Bugun, 27 fevral kuni Xiva shahrida Din ishlari bo‘yicha qo‘mita huzuridagi Konfessiyalar ishlari kengashining sayyor yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda yurtimizda rasmiy faoliyat olib borayotgan 16 ta diniy konfessiya vakillari ishtirok etmoqda.
Mazkur Kengash 2004 yilda tashkil etilgan bo‘lib, oxirgi yillarda uning faoliyati yanada takomillashdi. Xususan, 2018 yilga kelib, muhtaram Prezidentimizning bevosita tashabbuslari bilan Kengash tarkibiga barcha diniy konfessiyalar vakillari kiritilib, Kengash a’zolarining umumiy soni 17 nafarga yetdi. Ta’kidlash kerak, so‘nggi yillarda Kengashning yig‘ilishlari Respublikaning turli hududlarida sayyor shaklda o‘tkazilishi yaxshi an’anaga aylandi.
Bu galgi sayyor yig‘ilish yangicha format va rakursda tashkil etilgani diqqatga sazovor. Bu yildan e’tiboran Kengash a’zolaridan tashqari Respublika parlamenti, turli vazirlik va idoralar hamda tashkilot vakillari ham kuzatuvchi sifatida qatnashmoqda.
Eslatib o‘tamiz, mazkur Kengash respublika hududida faoliyat olib borayotgan barcha diniy konfessiyalar faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi maslahat organidir. Uning faoliyati dinlararo muloqotning rivojlanishi, yuzaga keladigan masala va muammolarni hamjihatlikda hal etishga qaratilgan.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Ramazon oyi munosabati bilan Fatvo markazining Koll-markazi ish tartibiga o‘zgartirish kiritildi.
Endilikda Ramazon oyi davomida savollaringizga Fatvo markazining malakali mutaxassislari har kuni (shanba, yakshanba va bayram kunlari ham) ertalab soat 06:00 dan 18:00 ga qadar javob beradilar.
Fatvo markazining Koll-markaz
telefon raqami: 781503344.
YouTube | Instagram | Facebook |Ummalife
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati