Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Aprel, 2025   |   4 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:44
Quyosh
06:05
Peshin
12:32
Asr
16:57
Shom
18:52
Xufton
20:07
Bismillah
02 Aprel, 2025, 4 Shavvol, 1446
Yangiliklar

03.03.2025   6161   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Yil bo‘yi ro‘zador bo‘lishni istasangiz

24.03.2025   5388   1 min.
Yil bo‘yi ro‘zador bo‘lishni istasangiz

Bismillahir Rohmanir Rohiym

من صام رمضان ثم أتبعه بست من شوال كان كصوم الدهر

Abu Ayyub Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ramazon ro‘zasini tutib, ketidan Shavvoldan olti kun ro‘za tutsa, yil bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘ladi”, dedilar (Imom Muslim rivoyati).

Ramazon ro‘zasi o‘ttiz kunining o‘n barobari o‘n oy (300 kun), Shavvol oyining olti kun ro‘zasi esa (60 kun) ikki oy bo‘ladi. Jami 360 kun (bir yil)ni tashkil etadi. Natijada, kishi butun yil bo‘yi ro‘za tutgandek bo‘ladi. Alloh taolo Qur’oni karimda bunday marhamat qiladi: “Kimki (bir) hasana (savobli ish) qilsa, unga o‘n barobar (ko‘paytirib yozilur)(An’om” surasi, 160-oyat).

عن ابن عمر رضي الله عنهما أن رسول الله صلَّ الله عليه وسلم قال من صام رمضان واتبعه ستاً من شوال خرج من ذنوبه كيوم ولدته

Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim Ramazon ro‘zasini tutib, ortidan Shavvol oyida olti kun ro‘za tutsa, huddi onadan tug‘ilgandek gunohlardan forig‘ bo‘ladi”, deganlar (Imom Tabaroniy rivoyati).

Ulamolar: "Shavvol oyi ro‘zasini oy boshida ketma-ket olti kun yoki oy davomida bo‘lib-bo‘lib tutish ham joiz", deganlar. Imom Ahmad rahmatullohi alayh aytadi: “Shavvol oyi ro‘zasi ketma-ket olti kun tutilsa ham, bo‘lib-bo‘lib tutilsa ham fazilati tengdir”.

Allohim, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashimizga tavfiq ato et!

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar