frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir

24.03.2025   14930   1 min.
Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir

Muhtaram Prezidentimizning «Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi» g‘oyasi asosida saxovat tadbirlari poytaxtimizda davom etyapti. 
Bu jarayonda o‘zga millat vakillariga alohida e’tibor qaratilayotir. 

Bugun, Ramazonning 24-kuni (24 mart) Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov boshchiliklarida poytaxtimizdagi «Shayx Zayniddin» jome masjidida sayyor yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda tumanlar bosh imom-xatiblari, imom-domlalar ishtirokida homiylarni jalb qilgan holda tumandagi 100 ga yaqin kam ta’minlangan, boquvchisiin yo‘qotgan, ehtiyojmand, nogironi bor oilalar holidan xabar olindi.
Abduqahhor domla «Ko‘kcha» mahallasiga tashrif buyurib,  mahalla faollari bilan u yerdagi 5 ta yakka-yolg‘iz yashayotgan, nogiron parvarishlanayotgan xonadonga quvonch ulashilib, ehsonlar tarqatdilar.
Imom-xatiblar esa tumandagi boshqa mahallalarga bordilar.

Peshin namozidan so‘ng imom-domlalar «Shayx Zayniddin» jome masjidiga qaytib, amalga oshirilgan ezgu ishlar yuzasidan o‘zaro fikr almashdilar.

Yaxshilik, xayr-saxovat, mehr-oqibat, silai rahm kabi ulug‘ fazilatlar doimo insonga ziynat bo‘lib kelgan. Bunday olijanob xislatlarni o‘zida mujassam eta olgan insongina el-yurtning og‘irini yengil qila oladigan fazilatli shaxs hisoblanadi.

Alloh taolo Qur’on karimda: «Ehson-yaxshilikning mukofoti faqat ehson va ezgulik bo‘lajak» (Rohman surasi, 60-oyat), deb o‘zgalarga yaxshilik qiluvchilarga dunyo va oxiratda ulkan mukofotlar borligini ma’lum qilgan.
Alloh taolo ehsonlarni qabul qilsin. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati

Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir Yaxshilikning mukofoti faqat yaxshilikdir
MAQOLA
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»

24.08.2026   14597   1 min.
«Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!»

O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan yurtimizning turli hududlarida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari keng ko‘lamda davom etmoqda. Mazkur bosh g‘oya asosida masjidlar va qabristonlarda ham hasharlar tashkil etilib, hududlar tartibga keltirilmoqda.

Xususan, masjidlar atrofi, qabristonlar va ularga tutash hududlarda tozalash, obodonlashtirish, daraxtlarni parvarishlash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

Bunday xayrli ishlar yurtimiz obodligiga hissa qo‘shish, muqaddas maskanlar va ajdodlar xotirasini e’zozlash, jamiyatda o‘zaro hamjihatlik va birdamlik muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yagona Vatan — yagona xalq!

Yangi hayot va yangi kelajak sari birgalikda!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Namangan viloyati vakilligi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari