Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Aprel, 2025   |   1 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:55
Quyosh
05:23
Peshin
12:25
Asr
17:15
Shom
19:21
Xufton
20:44
Bismillah
29 Aprel, 2025, 1 Zulqa`da, 1446
Yangiliklar

Qur’onni 12 soatda xatm qilgan 12-qoriya

18.03.2025   5967   1 min.
Qur’onni 12 soatda xatm qilgan 12-qoriya

Toshkent islom institutining 3-kurs qoriyasi Robiyaxon Muzaffarxonova 30 pora Qur’oni karimni bir kunda, 12 soat davomida yoddan o‘qib berdi.

Qur’oni karimni o‘qish jarayonini “Qur’on ilmlari” kafedrasi o‘qituvchilari Jahongir qori Ne’matov, Ahmadxon qori Rashidov, Valixon qori Azimboyev, Abdulbosit qori Qobilov, Robiya Najmiddinova va boshqa ustoz hamda talabalar kuzatib borishdi.

Toshkent islom instituti rektori, tarix fanlari nomzodi Uyg‘un domla G‘ofurov mazkur natijani e’tirof etib, ustozlarga g‘ayrat va shijoat tiladi. Qur’oni karimni 12 soatda yoddan o‘qib xatm qilgan Robiyaxon Muzaffarxonova noutbuk va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Ta’kidlash joizki, “Qur’on ilmlari” kafedrasi ustozlarining mehnati natijasida Toshkent Islom institutida Qur’oni karimni bir kunda to‘liq yoddan o‘qib berish an’anaga aylandi. Bugunga qadar bunday yutuqqa erishgan qoriya talabalar soni 12 nafarga yetdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Qur’onni 12 soatda xatm qilgan 12-qoriya Qur’onni 12 soatda xatm qilgan 12-qoriya Qur’onni 12 soatda xatm qilgan 12-qoriya Qur’onni 12 soatda xatm qilgan 12-qoriya
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Allohim, bu mening sadaqam

23.04.2025   4050   1 min.
Allohim, bu mening sadaqam

Bir ayol har safar o‘g‘illaridan birontasini xulqida yomon o‘zgarishni ko‘rsa, darrov sadaqa qilib taom tarqatar va ushbu: “Ularning mollaridan sadaqa ol. Bu bilan ularni poklaysan, tozalaysan va ularning haqqiga duo qil...” (Tavba surasi, 103-oyati)ni o‘qib duo qilarkan: “Allohim, ushbu sadaqam farzandimning axloqi poklanishi uchundir, chunki uning bu holi menga u kasal bo‘lib, xastalanganidan ko‘proq ta’sir qiladi, bezovta qiladi” der ekan.


Yana bir ayol bo‘lsa, kambag‘al edi, kunlik topganlariga kifoya qilarli kun kechirishardi. Shu sabab sadaqa qilishga hech narsa topolmasdi. Eri yoki o‘g‘li biron ayb, gunoh sodir qilishsa, kechasi turib namozida Baqara surasini zam qilib o‘qir va: “Allohim, bu mening sadaqamdir, uni mendan qabul et. Uni menga isloh qilib bergin”, deya duo qilardi.


Nima uchun vafot etgan inson dunyoga qaytish imkoni berilsa, sadaqani tanlaydi? Bu haqda Qur’oni karimda: «Va biringizga o‘lim kelib: Ey Robbim, agar mening o‘limimni yaqin muddatga orqaga sursang, bas, sadaqa qilib solihlardan bo‘lsam, demasdan avval Biz sizlarga rizq qilib bergan narsalardan nafaqa qiling» (Munofiqun surasi, 10-oyat), deb aytilgan.

Nima uchun “umra qilaman”, “namoz o‘qiyman” yoki “ro‘za tutaman” demaydi, balki “sadaqa qilaman” deydi?!

Ulamolar aytishadi: Vafot etgan kishi o‘limidan keyin sadaqani qay darajada foydasi, asari ulkan bo‘lishini ko‘rgani uchun ham shunday deydi.

Sadaqani ko‘paytiringlar, albatta mo‘min qiyomat kunida sadaqasining soyasi ostida bo‘ladi.