Sayt test holatida ishlamoqda!
12 May, 2025   |   14 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:34
Quyosh
05:08
Peshin
12:24
Asr
17:23
Shom
19:35
Xufton
21:03
Bismillah
12 May, 2025, 14 Zulqa`da, 1446
Yangiliklar

Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi

06.03.2025   9315   1 min.
Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi

“Yangi O‘zbekistonning fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” tashabbusi doirasida Respublikamiz hojilari ishtirokida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari qizg‘in davom etmoqda.


Aytib o‘tish joizki, o‘tgan to‘qqiz oy davomida o‘tkazilgan 72 ming 688 ta tadbir doirasida 445 437 nafar yurtdoshimiz qamrab olindi. Ular bilan tinchlik qadri, shukronalik, yoshlar tarbiyasi, illatlarga barham berish, ilm-ma’rifatga targ‘ib, yot g‘oyalarga qarshi kurashish mavzularida suhbatlar o‘tkazildi.


Ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari, moddiy yordamlar berildi.


Ushbu xayrli ishlarga jalb qilingan 11 mingdan ziyod hojilarning hissalari alohida bo‘lmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi Hojilar aholi orasida 72 mingdan ortiq tadbir o‘tkazdi
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Hamdardlik bildiramiz

03.05.2025   8657   1 min.
Hamdardlik bildiramiz

O‘zbekiston musulmonlari idorasi jamoasi taniqli ulamo Abduqahhor G‘afforov (Shoshiy)ning vafoti munosabati bilan chuqur ta’ziya izhor etadi. 
 

Alloh taolo marhum ulamoni O‘z mag‘firatiga olsin, imonlarini salomat qilsin, solih amallarini o‘zlariga hamroh etsin. Oxiratlarini obod etib, joylarini Firdavs jannatlaridan qilsin!


Ma’lumot o‘rnida Abduqahhor Shoshiy 1939 yili Toshkent shahridagi "Hazrati Imom" dahasida tug‘ilganlar. 1956-1960 yillari Buxorodagi “Mir Arab” madrasasida, 1965-1969 yillari Misrdagi “Al-Azhar” dorilfununida o‘qiganlar. So‘ng O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi xalqaro bo‘limi mudiri, “Mir Arab” madrasasi direktori, Toshkent Islom oliy ma’hadi rektori vazifalarida ishlaganlar. “Islom aqidasi”, “Islom arkonlari”, “Qur’oniy hikoyalar” kabi o‘nlab kitoblar muallifi va tarjimonlari sanaladi.  


Haq taolo marhum olimning ahli oilasi, farzandu arjumandlari va yaqinlariga chiroyli sabr berib, bu musibatlarini yaxshiliklar ila to‘ldirsin. Biz Buyuk Parvardigordan duo qilib so‘raymizki, marhum olimni o‘zining cheksiz rahmatiga olsin, jannat bog‘lariga doxil etsin.


Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.


«Musibat yetganda «Albatta, biz Allohnikimiz va albatta, biz Unga qaytuvchimiz», degan sabrlilarga xushxabar bering». 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

O'zbekiston yangiliklari