Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Mart, 2025   |   4 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:35
Quyosh
06:53
Peshin
12:40
Asr
16:32
Shom
18:20
Xufton
19:33
Bismillah
04 Mart, 2025, 4 Ramazon, 1446
Maqolalar

Birlashgan Millatlar Tashkiloti va O‘zbekiston

2.03.2025   4285   12 min.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti va O‘zbekiston

BIRLASHGAN   MILLATLAR   TASHKILOTI

VA   O‘ZBЕKISTON

(2 mart 1992 yildan beri bayrog‘imiz BMTda)

 

“Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga itoatga kirishingiz va shaytonning izidan ergashmangiz! Albatta u sizlarga aniq dushmandir”.

             Qur’oni Karim

            (Baqara 2 sura 208 oyat).

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (ingliz. United Nations) BMTYer yuzida tinchlikni va xavfsizlikni ta’minlash, davlatlarning va millatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida 1945 yil 24 oktyabrda fashizm ustidan g‘alaba qozongan mustaqil davlatlarning ixtiyoriy birlashish asosida tuzilgan eng yirik xalqaro tashkilot.

BMT Ustavida ko‘rsatilgandek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning tenghuquqlili bo‘lishi va o‘z taqdirini o‘zi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar o‘rtasida do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar o‘rtasida hamkorlik bo‘lishini ta’minlashni ko‘zda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uyg‘unlashtirib turadigan markazi hisoblanadi.

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti:

tashkil topgan sana:  1945 yil 24 oktyabr.

asosiy maqsadi:  yer yuzidagi tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni ta’minlash bo‘lib, davlatlarning o‘zaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.

qaysi davlatlar tomonidan barpo etilgan: BMTni barpo etish haqidagi qaror SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi Kengashida 1943 yilda,

tashkilot Ustavi qachon va qayerda qilingan: Ustavi esa San-Fransisko (AQSH) Konferensiyasida 1945 yilda qabul qilingan. BMT Ustaviga dastavval 51 davlat imzo chekkan bo‘lsa, hozirga kelib bu ko‘rsatkich 193 tani tashkil qilmoqda.
 

tuzilmasi
rahbar: Bosh kotib.

rahbarlik muddati:  5 yil.

BMTning Bosh Assambleyasida mazkur tashkilotga a’zo bo‘lgan barcha davlatlarning a’zolari ishtirok etadilar.

BMTning Xavfsizlik kengashiga 15 davlat a’zodir. Shulardan 5 tasi – AQSH, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Xitoydoimiy a’zo davlatlardir. Kengashning qolgan 10 a’zosi Bosh Assambleya tomonidan ikki yil muddatga saylanadilar.

Bosh Assambleya Kotibiyati quyidagi departament va boshqarmalarga bo‘linadi:

-Siyosiy masalalar va Xavfsizlik Kengashi ishlari departamenti,

-Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti,

-Vasiylik va o‘z-o‘zini boshqarmaydigan hududlar departamenti,

-Nazorat boshqarmasi,

-Xodimlar boshqarmasi,

-Bosh kotibning ma’muriy idorasi,

-Ijtimoiy axborot boshqarmasi,

-Konferensiyalarga xizmat qilish boshqarmasi,

-Umumiy xizmat boshqarmasi,

-BMTning Jeneva bo‘limi.

BMT sessiyasi yilda bir marta chaqiriladi. Xavfsizlik Kengashining yoki BMT a’zolari ko‘pchiligining talabi bilan har qanday masala yuzasidan maxsus sessiyalar chaqirilishi mumkin.

BMTning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan, xitoy va arab tillari.

O‘zbekiston BMTda
– O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng ko‘p o‘tmay – 1992 yilning 2 martida BMTga a’zo bo‘ldi.

– Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i ko‘tarildi.

1993 yilning 24 avgustida BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi.

Kotibiyat
Kotibiyat Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi, Xavfsizlik Kengashi va boshqa tashkilotlari ko‘rsatmalariga muvofiq tezkor va ma’muriy ishlarni amalga oshiradi. Uni umumiy ma’muriy rahbarlikni olib boradigan Bosh kotib boshqaradi.

Nyu-York, Jeneva, Vena va Nayrobida Birlashgan Millatlar Tashkilotining bo‘limlari mavjud.

BMTning muhim sanalari
1945 yil 24 oktyabr – Birlashgan Millatlar Tashkiloti tuzildi: uning Nizomi Xavfsizlik Kengashining besh doimiy a’zosi hamda uni imzolagan davlatlarning ko‘pchiligi tomonidan ratifikatsiya qilindi va kuchga kirdi.
1947 yil 24 oktyabr – Bosh Assambleya o‘zining 168-sonli Rezolyutsiyasi bilan «Birlashgan Millatlar kuni»ni rasmiy ravishda e’lon qildi.
1948 yil 10 dekabr – Bosh Assambleya Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasini qabul qildi.
1949 yil 24 oktyabr – Nyu-Yorkda BMT Markaziy muassasalari binosiga birinchi g‘isht qo‘yildi.
1965 yil – BMT Bolalar Fondi – UNICEF ga tinchlik uchun Nobel mukofoti berildi.

 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashkil topishi bilan inson va shaxs huquqlarini himoya qilishni xalqaro huquqiy tartibga solishni zamonaviy bosqichiga asos yaratildi va BMT Ustavida ta’kidlanganidek: “Biz, Birlashgan millatlar xalqlari, insonning asosiy huquqlariga, inson shaxsining qadr qimmatiga, erkak va ayollarning teng huquqlariga va katta kichik millatlar huquqlarining tengligiga ishonchini qayta qaror toptirishga qat’iy ahd qilib, Birlashgan Millatlar Tashkilotining ushbu Ustavini qabul qilishga va Birlashgan Millatlar Tashkilotini ta’sis qilishga rozilik berdik!

Ayni mahalda Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo davlatlar “Barcha davlatlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirishni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan tinchlik adovat va farovonlikning muhim ahamiyati hisoblanadigan inson huquqlari va asosiy erkinliklarining hurmat qilinishi va ularning yalpi ahamiyatini tan olish” majburiyatini o‘z zimmalariga oldilar.

 

BMT Ustavi – barcha davlatlar rioya etilishi shart bo‘lgan yagona xalqaro hujjatdir.

Bugungi kunda yer yuzida 270 dan ortiq mamlakat mavjud bo‘lib, ulardan 193 tasi BMTga a’zo bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi 1992 yilning 2 martida BMTga a’zo bo‘ldi. Dunyodagi eng nufuzli tashkilot bo‘lmish BMTning Bosh Assambleyasi binosi oldida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i shu kuni 2 mart 1992 yildan beri yuqoriga samoga ko‘tarilgan. 1993 yilning 24 avgustida BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining va Birlashgan Millatlar Tashkilot taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishiga binoan O‘zbekiston Respublikasining Birlashgan Millatlar Tashkiloti (Nyu-York shahri) dagi doimiy vakili faoliyat yuritadilar.

O‘zbekiston Respublikasi BMTning teng huquqli a’zosi sifatida bu eng nufuzli xalqaro tashkilotning maqsad va qoidalariga qat’iy amal qilib kelmoqda.

1948 yil 10 dekabrda Bosh Assambleyasi Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasini e’lon qildi va qabul qildi. “Har bir odam uchun insonning umumiy huquqlari ilk bor o‘z ifodasini topgan ushbu hujjat bugungi kunda 360 dan ortiq tilda chop etilgan va jahondagi eng ko‘p tarjima qilinadigan hujjat hisoblanadi. Bu uning universal xususiyatga ega ekanligi va keng tarqalishidan dalolatdir. Mazkur hujjat ko‘plab yangi, mustaqil davlatlar konstitutsiyalari va yangi demokratiyalar uchun namuna bo‘lib xizmat qilmoqda, ongimizda ezgulik va yovuzlik haqida fikr yuritish imkonini beradigan mezonga aylandi”, – deb tarifladi BMTning Bosh kotibi.

Ushbu deklaratsiya mustaqil O‘zbekiston Respublikasi imzolagan eng birinchi xalqaro hujjatdir. 1991 yil 30 sentyabr. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining “Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari” deb atalgan ikki bo‘limi mazkur deklaratsiya talablariga to‘la mos bo‘lib, unda O‘zbekiston Respublikasi barcha fuqarolari teng huquq va erkinliklarga ega bo‘lishi, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsi va ijtimoiy mavqesidan qatiy nazar, qonun oldida tengligi ta’minlangan. Respublikamizda inson huquqlariga oid yuzdan ortiq qonunlar qabul qilingan va ular xalqaro me’yorlar va andozalarga muvofiqlashtirilgan.

BMT Bosh Assambleyasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik muammolarini hal etish yo‘l-yo‘rig‘i dunyo miqyosidagi muammolar bilan birga qo‘shib ochib berildi. Hamda O‘zbekistonning keng ko‘lamli hamkorlikka oid hamma takliflarida uni BMT faoliyati va bu tashkilotning ixtisoslashgan muassasalari orqali amalga oshirish tamoyillari ilova qilindi.

Hammamizning xabarimiz bor, muhtaram Prezidentimiz o‘z nutqlarida muborak Islom dinimizning asl insonparvarlik mohiyatini butun jahon jamoatchiligiga yetkazish oldimizda turgan muhim vazifa ekanini alohida qayd etdilar.

Davlatimiz rahbari BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida jahonning eng yuqori minbaridan turib, mustaqil O‘zbekiston tashqi siyosatining ma’naviy yo‘nalishi insonparvarlik, insoniylik, oshkoralik, hurriyat, o‘z imkoniyatlariga tayanish va insoniyatning yagona oilasida o‘z taraqqiyot yo‘liga ega bo‘lishligini ta’kidlab, bayon qildilar.

Shuningdek,  davlatimiz Rahbari aslida Islom dini ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarga rioya etishga da’vat etishini alohida ta’kidlab o‘tdilar. Jumladan, muhtaram Prezidentimiz shunday dedilar: «Biz butun jahon jamoatchiligiga Islom dinining asl insonparvarlik mohiyatini yetkazishni eng muhim vazifa, deb hisoblaymiz. Biz muqaddas dinimizni azaliy qadriyatlarimiz mujassamligining ifodasi sifatida behad qadrlaymiz. Biz muqaddas dinimizni zo‘ravonlik va qon to‘kish bilan bir qatorga qo‘yadiganlarni qat’iy qoralaymiz va ular bilan hech qachon murosa qila olmaymiz. Islom dini bizni ezgulik va tinchlikka, asl insoniy fazilatlarni asrab-avaylashga da’vat etadi».

Birlashgan Millatlar Tashkiloti – tinchlikni va xalqaro xavfsizlikni qo‘llab quvvatlash, davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan universal tashkilotdir.

BMT har bir insonni huquqlarini qo‘llab quvvatlash, kengaytirish va himoya qilish majburiyatini o‘z zimmasiga olgan dunyodagi yagona tashkilot sifatida dunyoning “umumjahon parlamenti” sifatida kalendarning ma’lum bir kunini insoniyat uchun, xalq uchun, umumjamiyat uchun zarur bo‘lgan masalalarga bag‘ishlab qo‘ygan.

“Dinlararo bag‘rikenglik haftasi”, “Saraton bilan kurashish xalqaro kuni”, “Xalqaro ijtimoiy adolat kuni”, “Xalqaro ona tili kuni” fevral oyida. Mart oyida “Kamsitishga nol kuni”, “Xalqaro yovvoyi tabiat”, “Xalqaro irqiy kamsitilishni bartaraf etish kuni”, “Irqchilik va irqiy kamsitilishlarga qarshi kurashayotgan xalqlar bilan birdamlik haftasi”, “Xalqaro sil kasalligiga qarshi kurashish kuni”, “Xalqaro inson huquqlari poymol bo‘lishida haqiqatni o‘rnatish kuni”. Aprel oyida “xalqaro sport, tinchlik va taraqqiyot yo‘lida kuni”, “Yo‘l harakatlarida sodir etilgan hodisalarda halok o‘lganlarni xotiralash kuni”, iyun oyida “Xalqaro atrof muhitni muhofaza qilish kuni”, “Xalqaro qochoqlar kuni”, “Giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”, “Xalqaro muruvvat kuni”, sentyabr oyida “Xalqaro tinchlik kuni” bo‘lib deyarli 365 kun insonlarning turli muammolarini yengillashtirishda, ba’zi muammolarni yechilishida o‘z samarasini bermoqda.

BMT o‘z taraqqiyot dasturini amalga oshirishda dunyoning turli chekkalarida va yer yuzining barcha mintaqalarida BMTning ko‘plab ixtisoslashgan tashkilotlari va muassasalari orqali ham tinchlikni saqlashda, insonlar hayotidagi muammolarni bartaraf etishda salmoqli hissa qo‘shib kelmoqda. Zero Birlashgan Millatlar Tashkilotining XIX ta boblaridagi 111 ta moddalarining barchalari ham yer yuzida xalqlararo tinchlik va xavfsizlikni barpo etish bilan yo‘g‘irilgan.

 

BMT Ustavida ta’kidlangan xalqaro tinchlik va xavfsizlikni barpo etishda O‘zbekiston Respublikasining hissasi beqiyos va betakror.

Jannatmakon yurtimiz tinchligi, muqaddas Vatanimiz ravnaqi, dono xalqimiz salomatligi va farovonligi, muborak dinimiz kamoloti va masjidu madrasalarimiz obodligi uchun muhtaram Prezidentimiz rahnamoliklarida  hukumatimiz,  Diniy idoramiz rahbariyati tomonlaridan oqilona olib borilayotgan xayrli, savobli ishlarni amalga oshirish maqsadida viloyatlarimiz rahbarlari hamda shahar, tuman rahbarlarining boshchiliklarida istiqlolimiz sharofati bilan mehnatkash xalqimiz ko‘p ishlarni amalga oshirdi va shu olijanob islohotlar hali hamon bajarilib kelinmoqda. Bunga dunyo tan bermoqda...

Ibrohimjon INOMOV

MAQOLA
Boshqa maqolalar
Maqolalar

TAOMLANISH SIRLARI (6-qism)

4.03.2025   1600   7 min.
TAOMLANISH SIRLARI (6-qism)

TAOMLANISH  SIRLARI (7 qismdan iborat)ni

ULUG‘  USTOZ  ULAMOLARIMIZ  bayon  qilib  berganlar: 

     (6-qism)

DASTURXON  ATROFIDA

  1. olijanob tarbiya ko‘rgan, o‘zining hurmatini va o‘z qadr-qimmatini bilgan aqlli yoshlar ulug‘lar (ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odam)ga mehr bilan, ziyraklik bilan, iltifot ila xizmat qiladilar;
  2. olijanob tarbiya ko‘rgan, o‘zining hurmatini va o‘z qadr-qimmatini bilgan aqlli farzandlar ham ota-onalariga alohida mehr bilan, ziyraklik bilan, iltifot ila xizmat qiladilar;
  3. ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlardan oldin dasturxondagi taomga, ovqatga qo‘l uzatilmaydi;
  4. ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar dasturxondagi taomga qo‘l uzatmaguncha, boshqalar kutib turishadi;
  5. ko‘pchilik bo‘lib ovqatlanganda taomga kattalardan oldin qo‘l uzatmaslik;
  6. ular ham o‘z navbatida boshqalarni mahtal qilib qo‘ymasliklari zarur;
  7. yeb-ichishni «Bismillohir rahmonir rahim» bilan boshlash;
  8. boshqalarning ham esiga tushishi uchun sal balandroq ovoz bilan aytiladi;
  9. bosh kiyim bilan ovqatlanish;
  10. dasturxonga keltirilgan taomning aybi izlanmaydi;
  11. ovqatni turib, yotib, biror narsaga suyanib yoki yurib yeyilmaydi;
  12. yonidagi ovqatlanayotgan kishilarga nazar solmaslik;
  13. yon-atrofdagilarning ovqatlanishlarini kuzatmaslik;
  14. dasturxonga uzoq ham, yaqin ham o‘tirmaslik;
  15. umumiy sochiqcha bilan o‘z oldini to‘smaslik;
  16. obi-taomlarni isrof qilmaslik;
  17. nonni e’zozlash lozim;
  18. non uvol qilinmaydi;
  19. zarurat bo‘lmasa, non sindirilavermaydi;
  20. nonni xizmatga qo‘ymaslik (masalan, ustida go‘sht maydalash, idish-tovoqlarni artish va hokazo);
  21. odobli odam dasturxonga tortilgan taomning aybini topib, kamsitmaydi;
  22. dasturxon atrofida jim, xomush o‘tirish chiroyli emas;
  23. og‘izda taom bilan so‘zlash mumkin emas;
  24. luqma yeb turgan odamga savol berish joiz emas;
  25. mabodo dasturxon atrofida turli xil bemor odamlar sherik bo‘lib qolsa, ulardan hazar qilinmaydi;
  26. taomning yaxshi, sarxil, lazzatli joyini yoshi ulug‘larga yoki yondagi sheriklarga tutilsa, in’om-ehson qilingan bo‘ladi;
  27. dasturxon atrofida ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlarga taomning yaxshi, sarxil, lazzatli joylarini in’om-ehson qilish lozim;
  28. dasturxon atrofida ehsonni oldin ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar, yoshi ulug‘larga, keyin o‘ng tomon, undan keyin chap tomondagi odamga iltifot etiladi;
  29. agar mabodo ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar o‘z taomlarini yo boshqa biror obi-taom ilinsalar, darhol minnatdorchilik izhor etib, ularning qo‘llarini qaytarmay, so‘zlarini ikki qilmay, gaplarini yerda qoldirmasdan, o‘z xursandchiligini ifoda etiladi;
  30. so‘ngra ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar o‘z taomlarini yo ilingan boshqa biror obi-taomlarini mamnuniyat bilan, boshqa hech kimga bermasdan “Katta rahmat!”, “Uyalib, so‘raolmay turgan edim...”, “Sizniki – tabarruk!”, “Biz ham Sizga o‘xshab yuraylik!”, “Sizning yo‘lingizni bersin bizga ham!”, “Biz ham Sizning yoshingizga yetaylik!” degan yoqimli gaplar bilan hurmat bilan qabul qilib, tanovul qilishi chiroyli odob va katta ehtirom sanaladi. Bordi-yu uchinchi odam o‘zi iltimos qilib so‘rasa, iltimosi rad etilmaydi;
  31. qorin ochgandagina ovqat yemoq;
  32. agar luqma tushib ketsa, tozalanib keyin yeyiladi;
  33. dasturxonning hamma tomoniga uzanavermasdan, taomni oldidan, luqmani kichik olish odobdandir;
  34. og‘izda luqma bo‘lsa, gapirmagan yaxshi;
  35. boshqalarning luqmalariga qaramaslik;
  36. ko‘ngilni qoldiradigan harakatlar qilmaslik;
  37. qahqaha otib kulmaslik;
  38. ovqatlanish paytida og‘izni chapillatmaslik;
  39. og‘izni to‘ldirib ovqatlanmaslik;
  40. dasturxon atrofida burun qoqmaslik kerak;
  41. ovqatni xotirjam holda o‘tirib iste’mol qilish lozim;
  42. ovqatni yaxshilab chaynab, so‘ngra yutish;
  43. og‘izga solingan bir bo‘lak taomni yutmasdan turib, ikkinchi bo‘lakni og‘izga solmaslik;
  44. nonni tishlab emas, balki qo‘lda mayda bo‘laklarga bo‘lib iste’mol qilish;
  45. ovqatlanish vaqtida atrofdagilarning idishiga nazar tashlamaslik;
  46. tortilgan taomni imkon qadar oxirigacha iste’mol qilish;
  47. kim bilandir so‘zlashmoqchi bo‘lsa ham, yonidagi odamga orqa o‘girmaslik. Mabodo shunday qilish o‘ta zarur bo‘lib qolsa, u odamdan kechirim so‘rash lozim;
  48. aksirgisi kelganida yo yo‘tal tutganida, tezlik bilan orqasiga o‘girilmog‘i;
  49. odamga, dasturxonga, undagi non va ovqatga qarab zinhor aksirmaslik, yo‘talmaslik;
  50. agar biror narsani og‘izdan chiqarish zaruriyati bo‘lsa, dasturxondan teskari o‘girilib, chap qo‘lda uni olib tashlash;
  51. aksa urish, yo‘talish yoki og‘izdan biror narsani olish uchun o‘girilganda chap tomondan orqaga o‘giriladi. Agar chap tomonida ota-ona, ustoz, rahbar, o‘zidan yoshi katta, ulug‘ inson, tabarruk odamlar, yoshi ulug‘ insonlar bo‘lishsa, o‘ng tomondan o‘girilish mumkin;
  52. dasturxon atrofida o‘zgalarning nafratini va ijirg‘anishini qo‘zg‘ovchi qiliqlarni qilishdan tiyilish kerak;
  53. taomni oz-ozdan olish ham odobdan sanaladi;
  54. ko‘ngilni aynitadigan taomlar va ishlar haqida gapirmaslik;
  55. nonni ikki qo‘li bilan bo‘lishlik, ushatishlik. Bir qo‘l bilan bo‘lish, ushatishdan saqlanish lozim, chunki bu kibrlilik alomati hisoblanadi;
  56. non iste’mol qilishda sindirilgan nonni olib, katta-kichikligiga qarab, undan o‘ziga yarmini yo kamrog‘ini sindirib oladi. So‘ng o‘zining bo‘lagidan ham sindirib olib iste’mol qilinadi;
  57. non ustiga tuzdon, kosa, tovoq, qoshiq, pichoq kabi narsalarni qo‘ymaslik;
  58. nonning hech bir bo‘lagini otmaslik;
  59. shoshmasdan ovqatlanishlik;
  60. dasturxon atrofida baland ovoz bilan gaplashmaslik;
  61. agar kishi keltirilgan taomda o‘z sog‘ligiga zarar qiladigan yo o‘zi uncha yoqtirmaydigan bir narsa bor bo‘lsa, gapni ko‘paytirmasdan, shirin til va ochiq chehra bilan «meni ozgina uzurim bor edi-da... Parhez qilmay ilojim yo‘q. Uzr so‘rayman! Sizlarga osh bo‘lsin! Tortinmasdan bemalol olinglar! Osh bo‘lsin!» demog‘i lozim;
  62. ovqatlanayotganda sukut qilmasdan, ovqat mahali solih va olim zotlarning purma’no, ibratli so‘zlaridan gaplashish lozim;
  63. dasturxon atrofida o‘z xastalarini so‘zlamaslik;
  64. dasturxon atrofida yastanib, yalpayib o‘tirmaslik;
  65. kirib kelgan odamni birga taom yemoqlikka chorlashlik kerak;
  66. taom yeyayotganda o‘z oldidan olib yemoqlik;
  67. bordi-yu, meva, tuz, suv bo‘lsa, unda ixtiyorlidir;
  68. taomni har doim bir chetidan o‘z oldidan olib yeyish, zinhor o‘rtasidan boshlab yemaslik;
  69. agar po‘stli yoki danakli mevalar iste’mol qilinsa, ularning po‘stlog‘i va danagi dasturxonning bir chetiga qo‘yiladi yoki maxsus idishga tashlanadi. Agar davra tang bo‘lib, mevaning po‘stloq yoki danaklarini tashlash imkoni bo‘lmasa, salfetka yoki lattaga o‘rab, kishilar ko‘ziga tushmaydigan joyga, bir chetga qo‘yiladi. Agar o‘rashga narsa topolmasa, chap qo‘lida saqlaydi;
  70. ovqat yeyayotganda barcha taomlanayotgan do‘stu yorlarning yuzlariga hadeb qarayvermaslik;
  71. mabodo tez to‘yib qolgudek bo‘lsa, boshqalar uyalib qolib yemay qo‘ymasliklari uchun kam-kam yeb turish va yo yeyayotganday bo‘lib o‘tirishlik;
  72. hamma ovqatlanib bo‘lmasidan o‘rnidan turib ketmaslik;
  73. do‘st, birodarlarga, mehmonlarga uch marta «Qani, marhamat!.. Marhamat!.. Olsinlar!.. Dasturxonga marhamat!..» deyilgandan keyin ham yeyishmasa, ularni majburlamaslik.

(6 – qism tugadi. Davomi bor...). 

Ibrohimjon domla Inomov

Maqolalar