Sayt test holatida ishlamoqda!
28 Aprel, 2025   |   30 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:57
Quyosh
05:25
Peshin
12:26
Asr
17:14
Shom
19:20
Xufton
20:42
Bismillah
28 Aprel, 2025, 30 Shavvol, 1446
Yangiliklar

Oliy ma’hadda “Zakovat” intellektual o‘yini

28.03.2025   7789   1 min.
Oliy ma’hadda “Zakovat” intellektual o‘yini

Toshkent islom institutida talaba qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yinining final bosqichi bo‘lib o‘tdi. Eslatib o‘tamiz, 2024-2025 o‘quv yili davomida 6 nafardan talaba qizlar jamlangan 4 ta jamoa bir necha bosqichlarda bellashib kelayotgan edi. 

O‘tkazilgan har bir bellashuv alohida kayfiyat va natijalarga boy bo‘ldi. Har bir bosqich talaba qizlarning yanada shijoatlanishiga sabab bo‘ldi. Talaba qizlar final bosqichda yanada jiddu-jahd bilan bellashdilar. 1-o‘rin “Peshqadamlar” guruhi, 2-o‘rin “Ulun nuha” guruhi, 3-o‘rin “Fotima Samarqandiya” guruhi, 4-o‘rin “Sabiqot” guruhiga nasib etdi. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Oliy ma’hadda “Zakovat” intellektual o‘yini Oliy ma’hadda “Zakovat” intellektual o‘yini Oliy ma’hadda “Zakovat” intellektual o‘yini Oliy ma’hadda “Zakovat” intellektual o‘yini
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Namozda nazar qayerga qaratilishini bilasizmi?

25.04.2025   4913   1 min.
Namozda nazar qayerga qaratilishini bilasizmi?

Namozxon tik turganida ko‘zini sajda qiladigan joyiga, rukusida oyoq barmoqlariga, sajdasida burnining uchiga, o‘tirganida bag‘riga, birinchi salomida o‘ng yelkasiga, ikkinchi salomida chap yelkasiga qaratib o‘tirishi mustahab hisoblanadi.

Namozda ko‘zlar yumilmaydi, osmonga qaralmaydi va har tomonga alanglab ko‘z tashlanmaydi.  

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: "Namoz ichida har tarafga qarashdan saqlaninglar, chunki kishi modomiki namoz ichida bo‘lar ekan, Robbiga munojot qiladi” (Imom Abu Dovud, Imom Nasoiy rivoyati).

Davron NURMUHAMMAD