Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Avgust, 2025   |   8 Safar, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:46
Quyosh
05:19
Peshin
12:34
Asr
17:31
Shom
19:43
Xufton
21:09
Bismillah
02 Avgust, 2025, 8 Safar, 1447

Madrasa talabalari o‘rtasida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi

18.03.2025   9759   1 min.
Madrasa talabalari o‘rtasida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi

Shu yil 17 mart kuni “Sayyid Muhyiddin maxdum” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida mart oyi “Qur’oni karim va tajvid” fani oyligi munosabati bilan Qur’on musobaqasi bo‘lib o‘tdi. 


Musobaqa ikki bosqichda: madrasaning murattab va mujavvid qorilari ishtirokida o‘tkazildi. Ularning chiqishini Bilim yurtining mudarrislaridan iborat hakamlar hay’ati baholab bordi. 


Yakuniy natijalarga ko‘ra hifz yo‘nalishida:  

1-o‘rin 2-kurs talabasi Muhammadamin qori Olimjonov; 
2-o‘rin 1-kurs talabasi Dostonbek qori Sodiqov; 
3-o‘rin 2-kurs talabasi Abdurahmon qori Qamariddinovga nasib etdi. 


Tilovot yo‘nalishida esa:  
1-o‘rin 3-kurs 86-guruh talabasi Muhammadali qori Abdurahimov;
2-o‘rin 4-kurs 84-guruh talabasi Sultonbek qori Dudinov; 
3-o‘rin 4-kurs talabasi Abduqodir qori Muhammadaminov munosib deb topildi.


Musobaqa oxirida g‘olib va ishtirokchilarga homiylarnining qimmatbaho va esdalik sovg‘alari topshirildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Madrasa talabalari o‘rtasida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Madrasa talabalari o‘rtasida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Madrasa talabalari o‘rtasida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Madrasa talabalari o‘rtasida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Madrasa talabalari o‘rtasida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Madrasa talabalari o‘rtasida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Madrasa talabalari o‘rtasida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Madrasa talabalari o‘rtasida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Madrasa talabalari o‘rtasida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Madrasa talabalari o‘rtasida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Madrasa talabalari o‘rtasida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi Madrasa talabalari o‘rtasida Qur’on musobaqasi o‘tkazildi
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bu savol har doim qalbda tirik tursin!

01.08.2025   1815   1 min.
Bu savol har doim qalbda tirik tursin!

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Dunyoga muhabbatni ketkazish va oxirat g‘amini qalbda paydo qilishning yo‘li bor. Yigirma to‘rt soat ichidan ozgina vaqt ajrating, kechayu kunduzlarimiz g‘aflatda o‘tayotganini o‘ylang, o‘limni unutganimizni o‘ylang, hali Alloh taoloning huzurida hozir bo‘lishdan, buyuk hisob-kitobdan, jazo va mukofotdan g‘aflatda qolganimizni o‘ylang.

Shu narsalar haqida o‘ylashga vaqt ajrating, bir kunmas bir kun o‘laman, keyin Alloh taoloning huzurida qanday qilib hisob beraman? So‘rovlariga nima deb javob qilaman? deb o‘ylang. Shu o‘ylar har doim qalbda tirik tursin.

Agar kishi har kuni shu narsalarni fikrlab tursa, bor-yo‘g‘i bir necha haftada, inshaAlloh, dunyoga muhabbat qalbidan chiqib ketadi. Alloh taolo O‘zining rahmatidan barchamizga bu aytilganlarga amal qilish tavfiqini ato etsin, omin.

«Nasihatlar guldastasi» kitobidan

Maqolalar