Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Iyul, 2025   |   28 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:32
Quyosh
05:10
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:53
Xufton
21:23
Bismillah
23 Iyul, 2025, 28 Muharram, 1447
Yangiliklar

Muborak oy shukuhi: "Mavlono" qabristonida ham hashar o‘tkazildi

10.03.2025   8744   1 min.
Muborak oy shukuhi:

Muhtaram Prezidentimizning "Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida"gi qaroriga binoan bu yilgi qutlug‘ oy "Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi" shiori ostida o‘tkazilmoqda.
 

Uning doirasida Namangan shahridagi "Mavlono" qabristonida tashkil etilgan xasharda mahallalar faollari, nuroniylar va yoshlardan iborat mingga yaqin fuqarolar ishtirok etishdi.


"Mavlaviy" ziyoratgohi oldida Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazzoqov viloyat bosh imom-xatibi Musoxon domla Abbosiddinov hamda bir guruh imomlar, nuroniylar bilan muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish, ezgu ishlarni davom ettirish mavzusida suhbatlashdi. 


Shuningdek, tadbir doirasida o‘tganlar xotirasi yodga olinib, ularning ruhiga Qur’on tilovot qilindi. Yurtimiz tinchligi va farovonligi yo‘lida qurbonlik so‘yilib, xayru saxovat ishlari amalga oshirildi. Manzarali daraxt ko‘chatlari ekilib, hudud yanada ko‘rkamlashtirildi. 


Bu kabi xayrli tadbirlar nafaqat marhumlarning ruhini shod etish, balki jamoatchilikni birlashtirish, avlodlar o‘rtasida mehr-oqibatni mustahkamlashga ham xizmat qiladi.

Namangan viloyati hokimligi
Axborot xizmati

Muborak oy shukuhi: Muborak oy shukuhi: Muborak oy shukuhi: Muborak oy shukuhi: Muborak oy shukuhi:
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Umrada sa’y qilmaslik

23.07.2025   1520   1 min.
Umrada sa’y qilmaslik

Savol: Umraga borgan kishi, yetti marta tavofni qilib bo‘lgach, toliqib qolib, Safo va Marva orasida sa’yni qilmay, mehmonxonaga ketib qolsa, nima qilishi lozim bo‘ladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu odam mehmonxonada biroz orom olgach, haramga qaytib, sa’yni qilishi vojib bo‘ladi. Chunki Safo va Marva orasida yetti marta sa’y qilish umraning vojiblaridan sanaladi. Shuning uchun umra qilayotgan odam tavofdan keyin sa’yni tugatmaguncha ehromdan chiqa olmaydi. Agar sa’ydan oldin sochini oldirib, ehromdan chiqqan bo‘lsa, o‘z vaqtidan oldin ehromdan chiqqani uchun, zimmasiga bir jonliq so‘yish vojib bo‘ladi. Shu bilan birga sa’yni qilishi ham lozim bo‘ladi. Agar keksa yoki bemorligi tufayli o‘zi yurishga qiynalsa, aravada sa’y qilsa ham joiz bo‘laveradi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.