Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Iyul, 2025   |   27 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:31
Quyosh
05:09
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:54
Xufton
21:24
Bismillah
22 Iyul, 2025, 27 Muharram, 1447
Maqolalar

Bu yilgi Qadr kechasi qaysi kunlarga to‘g‘ri keladi?

20.03.2025   9646   1 min.
Bu yilgi Qadr kechasi qaysi kunlarga to‘g‘ri keladi?

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Laylatul qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kechasining toq (kecha)laridan izlanglar, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).


Qadr kechasining 1 soniyasi 23 soatdan afzal

1 daqiqasi 58 kundan afzal
1 soati 9 yilu 8 oydan afzal
1 kechasi 83 yilu 3 oydan afzal


Oisha onamiz roziyallohu anho aytadilar: Nabiy sollallohu alayhi vasallam (oxirgi) o‘n kunlik kirib kelsa belbog‘larini mahkam bog‘lardilar, kechalarini tiriltirar va ahllarini uyg‘otardilar(Imom Buxoriy rivoyati).


Bu yilgi ramazon oyining oxirgi toq kechalari:

21 kecha: 20 mart (payshanba)dan — 21 mart (juma)ga o‘tar kechasi;

23 kecha: 22 mart (shanba)dan — 23 mart (yakshanba)ga o‘tar kechasi;

25 kecha: 24 mart (dushanba)dan — 25 mart (seshanba)ga o‘tar kechasi;

27 kecha: 26 mart (chorshanba)dan — 27 mart (payshanba)ga o‘tar kechasi;

29 kecha: 28 mart (juma)dan — 29 mart (shanba)ga o‘tar kechasi.


Shunday ekan, ramazon oyining oxirgi 10 kunligida ko‘proq

- zikr va duo qiling;

- Qur’on tilovat qiling;

- nafl namozlarni ko‘paytiring;

- zakotingizni bering.

- Alloh taoloning mag‘firati va rahmatini so‘rang.

- har kuni xayr-ehson va sadaqa qiling;

- fitr sadaqasini bering!


Allohim barcha mo‘minlarga Ramazonning oxirgi o‘n kunligida Seni rozi qiladigan amallarni qilishga muvaffaq ayla va solih amallarimizni qabul et!

Davron NURMUHAMMAD

 

Ramazon
Boshqa maqolalar

Jannat ahli Jannatdagi uylarini qanday topadilar?

21.07.2025   1852   1 min.
Jannat ahli Jannatdagi uylarini qanday topadilar?

Alloh taolo aytadi: "Ularni (Allohning) O‘zi ularga tanitgan jannatga kiritur" (Muhammad surasi, 6-oyat).


Imom Tabariy rahimahulloh: "Jannat ahli jannatdagi uylarini tanib olishadi. Hatto bir kishi jannatda o‘z uyiga dunyodagi uyiga kelgani kabi borib oladi", dedi. 


Ibn Kasir rahmatullohi alayhi: "Ya’ni, ular jannatda o‘z manzillarini oson topadilar", dedi.


Imom Qurtubiy rahimahulloh: "Bu oyat mo‘minlarga berilgan ulug‘ bir mujdadir. Chunki dunyoda ular sabr qildilar, iymonlarini mustahkam tutdilar. Endi jannatda o‘z makonlarini Allohning hidoyati bilan osongina topadilar. Bu Allohning ularga lutfidir", dedi.


Alloh taolo mo‘minlar va taqvodorlarni O‘zi ularga tavsiflab, ta’riflab bergan jannatga kiritadi. Bu jannat ular uchun avvaldan tayyorlangan va ular unda o‘z manzillarini xuddi dunyodagi uylarini bilgandek, osongina topadilar.