Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Mart, 2025   |   5 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:33
Quyosh
06:51
Peshin
12:39
Asr
16:33
Shom
18:21
Xufton
19:34
Bismillah
05 Mart, 2025, 5 Ramazon, 1446
Yangiliklar

MUFTIY HAZRAT XALQARO ANJUMANDA ISHTIROK ETMOQDALAR

20.02.2025   15294   2 min.
MUFTIY HAZRAT XALQARO ANJUMANDA ISHTIROK ETMOQDALAR

Kecha, 19 fevral kuni Bahrayn Podshohligi shafeligida Musulmon donishmandlar kengashi tashabbusi bilan ushbu davlat poytaxti Manama shahrida boshlangan xalqaro konferensiyada O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ishtirok etmoqdalar. 

Mazkur xalqaro konferensiyada Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari Shayx Ahmad Toyyib, Bahrayn islom ishlari bo‘yicha oliy kengash prezidenti Shayx Abdurahmon bin Muhammad bin Roshid al-Xalifa, Malayziya Bosh vaziri Anvar Ibrohim, Islom hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Husayn Ibrohim Toha, Misr muftiysi doktor Nazir Muhammad Ayyod, Dorul ulum Karachi Islom universiteti professori Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy, Kavkaz musulmonlari idorasi raisi, shayxul-islom Allohshukur Poshozoda, Rossiya markaziy diniy idorasi raisi, muftiy Shayx Tal’at Tojiddin kabi taniqli ulamolar, davlatlar muftiylari, din va davlat arboblari qatnashmoqda.

So‘zga chiqqan notiqlar bugungi murakkab va tahlikali davrda butun dunyoda tinchlik-osoyishlikni qaror toptirish, musulmon ummati birligini ta’minlash, turli din vakillari va turfa millat-elatlari ahil-inoqligiga erishish juda ham muhim ekani, islomofobiya xatti-harakatlarining oldini olish kabi o‘ta muhim masalalarni ta’kidladilar. Shuningdek, hozirgi kunda musulmon ummati oldida turgan dolzarb muammolar, kelgusidagi istiqbolli rejalar to‘g‘risida fikr almashdilar.
Konferensiya ertaga, 20 fevral kuni ham davom etadi. 

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish lozimki, Musulmon donishmandlar kengashi mustaqil xalqaro tashkilot bo‘lib, 2014 yilda Birlashgan Arab Amirliklarining Abu Dabi shahrida tashkil topgan. Kengashga Misr Arab Respublikasi Bosh imomi, al-Azhar majmuasi rahbari, Shayx Ahmad Toyyib raislik qiladi. Muhammad Abdussalom esa uning bosh kotibi hisoblanadi.

Tashkilotning asosiy maqsadi musulmon olamida tinchlikni targ‘ib qilish, nizolarni birgalikda hal etish, bag‘rikenglikni ta’minlash, boshqalarga hurmat saqlaydigan farovon jamiyat barpo etishdir.

Kengash a’zoligiga o‘zining serqirra faoliyati bilan obro‘-e’tiborga erishgan dunyoning eng nufuzli musulmon olimlari jalb qilinadi. Ana shu ulamolar qatorida Markaziy Osiyo mintaqasidan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari ham a’zo qilingan edilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

MUFTIY HAZRAT XALQARO ANJUMANDA ISHTIROK ETMOQDALAR MUFTIY HAZRAT XALQARO ANJUMANDA ISHTIROK ETMOQDALAR MUFTIY HAZRAT XALQARO ANJUMANDA ISHTIROK ETMOQDALAR MUFTIY HAZRAT XALQARO ANJUMANDA ISHTIROK ETMOQDALAR MUFTIY HAZRAT XALQARO ANJUMANDA ISHTIROK ETMOQDALAR MUFTIY HAZRAT XALQARO ANJUMANDA ISHTIROK ETMOQDALAR MUFTIY HAZRAT XALQARO ANJUMANDA ISHTIROK ETMOQDALAR MUFTIY HAZRAT XALQARO ANJUMANDA ISHTIROK ETMOQDALAR MUFTIY HAZRAT XALQARO ANJUMANDA ISHTIROK ETMOQDALAR
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Mayyitning qarzini tezroq uzish

27.02.2025   3627   1 min.
Mayyitning qarzini tezroq uzish

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Mo‘minning ruhi uning qarzi to‘lanmaguncha ushlab turiladi", dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Hadisdan olinadigan foydalar:
1. Musulmon inson vafotidan oldin qarzlarini to‘lashga harakat qilishi lozim. Agar bunga qodir bo‘lmasa, uning qarzini vorislari merosdan to‘laydi. Meros bo‘lmasa, o‘z yonlaridan to‘lasalar ham bo‘ladi. Agar ular ham qodir bo‘lmasa, musulmonlardan imkoni bor insonlardan birortasi bunga harakat qilishi kerak.

2. Shariat odamlarga bo‘lgan haqlarga e’tiborsizlik qilishdan, xususan, qarzni o‘z vaqtida bermaslikdan ogohlantirgan. Musulmon inson Allohdan yordam so‘rab, o‘z qarzlarini imkon qadar tezroq uzishga harakat qilishi kerak, shunda u vafot etganida zimmasida hech kimning haqqi qolmaydi.

Abdulmuqsid Po‘latov,
Hadis ilmi maktabi talabasi.