Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Mart, 2025   |   4 Ramazon, 1446

Toshkent shahri
Tong
05:35
Quyosh
06:53
Peshin
12:40
Asr
16:32
Shom
18:20
Xufton
19:33
Bismillah
04 Mart, 2025, 4 Ramazon, 1446
Videolar

Yakka yolg‘iz shaxslarga mehr ulashildi

2.03.2025   5999   1 min.

Bugun, 2 mart kuni Ramazon oyi munosabati bilan xayr-saxovat ishlari uyushtirildi. 

Muhtaram Prezidentimizning "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga binoan bu yilgi qutlug‘ oy "Ramazon - saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi" shiori ostida o‘tkazilyapti. 

Namangan viloyati hokimligi hamda Namangan viloyati bosh imom-xatib Musoxon domla Abbosiddinov boshchiligida Davlatabod tumanida nogiron, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta’minlangan,  ijtimoiy himoyaga muhtoj o‘zga din vakillariga muruvvat ko‘rsatildi.

Davlatabod tumanida yashayotgan rus, koreys, o‘zbek va tatar millatiga mansub muhtoj kishilar holidan xabar olindi

Zotan, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alahyi va sallam ham bag‘rikenglik tamoyiliga amal qilganlar. U zot o‘zga yurt va din vakillari, ya’ni Habashistondan kelgan nasroniy mehmonlarni masjidlariga taklif qilib: “Ular bizning do‘stlarimizni hurmat qilgan edilar. Men ham ularni izzat-ikrom qilishni xush ko‘raman”, deb shaxsan o‘zlari ularga xizmat qilganlari tarixdan ma’lum. Bu xayrli ishlar Islomning naqadar bag‘rikeng din ekanini ko‘rsatadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

Yakka yolg‘iz shaxslarga mehr ulashildi Yakka yolg‘iz shaxslarga mehr ulashildi Yakka yolg‘iz shaxslarga mehr ulashildi Yakka yolg‘iz shaxslarga mehr ulashildi Yakka yolg‘iz shaxslarga mehr ulashildi Yakka yolg‘iz shaxslarga mehr ulashildi Yakka yolg‘iz shaxslarga mehr ulashildi
VIDEO
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Turkiya telekanallarining Ramazon dasturlarida O‘zbekiston ziyorat turizmi targ‘ib etilmoqda

4.03.2025   1071   1 min.
Turkiya telekanallarining Ramazon dasturlarida O‘zbekiston ziyorat turizmi targ‘ib etilmoqda

Turkiyaning "TRT-Avaz" va "Samarqand-TV" telekanallarining muborak Ramazon oyi uchun mo‘ljallangan dasturlarida O‘zbekiston tarixiy shaharlari haqidagi ko‘rsatuvlar namoyish etilyapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
 

Mazkur telekanallarning muborak Ramazon dasturlari uchun aynan O‘zbekistonni tanlagani bejiz emas. Chunki, turk xalqi mamlakatimizni "Ota yurt" deya e’zozlaydi, mushtarak milliy va diniy qadriyatlarimizning asoslarini Movarounnahrda deb biladi.

 

"TRT-Avaz" tekanalida namoyish etilayotgan "Turkistonda so‘zning mohiyati", "Samarqand-TV"da taqdim etayotgan "Saharlik majlisi" va "Iftordan avval" dasturlari butun Ramazon oyi davomida "praym-taym" vaqtida efirga uzatilayotgani e’tiborga molikdir.

 

Qayd etish kerakki, dasturlar davomida mamlakatimizning tarixiy va muqaddas diniy qadamjolari, Movarounnahrda yetishib chiqqan islom olamidagi mashhur olimlar, shuningdek, so‘nggi yillarda yurtimizdagi qadimiy ziyoratgohlarni asrab-avaylash va obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlar teletomoshabinlar e’tiboriga taqdim etilyapti.

 

Mazkur teleloyihalar mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyatini targ‘ib qilish va yurtimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari