frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Aziz yurtdoshlar! Sizlarni noqonuniy “turfirma”  yoki “turagent”lardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz! 

06.03.2025   4498   1 min.
Aziz yurtdoshlar! Sizlarni noqonuniy “turfirma”  yoki “turagent”lardan ogoh bo‘lishga chaqiramiz! 

 

Litsenziya asosida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari orqali Umra safariga boring!

Batafsil videorolikda

Din ishlari boʻyicha qoʻmita 
Axborot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Londonda Bobur ijodiga bag‘ishlangan madaniy tadbir o‘tkazildi

21.10.2026   1913   1 min.
Londonda Bobur ijodiga bag‘ishlangan madaniy tadbir o‘tkazildi

Londondagi elchixonamiz tashabbusi bilan 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kunini nishonlash maqsadida Zahiriddin Muhammad Bobur ruboiylariga bag‘ishlangan “Bobur ruboiylari” (Bobur’s Rubaiyat) mavzusida vebinar tashkil etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.

Mazkur tadbir o‘zbek mumtoz adabiyoti va madaniy merosini xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilishga qaratildi.

Vebinarda britaniyalik mashhur shoir va tarjimon Endryu Staniland tomonidan Bobur ruboiylarining ingliz tilidagi tarjimalaridan namunalar o‘qib berildi.

Endryu Staniland Markaziy Osiyo xalqlari adabiy merosini ingliz tilida keng targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi. U buyuk o‘zbek shoir va mutafakkirlari Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulhamid Cho‘lpon, Mashrab, Nodira va Uvaysiy asarlarini ingliz tiliga tarjima qilgan.

Shuningdek, ishtirokchilar o‘rtasida shoir ijodi, ruboiylarda aks etgan hayotiy qarashlar, insoniy qadriyatlar va ularning bugungi kundagi ahamiyati yuzasidan jonli muhokama bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida buyuk shoir, mutafakkir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Boburning adabiy merosi, xususan, uning ruboiylari hamda ularning badiiy va ma’naviy ahamiyati yuzasidan fikr almashildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari