frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Olim tarbiyalagan ona (1 qism)

19.02.2025   9996   2 min.
Olim tarbiyalagan ona (1 qism)

Bu ayol bor-yo‘g‘ini va butun kuch-g‘ayratini farzandini komil inson bo‘lib yetishishi uchun harakat qilgan onadir.

Qissa ayolning mujohid Farrux bilan oila qurishidan boshlanadi. Farrux buyuk sahobiy Robiy’ ibn Ziyodning mavlosi bo‘lgan. Robiy’ ibn Ziyod Sijiston, shuningdek, musulmonlar g‘alaba qozonishi uchun bor kuchini sarflagan, ko‘zga ko‘ringan qo‘mondonlardan edi. Alloh taolo uning harakatlarini g‘alaba bilan qutlagan payti quli bo‘lmish Farruxga hurriyat yo‘lini ochdi va o‘ljalardan unga ham nasiba berdi. Ko‘ksiga hurlik shabadasi tekkan Farrux o‘z ona shahriga qaytdi. Birdan-bir maqsadi Rabbining toatida ko‘maklashadigan va uyini muhofaza qiladigan bir soliha qizga uylanish edi...

Farrux oila qurib o‘z uyiga ega bo‘lgach, yana jang maydonlariga qaytib g‘alaba lahzalarini qayta-qayta tuyushni xohlardi. Bir so‘z bilan aytganda, u yana Alloh yo‘lida jang qilish ishtiyoqida edi. Uning orzulari ushaldi. Oilali ham bo‘ldi.

Kunlarning birida Farrux zavjasining oldiga o‘tirib dildan suhbatlashdi. Suhbat asnosida u Alloh yo‘lida jang qilishning darajotini tushunadigan hamda bu yo‘ldagilarga tayyorlab qo‘yilgan in’omlarning qadrini anglaydigan ayolning qarshisida turganini his qildi. Ayoli unga qarshilik qilmadi, rozi bo‘ldi. Farrux ayoliga anchayin tosh bosadigan bir hamyonni uzatdi va: “Bu qopchiqning ichida o‘ttiz ming dinor bor. Uni o‘zingiz hamda farzandimiz uchun yaxshilik yo‘lida sarflang, agar Alloh taqdirimga omonlikni bitgan bo‘lsa, qaytgunimcha shunday qilib tirikchilikni o‘tkazib turing”, dedi.

Oradan vaqt o‘tib ayolining ko‘zi yoridi. Bolaga Robiy’a deb ism qo‘ydi. Bir necha yil o‘tgach ayol farzandini Allohning kalomini yod oldirish uchun ustozlarga topshirdi. Bolakay bir necha oy ichida Qur’ondagi ko‘p suralarni yodlab oldi. Ayol turmushdoshi bergan mablag‘ni farzandining kamoloti uchun sarflay boshladi. Endi u farzandini faqihlarning qo‘liga topshirdi.

Ayol yosh bolakay uchun mehnat qilgan, ilmini ayamagan biror kishiga baxillik qilmadi. U farzandini ummat samosida ziyo taratuvchi bir yulduz bo‘lib porlashini, musulmonlarga foyda keltiradigan chin inson bo‘lib yetishishini xohlardi.

Yillar o‘tdi... Robiy’aning yoshi o‘ttizga yetdi. Shu kezlar bir ajib ish bo‘ldi... Oltmish yoshlarni qoralagan Farrux askar kiymida shaharga kirib keldi. Uylar, ko‘chalar juda o‘zgarib ketgan edi, shunday bo‘lsa-da, Farrux o‘z uyini topishga muvaffaq bo‘ldi.....

Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar" nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.

 

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Misr matbuoti: O‘zbekiston bilan turizm sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga olib chiqilmoqda

21.10.2026   10046   2 min.
Misr matbuoti: O‘zbekiston bilan turizm sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga olib chiqilmoqda

Misrning qator yetakchi OAVda O‘zbekiston–Misr o‘rtasidagi turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish, sayyohlar almashinuvini oshirish hamda ikki mamlakatning boy tarixiy, madaniy va diniy merosini xalqaro miqyosda targ‘ib qilishga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Jumladan, “Aldiplomasy”, “Eldameer”, “Al-Muntasaf”, “Almsaey”, “Altaqrernews”, “Albawabhnews” kabi nashrlarda turizm ikki davlat o‘rtasidagi strategik sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlaridan biri sifatida baholanib, uni rivojlantirishga qaratilgan qator tashabbuslar ilgari surilgan.

O‘zbekistonning Misrdagi elchisi Mansurbek Kilichev O‘zbekistonda turizm infratuzilmasini modernizatsiya qilish, tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash va xorijiy sayyohlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni ta’kidlagan. Misrlik sayyohlar uchun elektron viza imkoniyatining joriy etilishi turizm, biznes va madaniy almashinuvni rivojlantirishda muhim qadam sifatida qayd etilgan.

Maqolalarda O‘zbekiston va Misrning mushtarak islomiy merosidan foydalanishga alohida e’tibor qaratilgan. Qohiradagi Al-Azhar ush-Sharifni O‘zbekistondagi Imom Buxoriy, Imom Termiziy va Imom Moturidiy merosi bilan bog‘lash orqali diniy-ma’rifiy turizmni rivojlantirish taklif etilgan.

Bu borada “Umra Plyus” dasturlari muhim ahamiyat kasb etib, ziyorat safarlarini tarixiy shaharlar, me’moriy obidalar va madaniy maskanlarga tashriflar bilan uyg‘unlashtirish imkonini beradi. Misrlik sayyohlarni Samarqand, Buxoro, Xiva va Toshkentga jalb etish hamda ikki mamlakat turoperatorlari o‘rtasida qo‘shma sayyohlik dasturlarini ishlab chiqish istiqbollari ham ko‘rsatib o‘tilgan.

O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi raisi Islomiddin Sirojiddinov mamlakatning sayyohlik salohiyatini taqdim etib, tog‘li hududlar, qishki kurortlar, tarixiy obidalar va milliy madaniyat misrlik sayyohlar uchun jozibador yo‘nalishlar ekanini ta’kidlagan.

Chimyon, Amirsoy, Chorvoq, Zomin milliy bog‘i, Samarqand va Xiva kabi maskanlarni targ‘ib qilish, misrlik turoperatorlar va jurnalistlar uchun tanishuv safarlarini tashkil etish hamda arab tilidagi targ‘ibot materiallarini tayyorlash taklif etilgan.

Maqolalarda keltirilishicha, O‘zbekiston o‘tgan yili 11,7 million tashrif buyuruvchini qabul qilgan, joriy yilning birinchi yarmida esa sayyohlar oqimi 25 foizga o‘sgan.

Misr tomoni vakillari ham ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, tajriba almashish, sayyohlik yo‘nalishlarini o‘zaro bog‘lash va xizmatlar sifatini oshirish muhimligini qayd etgan. Misr Turizm palatalari federatsiyasi raisi o‘rinbosari Nosir Turki aviaqatnovlarni rivojlantirish va viza tartiblarini soddalashtirishni qo‘shma turistik dasturlar muvaffaqiyatining asosiy shartlari sifatida ko‘rsatgan.

Xalqaro “Umra Plyus” turizm uyushmasi raisi o‘rinbosari Hakan Shahin 2027 yilda Misrga 100 mingdan 150 ming nafargacha o‘zbek sayyohini jalb etish hamda 6–7 iyun kunlari Qohirada xalqaro turizm ko‘rgazmasini tashkil etish rejalarini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari