Sayt test holatida ishlamoqda!
13 May, 2025   |   15 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:32
Quyosh
05:06
Peshin
12:24
Asr
17:23
Shom
19:36
Xufton
21:04
Bismillah
13 May, 2025, 15 Zulqa`da, 1446

2025 YIL UCHUN ZAKOT, FITR VA FIDYA MIQDORI

01.03.2025   32009   1 min.
2025 YIL UCHUN ZAKOT, FITR VA FIDYA MIQDORI

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazining milodiy 2025 / hijriy 1446 yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobi, fitr sadaqasi va fidya miqdori bo‘yicha qarori qabul qilindi, unga ko‘ra:

Zakot nisobi
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi bu yilgi Ramazon oyi uchun zakot nisobini ≈ 85 gramm 585 probali tillaning qiymatidan kelib chiqib  61 200 000  (oltmish bir million ikki yuz ming) so‘m deb belgiladi. 

Shunga ko‘ra, kimda zaruriy ehtiyojidan tashqari kamida 61 200 000 (oltmish bir million ikki yuz ming) so‘m qiymatidagi pul mablag‘i yoki ushbu qiymatdagi savdo-tijorat moli bo‘lsa, jami mablag‘ining qirqdan biri (2,5%)ni zakot niyatida haqdorlarga beradi.

Fitr sadaqasi miqdori
Fitr sadaqasining miqdori quyidagicha belgilandi:
 ≈ 2 kg bug‘doy unidan – 10 000 (o‘n ming) so‘m;
 ≈ 4 kg arpadan – 16 000 (o‘n olti ming) so‘m;
 ≈ 2 kg mayizdan – 110 000 (bir yuz o‘n ming) so‘m;
 ≈ 4 kg xurmodan – 180 000 (bir yuz sakson ming) so‘m deb belgilandi.

Har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotdan xohlagan biri yoki  uning qiymatini fitr sadaqasi niyatida bersa kifoya qiladi.

Fidya miqdori
Bir kunlik fidya miqdori fitr sadaqaning miqdori bilan bir xil bo‘ladi.

Shunday ekan, har kim o‘z imkoniyatiga qarab ushbu to‘rt mahsulotdan xohlagan biri yoki  uning qiymatini fidya niyatida bersa kifoya qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokamasi

07.05.2025   10067   1 min.
Diniy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokamasi

Joriy yilning 6 may kuni Mir Arab oliy madrasasida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimidagi diniy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari D.Maxsudov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari M.Muhammadsidiqov, diniy ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda ta’lim sohasini yanada yaxshilash, kadrlar salohiyatini oshirish, o‘quv-me’yoriy va uslubiy jihatdan takomillashtirish, mavjud fanlarni, xususan ijtimoiy-gumanitar va fanlarni o‘qitish sifatini yuqori bosqichga olib chiqish, o‘qituvchilar metodologiyasini mustahkamlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni kuchaytirish kabi masalalar muhokama qilindi.
 
Majlis davomida ta’lim muassasalari misolida amalga oshirilish lozim bo‘lgan masalalar o‘rtaga tashlanib, mavjud muammolarni bartaraf etish choralari bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Diniy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokamasi Diniy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish masalalari muhokamasi
MAQOLA