Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Aprel, 2025   |   18 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:18
Quyosh
05:42
Peshin
12:28
Asr
17:07
Shom
19:07
Xufton
20:26
Bismillah
16 Aprel, 2025, 18 Shavvol, 1446

Kim Laylatul Qadrni ibodat bilan o‘tkazsa

24.03.2025   4636   2 min.
Kim Laylatul Qadrni ibodat bilan o‘tkazsa

Vaqtimizning qanday tez o‘tib ketayotganini tasavvur qiling. Hayotimiz tez o‘tmoqda, ishlarimiz tugayveradi, amallarimiz oxiriga yetadi. Qarang, qanday qilib bu muborak oyning avvalgi o‘n kunligi o‘tdi, keyingi o‘n kunligi ham o‘tib ketdi! Allohga qasamki, kunlar va tunlar juda tez o‘tib ketmoqda!

Alloh taologa hamd bo‘lsinki, U bizni bu kunlarga yetkazdi. Bu kunlar – butun Ramazonning eng yaxshisi, bu kechalar esa eng ulug‘ kechalardir. Inson o‘ziga nazar tashlab, bugungi kunda qanday ahvolda ekanini ko‘rishi kerak. Ushbu o‘n kunlikka qanday kirdi? Oldingi kechalardagi ibodatini davom ettiryaptimi yoki tark qilib qo‘ydimi? Bu kechalarga ulug‘ zotlar ulkan ishtiyoq bilan intizor bo‘lishar, ularni qo‘msashar, har yili ularni kutishar edi.

Bu oy fazilatlarga boy. Bu oyda eng ulug‘ fazilat – oxirgi o‘n kunlikdir. Bu kunlar rahmat va barakotlar bilan to‘lgan. Eng oliy fazilat esa Laylatul-Qadrdir. Bu kechani o‘tkazib yubormaslik kerak. Barcha mo‘minlar bu kechada ulkan mukofotga erishish uchun harakat qilishlari lozim.
Hazrat Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning odatlari shunday ediki, Ramazon oyining oxirgi o‘n kunligiga yetib kelganlarida, ibodatga qattiqroq sho‘ng‘ib ketar edilar.

Barcha ibodatlar sabr talab qiladi. Alloh taolo aytadi:
"Albatta, sabr qilganlarga ajru mukofotlari cheksiz beriladi" (Zumar, 10).
Bu so‘nggi o‘n kunlikda ibodatga qattiqroq yopishib olish lozim. Har bir musulmon Ramazonning ilk kunlarida qanday ibodat qilgan bo‘lsa, so‘nggi kunlarda uni yanada oshirishi kerak.
Qadr kechasi Ramazonning eng ulug‘ kechasidir. Unda qilingan amal ming oylik ibodatga tengdir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam:
 

"Kim Laylatul-Qadrni ibodat bilan o‘tkazsa, uning oldingi gunohlari kechiriladi" deganlar (Imom Buxoriy, Imom Muslim).
Demak, bu kechani ibodat bilan o‘tkazish – ulkan baxt va imkoniyatdir.
Bu kunlar va kechalar – jannat eshiklari ochiladigan, gunohlar kechiriladigan, do‘zaxdan ozod bo‘lish uchun imkoniyat taqdim etadigan vaqtdir.
Shuning uchun, kim bu kunlardan foydalanmasa, uning yo‘qotgan narsasi juda katta bo‘ladi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: "Kim Ramazonga yetsa va gunohlari kechirilmasa, o‘sha odam haqiqiy baxtsizdir", deganlar.


Alloh taolo bizga bu kunlarni baraka bilan o‘tkazishni nasib qilsin va Laylatul-Qadrga yetib, uni ibodat bilan o‘tkazishga muvaffaq qilsin. 

Homidjon qori ISHMATBЕKOV

Boshqa maqolalar
Maqolalar

100 ta sirli ibora (2-qism)

14.04.2025   5954   6 min.
100 ta sirli ibora (2-qism)

100 ta SIR-ASRORLI IBORA

yoxud

ODAMLAR BILAN

MULOQOT (oila, uy, ishxona, jamoat joylari) DAGI

100 ta “SЕHRLI SO‘Z”ni

ULUG‘  USTOZ  ULAMOLARIMIZ  bayon  qilib  berganlar:

 

     (2-qism)

 

ULUG‘LARDAN   HIKMATLAR:

  1. «Sunnat ermish, kofir bo‘lsa, berma ozor,

Ko‘ngli qottig‘, dil ozordin Xudo bezor,

Alloh haqi, ondog‘ qulg‘a sijjin tayyor,

Donolardin eshitib, bu so‘z aydim mano».

(Hoja Ahmad Yassaviy)

 

  1. «Kimki bir ko‘ngli buzug‘ning xotirin shod aylagay,

Oncha borkim, Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay».

  •  

 

  1. «Agar bo‘lsang ipak kabi muloyim,

Muloyim sen bo‘lsang, quling bo‘layin.

Qulog‘imga bergan panding olayin,

Kishiga qattiq so‘z aytuvchi bo‘lma».

  1.  

 

  1. «Agar sen qiblaga burmasang yuzni,

Besh mahal sajdayu namozing bekor.

Jannatga hech qachon tikmagil ko‘zni

Agar bir mo‘minga yetkazsang ozor».

(Abdulla Oripov)

 

  1. «Makkaga yetti qat borgancha bo‘lur,

Boshini silasang o‘ksik insonni».

(Abdulla Oripov).

 

BMT  (Birlashgan Millatlar Tashkiloti)  MA’LUMOTLARI:

  • Eng qadimiy global tashkilot (1945 yildan keyin tashkil etilgan boshqa tashkilotlar bilan solishtirganda hali ham faoliyat yuritadi),

a’zo davlatlar soni bo‘yicha eng yirik xalqaro tashkilot,

dunyodagi barcha davlatlarni qamrab olgan dunyoning eng universal tashkiloti,

global e’tirof nuqtayi nazaridan eng nufuzli xalqaro tashkilot hisoblangan

Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy tillari 6 ta – ingliz, arab, ispan, xitoy, rus, fransuz.

 

  • “Inson huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi” – BMT Bosh Assambleyasining uchinchi sessiyasida 1948 yil 10 dekabrda 217 A (III)-sonli Qarori bilan qabul qilingan ("Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro Pakt") – BMTga a’zo barcha davlatlar uchun tavsiya etilgan hujjatdir.

Ushbu tarixiy hujjat 500 dan ortiq til va lahjalarga tarjima qilingan va Dunyodagi eng ko‘p tarjima qilingan hujjat sifatida “Ginnesning rekordlar kitobi”ga kiritilgan.

 

  • Ko‘p tillilikni targ‘ib qilish bo‘yicha sa’y-harakatlar doirasida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tashabbusi bilan “Xalqaro tillar yili” (2008 y.) va “Xalqaro mahalliy tillar yili” (2019 y.) o‘tkazildi.

 

  • 04 yanvar — Brayl yozuvi bo‘yicha Butunjahon kuni (A/RES/73/161);
  1. yanvar — Ta’lim bo‘yicha Xalqaro kun (A/RES/73/25);
  1. fevral — Ona tili bo‘yicha Xalqaro kun (A/RES/56/262);
  1. mart — BMTda fransuz tili kuni;
  1. aprel — BMTda xitoy tili kuni;
  1. aprel — BMTda ingliz tili kuni;

23 aprel — BMTda ispan tili kuni;

  1. may — Butunjahon portugal tili kuni (UNESCO);
  2. iyun — BMTda rus tili kuni;
  3. iyul — Suaxili tili bo‘yicha Butunjahon kuni (A/RES/78/312);
  4. centyabr — Savodxonlik bo‘yicha Xalqaro kun (UNESCO 14 C/Resolution 1.441);

09 centyabr — Ta’limni hujumlardan himoya qilish bo‘yicha Xalqaro kun (A/RES/74/275);

  1. centyabr — Ishora tillari bo‘yicha Xalqaro kun (A/RES/72/161);
  1. sentyabr — Tarjima bo‘yicha Xalqaro kun (A/RES/71/288);

18 dekabr — BMTda arab tili kuni.

 

ZAMONAVIY  FAN  TADQIQOTLARI  va  AJOYIB  MA’LUMOTLAR:

  1. Dunyo – madaniyatlar va tillarning ajoyib birlashmasidir. Ularning har biri o‘ziga xos xususiyatlari va go‘zalligiga ega.
  2. Dunyo xalqlari xilma-xil tillarda gaplashishadi. Biroq fan aniqlikni yaxshi ko‘radi. Shu tufayli vaqti-vaqti bilan tilshunoslar tillar sonini hisobga oladilar va o‘z ma’lumotlarini e’lon qilishadi.
  3. Raqamlar odatda bir biriga doimo mos tushavermaydi. Chunki u yoki bu tilni hamma joyda ham birdek tan olavermaydilar. Natijada o‘sha tilni ro‘yxatga kiritmay qo‘yish hollari uchrab turadi.
  4. 2024 yil ma’lumotlari bo‘yicha, dunyoda 7.668 milliard odam 7.164 tildan foydalanadi.
  5. Hozirgacha ulardan 500 tasigina o‘rganilgan xolos.
  6. Dunyo aholisining yarmi atigi 23 tilda gaplashadi.
  7. Har uch tildan bittasining yozuvi bo‘lmay, faqat og‘zaki nutq shakliga egadir.
  8. Jahondagi 1400 ta tilning yo‘qolib ketish xavfi bor.
  9. Dunyo tillaridan faqat 40 tasigina og‘zaki va yozma jihatdan mukammal shakllanib bo‘lgan deb hisoblanadi. O‘sha 40 ta tilning orasida o‘zbek tili ham bor.
  10. Hozirgi vaqtda «dunyo» bo‘lgan 8 ta til mavjud – ingliz, xitoy, ispan, rus, arab, fransuz, portugal va nemis tillari.
  11. Aynan ular eng ko‘p tashuvchilarga ega bo‘lib, ularning soni 4,3 milliard kishiga teng. Bu Yerning umumiy aholisining taxminan 60 % ni tashkil qiladi.
  12. Dunyodagi eng mashhur tillar. 2024 yilda ko‘p son (100 mln.dan ziyod) li ona tilida so‘zlashadigan 40 ga yaqin til mavjud: ingliz, xitoy, hind, ispan, arab, fransuz, bengal, rus, portugal, suaxili, indoneziya, urdu, yapon, nemis, panjob, fors.
  13. Dunyoda eng ko‘p gapiriladigan til ingliz tili – 1,4 milliard ona tilida so‘zlashuvchilar mavjud.
  14. Xitoy tili dunyodagi eng murakkab til sifatida “Ginnes rekordlari” kitobiga kiritilgan.
  15. Dunyodagi eng boy (katta lug‘at boyligi, eng katta ifoda imkoniyatlari, adabiy meros, madaniy ahamiyatga ega yoki tarqalishi bo‘yicha eng rivojlangan) tillar – ingliz, arab, xitoy, rus, fransuz, ispan, portugal.

                               

(2 – qism tugadi. Davomi bor...).

Ibrohimjon domla Inomov

 

Ibratli hikoyalar