Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Mart, 2025   |   5 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:33
Quyosh
06:51
Peshin
12:39
Asr
16:33
Shom
18:21
Xufton
19:34
Bismillah
05 Mart, 2025, 5 Ramazon, 1446
Videolar

Yakka yolg‘iz shaxslarga mehr ulashildi

2.03.2025   6353   1 min.

Bugun, 2 mart kuni Ramazon oyi munosabati bilan xayr-saxovat ishlari uyushtirildi. 

Muhtaram Prezidentimizning "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga binoan bu yilgi qutlug‘ oy "Ramazon - saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi" shiori ostida o‘tkazilyapti. 

Namangan viloyati hokimligi hamda Namangan viloyati bosh imom-xatib Musoxon domla Abbosiddinov boshchiligida Davlatabod tumanida nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan,  ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘zga din vakillariga muruvvat ko‘rsatildi.

Davlatabod tumanida yashayotgan rus, koreys, o‘zbek va tatar millatiga mansub muhtoj kishilar holidan xabar olindi

Zotan, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alahyi va sallam ham bag‘rikenglik tamoyiliga amal qilganlar. U zot o‘zga yurt va din vakillari, ya’ni Habashistondan kelgan nasroniy mehmonlarni masjidlariga taklif qilib: “Ular bizning do‘stlarimizni hurmat qilgan edilar. Men ham ularni izzat-ikrom qilishni xush ko‘raman”, deb shaxsan o‘zlari ularga xizmat qilganlari tarixdan ma’lum. Bu xayrli ishlar Islomning naqadar bag‘rikeng din ekanini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Yakka yolg‘iz shaxslarga mehr ulashildi Yakka yolg‘iz shaxslarga mehr ulashildi Yakka yolg‘iz shaxslarga mehr ulashildi Yakka yolg‘iz shaxslarga mehr ulashildi Yakka yolg‘iz shaxslarga mehr ulashildi Yakka yolg‘iz shaxslarga mehr ulashildi Yakka yolg‘iz shaxslarga mehr ulashildi
VIDEO
Boshqa maqolalar

Saharlikning oxirgi vaqti qachon?

5.03.2025   989   2 min.
Saharlikning oxirgi vaqti qachon?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.


Savol: Saharlik qilish qanday amal?

Javob: Saharlik qilish mustahab amaldir. Saharlik qila olmagan kishi subhi sodiqdan to quyosh botguncha hech narsa yeb-ichmasdan ro‘za tutsa, ro‘zasi durust bo‘laveradi. Ramazon ro‘zasi bo‘lsa ham, nafl ro‘za bo‘lsa ham.


Savol: Bilmay subhi sodiqdan keyin taomlansa, ro‘za durust bo‘laveradimi?

Javob: Yo‘q, durust bo‘lmaydi. Ro‘za subhi sodiqdan quyosh botguncha Alloh taologa qurbat hosil qilish niyatida yeb-ichish va jimo’ qilishni tark qilishdir. Kishi hali subhi sodiq kirmadi, degan o‘yda saharlik qilsayu, subhi sodiq kirib bo‘lgan bo‘lsa yoki quyosh botib bo‘ldi, degan xayolda iftorlik qilib yuborsayu, quyosh hali botmagan bo‘lsa, uning zimmasiga o‘sha kun ro‘zasining qazosi lozim bo‘ladi, kafforat emas.


Savol: Saharlikning oxirgi vaqti qachon?

Javob: Subhi sodiq kirishi bilan saharlik vaqti tugab, ro‘za vaqti boshlanadi. Ikkisining o‘rtasini ajratib turadigan uchinchi bir vaqt yo‘q. Saharlik o‘z vaqtida bo‘lgani afzal. Lekin subhi sodiq kirgan-kirmagani borasida ikkilanadigan darajada kechiktirish makruh.


Savol: Xalq orasida yuradigan «oq ip bilan qora ip ajramaguncha», «kesak otsa ko‘rinmaguncha saharlik qilsa bo‘ladi» degan gaplar to‘g‘rimi?

Javob: Oyati karimada saharlik borasida kelgan «oq ip bilan qora ip» jumlasida odamlar o‘ylaganidek haqiqiy oq va qora iplar emas, balki «kun bilan tun» nazarda tutilgan. Bir sahobiy bu haqda so‘raganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oyatdagi oq va qora ipdan murod haqiqiy oq va qora ip emas, balki kun bilan tun ekanini aytganlar.

Kesak otsa ko‘rinish-ko‘rinmasligi tunning yorug‘ yoki qorong‘uligiga bog‘liq. Lekin hozirgi kundagidek barcha joyda elektr chiroqlar, soatlar mavjud zamonda subhi sodiq kirgan-kirmaganini bu kabi yo‘llar bilan aniqlash to‘g‘ri natija bermaydi.

«Mo‘minning qalqoni» kitobidan