Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Avgust, 2025   |   10 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:49
Quyosh
05:21
Peshin
12:34
Asr
17:30
Shom
19:41
Xufton
21:05
Bismillah
04 Avgust, 2025, 10 Safar, 1447

Tadqiqotlar Payg'ambar alayhissalom sunnatlariga ergashishning foydalarini isbotladi

12.03.2024   593   5 min.
Tadqiqotlar Payg'ambar alayhissalom sunnatlariga ergashishning foydalarini isbotladi

Ma'lumki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning payg'ambarlik vazifalaridan biri insonlarning axloqlarini komillikka etkazishdan ham iborat. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam: “Albatta men karamli xulqlarni kamolga etkazish uchun yuborildim”,  deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Zamonaviy tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning axloqlariga ergashish nafaqat narigi dunyoda, balki mana shu dunyo hayotida ham foyda keltiradi.

Los-Anjelesdagi UCLA universiteti mutaxassislari yaxshi xulq-atvor inson umrini uzaytirishini ilmiy jihatdan isbotladi. “Bedari” fondining 20 million dollarlik granti hisobidan moliyalashtirilgan ilmiy dastur muallifi janob Fessler bu masalada jiddiy tadqiqot ishlarini olib bordi.

Ma'lumki, yaxshi xulq-atvor bizning fikrlarimiz, his-tuyg'ularimiz va e'tiqodimizda namoyon bo'ladi. Ilmiy loyiha doirasida antropologlar odamlarda mehr-oqibat xususiyatlari irsiy yo'l bilan qanday o'tishini, sotsiologlar g'azablangan odamlarni ijobiy his-tuyg'ularga qanday yo'naltirish mumkinligini, psixologlar esa yaxshi kayfiyat ruhiyatga qanday ta'sir qilishini va depressiya alomatlarini kamaytirishni o'rganishdi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra, olimlar tomonidan qilingan xulosa shuni ko'rsatadiki, mehribonlik, xayrixohlik, muloyimlik, yaxshi so'zlilik hayot sifatiga va uning davomiyligiga ta'sir qiladi. Go'zal axloqli insonning umri nisbatan uzoq bo'lishi tadqiqotda aniqlandi.

Aytish kerakki, go'zal axloq islom dinining asosidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Mo'minlarning iymoni eng mukammali xulqi go'zal bo'lganlaridir”, deganlar (Imom Termiziy rivoyati).

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan: “Badbaxtlik nima”, deb so'rashdi. U zot: “Yomon xulq”, deb javob berdilar (Imom Ahmad rivoyati).  

Yana bir hadisi sharifda: Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Sizlarning menga eng mahbubingiz, Qiyomat kuni menga eng yaqin o'tiradiganingiz husni xulqligingizdir. Sizlarning menga eng yoqmaydiganingiz, Qiyomat kuni mendan eng uzoq o'tiradiganingiz sergap, tili uzun va mutafayqihingizdir”, dedilar. “Ey Allohning Rasuli, sergap va tili uzunni bilamiz, mutafayqihlar kimlar?”, deyishdi. “Mutakabbirlar”, dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Payg'ambar alayhissalom aytdilar: “Albatta, odamlarga go'zal xulqdan afzalroq narsa berilmagan” (Imom Tabaroniy rivoyati).

Boshqa bir hadisda, sizlarning orangizda menga suyuklirog'ingiz va Qiyomat kunida menga yaqinroq bo'ladiganingiz axloqi go'zallaringizdir, deyilgan (Imom Tabaroniy rivoyati).

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Ey Alloh, xilqatimni go'zal qilganingdek, xulqimni ham go'zal qilgin”, deb duo qilardilar (Imom Ahmad rivoyati).

Yaxshi xulq insonning eng qimmatli fazilati bo'lib, uning sharofati bilan jamiyat ko'z oldida haqiqiy mard, manfaatli odam namoyon bo'ladi. Alloh taolo Payg'ambarimiz Muhammad alayhissalomga ko'p fazilatlarni ato etgan, biroq U zot o'z Rasulining go'zal xulqlarini boshqalaridan ko'ra ko'proq maqtagan: Albatta, siz ulug' Hulq ustidadirsiz”(Qalam surasi 4-oyati).  

Shu bilan birga, Payg'ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamning fe'l-atvori barcha oldingi payg'ambarlarning oliyjanob fazilatlarini, Nuh alayhissalomning shukrini, Ibrohim alayhissalomning do'stligini, Muso alayhissalomning samimiyligini, Ismoil alayhissalomning sodiqligini, Ayyub va Yoqub alayhumussalomning sabr-toqatini, Dovud alayhissalomning odamlardan behojatligini, Sulaymon alayhissalomning hayosini, Iso alayhissalomning zohidligini hamda boshqa barcha payg'ambarlarning axloqiy fazilatlarini o'zida mujassam etgan.

G'ulom domla JUMANOV,

Jizzax viloyati G'allaorol tumani

bosh imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bir kunda mingta yaxshilik

04.08.2025   874   1 min.
Bir kunda mingta yaxshilik

Bismillahir Rohmanir Rohiym

 

حدثنا العباس بن محمد الدوري  نا يعلى نا موسى  عن مصعب بن سعد  عن أبيه سعد بن مالك قال: كنا جلوسا عند رسول الله صلى الله عليه وعلى آله وسلم فقال: ”أيعجز أحدكم أن يكسب في اليوم ألف حسنة“. قال: فسأله سائل من جلسائه: كيف يكسب أحدنا يا رسول الله كل يوم ألف حسنة  قال: ”يسبح مائة تسبيحة يكتب له ألف حسنة  أو يحط عنه ألف خطيئة.


Mus’ab ibn Sa’d otasi Sa’d ibn Molikdan rivoyat qiladi: “Rasululloh sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallamning huzurlarida o‘tirgan edik.

Shunda u zot: “Sizlardan biringiz bir kunda mingta yaxshilik qilishga ojizmi?” dedilar.

U zot bilan birga o‘tirganlardan biri: “Yo Allohning Rasuli, qanday qilib har birimiz bir kunda mingtadan yaxshilik qila olishimiz mumkin?” deb so‘radi.

“Yuzta tasbeh (“Subhanalloh” deb) aytsa, unga mingta savob yoziladi yoki undan mingta xato o‘chiriladi”, dedilar.

 

Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi

 

Maqolalar