Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Aprel, 2025   |   24 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:07
Quyosh
05:33
Peshin
12:27
Asr
17:11
Shom
19:14
Xufton
20:34
Bismillah
22 Aprel, 2025, 24 Shavvol, 1446
Yangiliklar

Namanganlik hojilar ishtirokida amaliy ishlar qilindi

19.03.2025   8789   1 min.
Namanganlik hojilar ishtirokida amaliy ishlar qilindi

Namangan viloyati bosh imom xatibi Musoxon domla Abbasiddinov boshchiligida Namangan tumanining Shodlik tantanalar majmuasida hamda Yangi Namangan tumanining “Hazrati Bilol“ jome masjidida yig‘ilishlar o‘tkazildi.

Viloyat vakilligi xodimlari,  tumanlar bosh imom-xatiblari hamda  "Haj – 2024" ziyoratchilari, mahalla ahli ishtirok etgan ma’rifiy tadbirlarda dinimiz jamiyatda yashayotgan insonlarni o‘zaro tinch-totuv, hamjihatlikda yashashga buyurishi, ular o‘rtasida mehr-oqibat, o‘zaro hurmatga chorlashi hayotiy misollar asosida aytib o‘tildi.

Shuningdek, Qur’oni karim, hadisi shariflarda ilm va hunarga targ‘ib qiluvchi ko‘rsatmalarni misol sifatida keltirib, har bir ota-ona farzandiga el-yurt uchun kerakli bo‘ladigan hunar va foydali ilmlarni ham o‘rgatishi lozimligi ta’kidlandi.

Bundan tashqari, yosh avlod ongiga ona yurtga muhabbat, tinch-osoyishta hayotimizni qadriga yetish hamda shukronalik tuyg‘ularini singdirish masalalariga urg‘u berildi.


Tadbirlarning amaliy qismida mas’ullar Yangi Namangan tumani masjidlari hududidagi mahallalarning bir necha xonadonlariga kirib, aholi vakillaridan hol-ahvol so‘rashdi. Ularning muammolari o‘rganildi. Taklif va fikr-mulohazalari tinglandi. Lozim bo‘lgan oilalarga moddiy-ma’naviy ko‘maklar ko‘satildi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Namanganlik hojilar ishtirokida amaliy ishlar qilindi Namanganlik hojilar ishtirokida amaliy ishlar qilindi Namanganlik hojilar ishtirokida amaliy ishlar qilindi Namanganlik hojilar ishtirokida amaliy ishlar qilindi Namanganlik hojilar ishtirokida amaliy ishlar qilindi Namanganlik hojilar ishtirokida amaliy ishlar qilindi
Boshqa maqolalar

Do‘stning aybiga ko‘z yumiladimi?

18.04.2025   6225   2 min.
Do‘stning aybiga ko‘z yumiladimi?

Do‘stingiz sizga ayblaringizni aytishi, siz esa hushyor tortib, o‘zingizni o‘nglab olishingiz naqadar go‘zal!
Shu sabab Umar ibn Xattob roziyallohu anhu: “Ayblarimni ko‘rsatib qo‘ygan kishiga Alloh rahm qilsin”, degan edilar.

Ulug‘lardan biri aytadi: “Har gal ko‘rishganingizda sizdan bir ayb topadigan birodaringiz, har safargi uchrashuvda qo‘lingizga bitta tillo tanga qistirib qo‘yadigan birodardan ko‘ra yaxshiroqdir”.

Darhaqiqat, ayblaringizni ko‘rsatib qo‘yadigan kishi sizni hadya va mol-dunyoga ko‘mib tashlaydigan kishidan yaxshiroqdir. 

Hotamul Asom aytadi: “Birodaringda birorta ayb ko‘rsang-u, uni berkitib, indamay qo‘yaverasang, shubhasiz, unga xiyonat qilibsan. Mabodo o‘zidan boshqaga aytadigan bo‘lsang, u holda g‘iybat qilibsan. Uning bu aybini yuziga solsang, do‘stligingni buzibsan. Shuning uchun ham unga yumshoqlik ila nasihat qil. Unga aybi nimada ekanini tushuntir. Biroq bu ishlarni odamlarning oldida qila ko‘rma!”.

Imom Shofe’iy aytadilar: “Birodariga maxfiy tarzda pand-nasihat qilgan kishi haqiqiy ma’noda nasihat qilibdi va uning obro‘sini saqlabdi. Kim birodariga oshkora (odamlarning oldida) nasihat qilsa, uni sharmanda qilibdi va obro‘sini to‘kibdi”.

Shoir aytadi:
Yolg‘iz paytim yomg‘ir ayla nasihating, 
Olamonda aslo bunday qila ko‘rma! 
Koyishdir ul jamoatda pand aytganing,
Quloq osmoqqa men hech rozi bo‘lmam!

Leonardo da Vinchi bunday degan: “Do‘stingga maxfiy holda tanbeh beravergin, biroq boshqalarning oldida uni maqtab qo‘y”.

Birodaringizning obro‘sini saqlang, zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: “Kim bir birodarining obro‘sini himoya qilsa, Alloh taolo qiyomat kuni o‘sha kishidan jahannam azobini daf qiladi” . 
O‘z-o‘zidan ma’lum bo‘ladiki, do‘stingizdan ayrilmaslik uchun uning ba’zi kamchiliklarini kechirishingizga to‘g‘ri keladi. 

Shoirlardan biri shunday degan edi:
Do‘stsiz yashamoqdan xavfsirab doim,
Yumib o‘taman kamu ko‘stiga ko‘zim.


Xolid ibn Safvondan “Birodarlaringiz orasida qay biri sizga mahbubroq?” – deb so‘rashganida, u kishi: “Qoqilishimni kechiradigan, kamchiliklarimni qabul qiladigan va xatolarimni berkitadigani”, deb javob bergan ekan. 

Suqrot aytadi: “Do‘sting uchun o‘zingni qurbon qilishing juda ham oson, biroq bu qurbonlikka tom ma’noda haqli bo‘lgan do‘stni topish anchayin mashaqqatdir”. 


Hasson Shamsiy Poshoning
“Jannat bo‘stonidagi oilaviy oqshomlar” 
nomli kitobidan
G‘iyosiddin Habibulloh, Ilhom Ohund, Abdulbosit Abdulvohid tarjimasi.