Borib, temirchining xotinidan: Eringiz nima qilar edi?” deb so‘radi va tushida ko‘rganlarini aytib berdi.

Ayol: «Erim temirchi edi, kun bo‘yi ishlar, kechasi esa uxlardi. Kechasi Abdulloh ibn Muborakning tahajjud o‘qishiga havasi kelib, hasrat qilib: “Biz ham kengchilikda bo‘lganimizda tuni bilan tahajjud o‘qir edim”, der edi. Yana u ishlayotganida qulog‘iga azon tovushi kirsa, mabodo bolg‘asini tepaga ko‘targan bo‘lsa, shuni urib qo‘yayin, demasdi. O‘sha zahoti bolg‘asini pastga tushirib: “Azonni eshitganimdan keyin menga bolg‘ani ushlab turish yarashmaydi”, deb masjidga ketar edi», dedi.

Temirchi halol rizq talabida edi. Azon eshitilib, birinchi darajadagi farz bilan ikkinchi darajadagi farz ro‘baro‘ keldi. Birinchi darajadagisini ustun qo‘ydi va Alloh buyuk muhaddislarga bermagan maqomga erishdi.

 

“Halol kasb-hunar – qut-baraka keltirar” kitobidan