Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Fevral, 2025   |   25 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:47
Quyosh
07:05
Peshin
12:41
Asr
16:24
Shom
18:11
Xufton
19:24
Bismillah
24 Fevral, 2025, 25 Sha`bon, 1446

Qur’on yodlashning eng oson yo‘li

19.02.2025   6433   2 min.
Qur’on yodlashning eng oson yo‘li

Men Alloh subhanahu va taolo meni ulardan Qur’oni karimni o‘rganishga muvaffaq qilgan juda ko‘p mashoyixlarimizdan Qur’onni yod olishning eng afzal yo‘li haqida so‘rab chiqdim. Madinadagi qorilar ustozi shayx Ibrohim Axdor, shayx Muhammad Ahmad, shayx Bakr Tarobishi rahimahulloh, shayx Rodvon hafizahulloh kabi kibor ulamolardan so‘radim. Odatda, biz bu haqida ko‘pchilikdan so‘raymiz. Ammo umrining 60-70 yilini Qur’onni tilovat qilish va uni o‘rgatishga bag‘ishlagan  va butun hayoti Qur’oni karim ta’limiga sarflangan ustozlardan Qur’onni yodlashning eng afzal usulini so‘raganimizda, ular bir ovozdan ma’qullab aytishadiki, “Qur’onni hifz qilishning eng yaxshi yo‘li - Payg‘abarimiz sollallohu alayhi vasallamning tavsiyalariga amal qilish: “Qur’onga o‘zingizni bag‘ishlang!” (Uni muntazam o‘qing). Oddiy. Bu borada ko‘p bahslashamizu, ammo oxir-oqibat Payg‘abarimiz alayhissalomning tavsiyalariga qaytamiz: “Qur’onni muntazam o‘qing!” Oz-ozdan Qur’ondan o‘qishni kunlik odat qilib olishingiz kerak. “Amallarning eng yaxshisi — oz va bardavom bo‘lganidir”.

Ya’ni, bilamizki, yeb-ichishdan butunlay voz kecholmaysiz, ammo oz-ozdan bo‘lsa ham qilishingiz kerak. Taomlanish va ichish kabi kunlik qiladigan odatlaringiz ichiga Qur’ondan oz miqdorda tilovatni ham qo‘shishingiz kerak. Va vaqt o‘tgani sari bu oz miqdor ko‘payib boradi va shu bilan siz Qur’onni, shubhasiz, yod olasiz. Alloh sizni Qur’onni yod olishga muvaffaq qilishi darajasiga yetmaguningizcha, tunlari sajdada duo qilishingiz lozim: “Yo Alloh, Qur’onni qalbimning bahori, ko‘ksimning nuri qilgin. Menga nafsimni yengishimda madad ber!”.

Qur’on ahllari bu — Allohning xos bandalari bo‘lib, ular U zotga eng yaqin bo‘lganlardir. Alloh bandalari orasidan Qur’on ahllaridan bo‘lishga loyiqlarini tanlaydi. Alloh qalbingizdagi Qur’on ahllaridan biri bo‘lishga bo‘lgan kuchli istagingizni ko‘rishi kerak. Alloh subhanahu va taolodan sizni Qur’onni hifz qilishga muvaffaq etishini so‘rab, bu amalni o‘zingizga kunlik odat qilib olsangiz, O‘zining izni ila sizni Kalomini hifz qilish bilan mukofotlaydi. 

Shayx Yosir Dusariy

Boshqa maqolalar

Bahraynda islomiy muloqot yo‘nalishida o‘tayotgan anjuman hamjihatlikka xizmat qiladi

20.02.2025   12239   1 min.
Bahraynda islomiy muloqot yo‘nalishida o‘tayotgan anjuman hamjihatlikka xizmat qiladi

 Bugun, 20 fevral kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtirok etayotgan Manama shahridagi  nufuzli xalqaro konferensiya muhim mavzular muhokamasi bilan davom etmoqda. "Bir ummat – mushtarak taqdir" shiori ostida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda notiqlar tomonidan xalqlar birligini mustahkamlash va ulamolar o‘rtasidagi muloqotni kuchaytirish, turli millat-elatlar o‘rtasida ahillikni targ‘ib qilish, adovat va fitnaga yo‘l qo‘ymaslik, o‘zaro hurmatni rivojlantirishga katta e’tibor qaratildi.

 Ulamolar mana shunday o‘zaro muqolotlar tinchlik, birdamlik va hamjihatlikka erishishning eng samarali vositasi ekani, yangidan-yangi hamkorliklarga yo‘l ochish, bag‘rikenglik va tinchlikni keng targ‘ib qilishga urg‘u qaratdilar. Ayniqsa, millatlar orasida fitna chiqarmaslik, adashgan toifalarning nafratni qo‘zg‘atuvchi chiqishlari va turli nizolaridan saqlanish zarurligi ham ta’kidlandi.

Bahrayn Podshohi Shayx Hamad ibn Iso Ol Xalifaning anjuman ishtirokchilarini qabul marosimida Muftiy hazratlari ishtirok etdilar. Unda islomiy muloqot yo‘nalishida o‘tkazilayotgan konferensiyaning tinchlik va birdamlik yo‘lidagi ahamiyati yuqori baholandi.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari anjuman doirasida Musulmon donishmandlar kengashi bosh kotibi Muhammad Abdussalom, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, Shayxulislom Allohshukur Poshozoda, Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi raisi, bosh muftiy Navro‘zbay hoji Tag‘anuli, Karachi Islom universiteti professori, muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy kabi bir qator ulamo va arboblar bilan uchrashdilar. 

 Muloqotlar chog‘ida ikki davlat rahbarlarining sa’y-harakatlari, diniy-ma’rifiy sohaga qaratayotgan e’tiborlari natijasida diniy idoralar o‘rtasidagi munosabatlar rivojlanib, xalqlar o‘rtasidagi birodarlik yanada mustahkamlanib borayotgani, mamlakatlarda Islom dinining insonparvarlik mohiyatini keng yoyish bo‘yicha sa’y-harakatlar olib borilayotgani alohida ta’kidlandi. 

 Uchrashuvlarda tomonlar mo‘min-musulmonlarning ehtiyojini ta’minlash, o‘zaro birdamlik va hamjihatlikni mustahkamlash borasida qilinayotgan ishlarni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Bahraynda islomiy muloqot yo‘nalishida o‘tayotgan anjuman hamjihatlikka xizmat qiladi Bahraynda islomiy muloqot yo‘nalishida o‘tayotgan anjuman hamjihatlikka xizmat qiladi Bahraynda islomiy muloqot yo‘nalishida o‘tayotgan anjuman hamjihatlikka xizmat qiladi Bahraynda islomiy muloqot yo‘nalishida o‘tayotgan anjuman hamjihatlikka xizmat qiladi Bahraynda islomiy muloqot yo‘nalishida o‘tayotgan anjuman hamjihatlikka xizmat qiladi Bahraynda islomiy muloqot yo‘nalishida o‘tayotgan anjuman hamjihatlikka xizmat qiladi Bahraynda islomiy muloqot yo‘nalishida o‘tayotgan anjuman hamjihatlikka xizmat qiladi Bahraynda islomiy muloqot yo‘nalishida o‘tayotgan anjuman hamjihatlikka xizmat qiladi Bahraynda islomiy muloqot yo‘nalishida o‘tayotgan anjuman hamjihatlikka xizmat qiladi Bahraynda islomiy muloqot yo‘nalishida o‘tayotgan anjuman hamjihatlikka xizmat qiladi Bahraynda islomiy muloqot yo‘nalishida o‘tayotgan anjuman hamjihatlikka xizmat qiladi Bahraynda islomiy muloqot yo‘nalishida o‘tayotgan anjuman hamjihatlikka xizmat qiladi