Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Aprel, 2025   |   4 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:44
Quyosh
06:05
Peshin
12:32
Asr
16:57
Shom
18:52
Xufton
20:07
Bismillah
02 Aprel, 2025, 4 Shavvol, 1446
Maqolalar

Bu yilgi Qadr kechasi qaysi kunlarga to‘g‘ri keladi?

20.03.2025   6403   1 min.
Bu yilgi Qadr kechasi qaysi kunlarga to‘g‘ri keladi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: Laylatul qadrni Ramazonning oxirgi o‘n kechasining toq (kecha)laridan izlanglar, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).


Qadr kechasining 1 soniyasi 23 soatdan afzal

1 daqiqasi 58 kundan afzal
1 soati 9 yilu 8 oydan afzal
1 kechasi 83 yilu 3 oydan afzal


Oisha onamiz roziyallohu anho aytadilar: Nabiy sollallohu alayhi vasallam (oxirgi) o‘n kunlik kirib kelsa belbog‘larini mahkam bog‘lardilar, kechalarini tiriltirar va ahllarini uyg‘otardilar(Imom Buxoriy rivoyati).


Bu yilgi ramazon oyining oxirgi toq kechalari:

21 kecha: 20 mart (payshanba)dan — 21 mart (juma)ga o‘tar kechasi;

23 kecha: 22 mart (shanba)dan — 23 mart (yakshanba)ga o‘tar kechasi;

25 kecha: 24 mart (dushanba)dan — 25 mart (seshanba)ga o‘tar kechasi;

27 kecha: 26 mart (chorshanba)dan — 27 mart (payshanba)ga o‘tar kechasi;

29 kecha: 28 mart (juma)dan — 29 mart (shanba)ga o‘tar kechasi.


Shunday ekan, ramazon oyining oxirgi 10 kunligida ko‘proq

- zikr va duo qiling;

- Qur’on tilovat qiling;

- nafl namozlarni ko‘paytiring;

- zakotingizni bering.

- Alloh taoloning mag‘firati va rahmatini so‘rang.

- har kuni xayr-ehson va sadaqa qiling;

- fitr sadaqasini bering!


Allohim barcha mo‘minlarga Ramazonning oxirgi o‘n kunligida Seni rozi qiladigan amallarni qilishga muvaffaq ayla va solih amallarimizni qabul et!

Davron NURMUHAMMAD

 

Ramazon
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

V mechetyax prazdnuyetsya Oraza ayt

02.04.2025   76   1 min.
V mechetyax prazdnuyetsya Oraza ayt

V mechetyax Kazaxstana prochitan prazdnichniy ayt-namaz, nachalis prazdnichnie meropriyatiya po sluchayu velikogo prazdnika musulman, peredayet muftyat.kz.
Predsedatel Duxovnogo upravleniya musulman Kazaxstana, Verxovniy muftiy Naurizbay kaji Taganuli posetil natsionalnie igri, organizovannie v Respublikanskoy glavnoy mecheti, i razdal sladosti detyam, prishedshim na prazdnik. Blagiye meropriyatiya, organizovannie po sluchayu velikogo prazdnika musulman, budut prodoljeni vo vsex mechetyax strani.

Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana

Dunyo yangiliklari