Sayt test holatida ishlamoqda!
06 May, 2025   |   8 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:43
Quyosh
05:14
Peshin
12:25
Asr
17:19
Shom
19:29
Xufton
20:54
Bismillah
06 May, 2025, 8 Zulqa`da, 1446

Imom-xatib va hojilar tomonidan aholi vakilliri qo‘llab-quvvatlanmoqda

18.03.2025   7269   1 min.
Imom-xatib va hojilar tomonidan aholi vakilliri qo‘llab-quvvatlanmoqda

Haj ibodatini ado etgan hojilarning “Yangi O‘zbekistonning fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” tashabbusi doirasidagi ezgu ishlar yurtimiz bo‘ylab keng quloch yoymoqda. Ramazon oyi sharifda o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy va amaliy tadbirlardan biri Marg‘ilon shahrida bo‘lib o‘tdi. Ushbu tadbirga O‘zbekiston musulmonlari idorasining Farg‘ona viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev boshchilik qildi.


Tadbir doirasida imom-xatiblar 124 ta oilaga kirib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot va amaliy yordam ko‘rsatdilar. Aholi bilan o‘tkazilgan muloqotlar davomida ehtiyojmand fuqarolarga ham moddiy, ham ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash ishlari amalga oshirildi.


“Robiya hoji ona” masjidi hududida yashovchi kam ta’minlangan oila uchun "Kirguli" mahallasida uch xonali uy qurilib, foydalanishga topshirildi. Bundan tashqari, “Imom Zahriddin” jome masjidi hududidagi xonadonda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida uy katta talafot ko‘rgan va oilaboshi vafot etganligi inobatga olinib, homiylar ko‘magida ushbu xonadon ham moddiy va ma’naviy jihatdan qo‘llab-quvvatlanib kelinayotgani e’tirof etildi.


Shuningdek, peshin namozidan so‘ng qilingan dolzarb mavzulardagi mav’izalar jamoat orasida katta taassurot qoldirdi. Hozirgina qilingan xayrli ishlar ma’naviy targ‘ibotning amaldagi namunasi ekanini yana bir bor ko‘rsatdi. 


Yakunda xatmi Qur’onlar yetkazilib, yurt ravnaqi va tinchligi, xotirjamlik va farovonligimiz barqaror bo‘lishini so‘rab duo qilindi.

Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Imom-xatib va hojilar tomonidan aholi vakilliri qo‘llab-quvvatlanmoqda Imom-xatib va hojilar tomonidan aholi vakilliri qo‘llab-quvvatlanmoqda Imom-xatib va hojilar tomonidan aholi vakilliri qo‘llab-quvvatlanmoqda Imom-xatib va hojilar tomonidan aholi vakilliri qo‘llab-quvvatlanmoqda Imom-xatib va hojilar tomonidan aholi vakilliri qo‘llab-quvvatlanmoqda Imom-xatib va hojilar tomonidan aholi vakilliri qo‘llab-quvvatlanmoqda Imom-xatib va hojilar tomonidan aholi vakilliri qo‘llab-quvvatlanmoqda Imom-xatib va hojilar tomonidan aholi vakilliri qo‘llab-quvvatlanmoqda
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi

02.05.2025   6584   2 min.
Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi

Kuni kecha S.Mirziyoyeva hamda Musulmon donishmandlar kengashi bosh kotibi Muhammad Abdusalom o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. (https://t.me/SShMirziyoyeva/2834) O‘zbekiston Prezidenti yordamchisi islom dini asosida yotgan umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni qo‘llab-quvvatlayotgani uchun mazkur xalqaro tashkilotga minnatdorlik bildirdi.

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva har yili o‘tkaziladigan Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofotining 2026 yilgi hakamlar hay’ati tarkibiga kiritilganidan benihoya mamnun ekanini izhor etdi.

«Faqat birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz bilan biz bu dunyoni yanada yaxshiroq qila olamiz», — deya ta’kidladi S.Mirziyoyeva.

Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti — dunyo taraqqiyotiga katta hissa qo‘shayotgan, inson huquqlari, tinchlik va adolat uchun kurashayotgan shaxslarga beriladigan, xalqaro darajada eng yuqori baholanadigan yuksak e’tiroflardan biridir.

Ushbu mukofot 2019 yilda Rim papasi Fransisk va Al-Azhar universiteti bosh imomi Ahmad At-Toyib o‘rtasida Abu-Dabida bo‘lib o‘tgan tarixiy uchrashuv sharafiga ta’sis etilgan bo‘lib, ular birgalikda insoniy birodarlik haqidagi hujjatni imzolagan edi.

BAA asoschisi marhum Shayx Zoid ibn Sulton Al-Nahayon nomi bilan ataladigan ushbu mukofot jamg‘armasi 1 million dollar bo‘lib, sovrin puli ijtimoiy muammolarga yechim topayotgan, tinchlik va birdamlikka hissa qo‘shayotgan shaxslar va tashkilotlar o‘rtasida taqsimlanadi.

Hakamlar hay’ati tarkibiga turli yillarda oliy martabali va nufuzli shaxslar kiritilgan, jumladan:

Doktor Uided Bushamaui, Janob Kaylash Satyartxi — tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti sohiblari; Katerin Samba-Panza — Markaziy Afrika Respublikasining sobiq prezidenti; Megavati Sukarnoputri — Indoneziyaning sobiq prezidenti; Irina Bokova — YUNЕSKOning sobiq bosh direktori; Rebeka Grinspan Mayufis xonim — BMTning Savdo va taraqqiyot bo‘yicha konferensiyasi (UNCTAD) bosh kotibi; Avraam Kuper — AQSHning Xalqaro diniy erkinlik bo‘yicha komissiyasi raisi.

2025 yildagi hakamlar hay’ati quyidagilardan iborat:

Makki Sall — Senegal va Afrika Ittifoqining sobiq prezidenti;
Xose Luis Rodriges Sapatero — Ispaniyaning sobiq bosh vaziri;
Ngozi Okonjo-Iveala — Jahon savdo tashkiloti bosh direktori;
Kardinal Piter Kudvo Appiah Turkson — Pontifik Fanlar akademiyasi va Pontifik Ijtimoiy fanlar akademiyasining maslahatchisi;
Patrisiya Skotland — Millatlar hamdo‘stligi bosh kotibi;
Muhammad Abdusalom — «Insoniy birodarlik» mukofoti bosh kotibi.

Saida Mirziyoyeva Shayx Zoid nomidagi «Insoniy birodarlik» nufuzli mukofotining xalqaro hakamlar hay’ati tarkibiga kiritildi
O'zbekiston yangiliklari