Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyul, 2025   |   27 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:54
Xufton
21:24
Bismillah
22 Iyul, 2025, 27 Muharram, 1447
Maqolalar

Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in!

24.02.2025   11115   1 min.
Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in!

Shu yilning 22-23 fevral kunlari Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti, Toshkent shahri, viloyat vakilliklari boshchiligida 2 119 ta masjidda tozalash va obodonlashtirish ishlari tashkil etildi. 
 

Xonaqohlar, tahoratxona va qo‘shimcha binolarda tozalash ishlari olib borilib, mo‘min-musulmonlar ibodat qilishlari uchun yaxshi sharoitlar hozirlandi. Ramazon oyi davomida masjidlarni toza va shinam saqlash, ovoz kuchaytirgichlarning uzluksiz ishlashini ta’minlash choralari ko‘rildi.


Mutasaddi tashkilotlar va yong‘in xavfsizligi idoralari bilan hamkorlikda Ramazon tadbirlarini o‘tkazish uchun masjid binolarining texnik holatlari o‘rganilib, favqulodda holatlar bo‘lib qolgan taqdirda fuqarolarni ko‘chirish rejasi, elektr, gaz jihozlari sozligi va boshqa jihatlardan o‘rganildi.


Hashar davomida masjid, ziyoratgoh va qabristonlar chiqindilardan tozalandi, ekin yerlariga ishlov berildi, daraxtlar butalib, taglari oqlandi, ariqlar tozalandi. Manzarali, mevali daraxt hamda gul ko‘chatlari o‘tkazildi. 


Jumladan, 43 000 tupga yaqin gullar, mevali va manzarali daraxtlar ekildi, ular atrofidagi 31 ming 700 metr ariqlar tozalandi. 21 ming 290 tup daraxt oqlanib, shakl berildi. Bu ishlarga 530 ta texnika jalb qilindi. Obodonlashtirish ishlarida imom-xatiblar boshchiligida masjid xodimlari, hay’at a’zolari va namozxonlardan jami 20 mingdan ziyod kishi faol ishtirok etdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in! Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in! Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in! Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in! Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in! Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in! Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in! Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in! Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in! Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in! Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in! Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in! Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in! Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in! Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in! Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in! Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in! Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in! Masjidlarimizda Ramazoni sharifga tayyorgarlik jarayoni qizg‘in!
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Fursat g‘animatdir

22.07.2025   1466   2 min.
Fursat g‘animatdir

Inson hayotida eng qimmatbaho ne’matlardan biri vaqtdir. U nihoyatda tez o‘tadi, biror narsaga bog‘lab, to‘xtatib, ortga qaytarib bo‘lmaydi. Har lahza inson umridan bir bo‘lakdir. Shuning uchun vaqtni samarali o‘tkazish, uni qadrlash har bir aqlli inson uchun juda muhim.


Har insonga bir umr berilgan. U yillar, oylar, kunlar, daqiqalar bilan hisoblanadi. Bir soat bekorga ketsa, umrimizdan bir qism bekor ketgan bo‘ladi. Ko‘pincha biz "ertaga qilib qo‘yaman", "keyinroq boshlayman" deya o‘zimizni aldab qo‘yamiz. Aniq reja asosida hayot kechirish, har bir kunni maqsadli va mazmunli o‘tkazish vaqtdan unumli foydalanishning asosiy yo‘lidir. Ilm o‘rganish, mehnat qilish, sog‘liqqa e’tibor qaratish, oila va yaqinlarga vaqt ajratish — bularning bari vaqtning to‘g‘ri taqsim qilinishi bilan bo‘ladi.


Tan olish kerak, zamonaviy texnologiyalar, ijtimoiy tarmoqlar va axborot oqimi vaqtimizni o‘g‘irlab, bizni chalg‘itmoqda. Lekin ayb o‘zimizda. Ba’zan keraksiz narsalarga soatlab vaqt sarflaymiz, keyin esa "vaqtim yetmadi" deb shikoyat qilamiz. Shuning uchun ham hayotda "nimalar muhim, nimalar esa vaqt sarflashga arzimaydi" degan savolga aniq javob topib olish lozim. Vaqtga e’tiborli inson – mas’uliyatli insondir. U har bir vazifani o‘z vaqtida bajaradi, orzulari sari qat’iyat bilan intiladi va hayotini nazorat qila oladi.


Islom dinida ham vaqtga alohida ahamiyat berilgan. Qur’oni karimdagi Asr surasida Alloh taolo asr (vaqt)ga qasam bilan insonning zararda ekani ta’kidlagan. Bu esa vaqtning beqiyos ekanini yana bir bor yodga soladi. Faqat iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan, bir-birlariga Haq (yo‘li)ni tavsiya etgan va bir-birlariga (mana shu Haq yo‘lida) sabr-toqat qilishni tavsiya etgan zotlargina najot topishi aytilib, ulgurib qolishga da’vat etilgan. Demakki, vaqtni to‘g‘ri sarflay olgan insongina yutuqqa erishadi. Hayotimizdagi har bir daqiqa – bebaho xazina. Undan oqilona foydalanib qolish kerak, azizlar.

Abdulvohid ISAQOV,

Namangan shahridagi

“Miryoqubboy Mirhakimboy”

jome masjidi imom xatibi

Maqolalar