Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Fevral, 2025   |   24 Sha`bon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:48
Quyosh
07:07
Peshin
12:41
Asr
16:23
Shom
18:10
Xufton
19:23
Bismillah
23 Fevral, 2025, 24 Sha`bon, 1446

O‘zbekiston Prezidenti ziyoratchilarimizga qulaylik yaratishda Saudiya Arabistoni bilan yaqindan hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladi

19.02.2025   4783   1 min.
O‘zbekiston Prezidenti ziyoratchilarimizga qulaylik yaratishda Saudiya Arabistoni bilan yaqindan hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 fevral kuni mamlakatimizda tashrif bilan bo‘lib turgan Saudiya Arabistoni Podshohligi haj va umra ishlari vaziri Tavfiq bin Favzon ar-Rabia boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon Ol Saud va Valiahd, mamlakat Bosh vaziri Muhammad Ol Saudning salomi va samimiy tilaklarini yetkazdi. Vazir, shuningdek, Podshohning ko‘p millatli O‘zbekiston xalqiga hadyasi – muqaddas Ka’ba yopinchig‘i kisvaning bir parchasini topshirdi.

O‘zbekiston yetakchisi, o‘z navbatida, Saudiya Arabistoni rahbariyatiga bebaho tuhfa hamda ziyoratchilarimizning musulmon dunyosi markazlari - Makka va Madinada bo‘lishi uchun yaratilgan imkoniyatlar va qulay sharoitlar uchun chuqur minnatdorlik bildirdi. Birgina o‘tgan yilning o‘zida 800 mingdan ziyod fuqarolarimiz Umra ziyoratini, 15 ming nafari Haj ibodatini ado etdi.

Suhbat chog‘ida o‘zbekistonlik ziyoratchilarga shart-sharoitlar va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, ularning Saudiya Arabistoniga tashrifi xavfsiz va qulay bo‘lishini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston Prezidenti ziyoratchilarimizga qulaylik yaratishda Saudiya Arabistoni bilan yaqindan hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladi O‘zbekiston Prezidenti ziyoratchilarimizga qulaylik yaratishda Saudiya Arabistoni bilan yaqindan hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladi O‘zbekiston Prezidenti ziyoratchilarimizga qulaylik yaratishda Saudiya Arabistoni bilan yaqindan hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladi O‘zbekiston Prezidenti ziyoratchilarimizga qulaylik yaratishda Saudiya Arabistoni bilan yaqindan hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladi O‘zbekiston Prezidenti ziyoratchilarimizga qulaylik yaratishda Saudiya Arabistoni bilan yaqindan hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladi O‘zbekiston Prezidenti ziyoratchilarimizga qulaylik yaratishda Saudiya Arabistoni bilan yaqindan hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladi O‘zbekiston Prezidenti ziyoratchilarimizga qulaylik yaratishda Saudiya Arabistoni bilan yaqindan hamkorlik qilish muhimligini ta’kidladi
Boshqa maqolalar

Allohning oyatlariga qanday bog‘lanish mumkin?

21.02.2025   5754   2 min.
Allohning oyatlariga qanday bog‘lanish mumkin?

Jannatdagi yuqori martabalarni va ulug‘ farishtalar bilan birga bo‘lishni xohlasangiz Allohning oyatlariga bog‘laning. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Qur’onga mohir bo‘lgan kishi hurmatli farishtalar bilan birgadir”[1], deganlar. Boshqa bir hadislarida esa: “Qiyomat kuni Qur’on sohibi jannatga kirsa, unga “O‘qi va ko‘taril!” deyiladi. U o‘qiydi va har bir oyat uchun bir daraja ko‘tariladi, toki o‘zidagi bor oyatlarni o‘qiydi”[2], deganlar.

 
Allohning oyatlariga qanday bog‘lanish mumkin?

Juzlarga ajratilgan Qur’on sotib oling. Shunda mo‘ljallangan juzni o‘zingiz bilan olib yura olasiz. Bo‘sh vaqtingizdan unumli foydalaning va bir-ikki oyat bo‘lsa-da, o‘qib olishga harakat qiling.

Namozga aytiladigan iqoma va azon o‘rtasida Qur’on o‘qishga ozroq vaqtingiz bo‘lishi uchun namozga ertaroq boring.

Ulovingizga bitta mus'haf qo‘yib qo‘ying. Uyga kirishdan avval kichik bo‘lsa-da, bir necha oyat o‘qing. Shu tariqa siz uyingizga Allohning oyatlari ila birga kirib borasiz.

Ishga ketayotgan va qaytayotgan paytingiz bir necha daqiqa bo‘lsa ham Qur’on eshiting.

Juma namoziga ertaroq boring va hafta davomida Qur’ondan o‘qiy olmagan qismingizni ushbu muborak soatlarda o‘qib, yetkazib oling.


Muhtarama ayollar! Uy yig‘ishtirayotganingizda, taom tayyorlayotganingizda Qur’onning ovozli shaklini qo‘yib qo‘ying. Qanchadan-qancha vaqtimiz havoga sovurilib ketyapti. Xasratu nadomatlar foyda bermaydigan kunda bu vaqtlarimiz uchun pushaymon bo‘lamiz, axir.

Qur’onning elektron shaklini telefon yoki kompyuteringizning ekraniga o‘rnatib oling. Shunda ozroq bo‘lsa-da, o‘qishga muvaffaq bo‘lasiz.

Piyoda yurganingizda yod olgan suralaringizni takrorlab boring va buni kundalik odatga aylantiring.

Yotoqingizga yaqinroq joyda ham bitta Mus'haf bo‘lsin. Uyquga ketishdan avval Qur’ondan kunlik belgilangan miqdorni tugatib qo‘ying. Shunday qilsangiz kuningizning yakuni Allohning oyatlari bilan hamohang bo‘ladi.


Hasson Shamsiy Poshoning "Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar" nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.


[1]  Imom Muslim rivoyati.
[2]  Imom Ahmad rivoyati.