Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qachon namozlarini tamomlasalar, o‘ng qo‘llarini peshonalariga surtib so‘ngra:
أَشْهَدُ أَنْ لاَ إِلَهَ إِلاَّ اللهُ الرَّحْمَنُ الرَّحِيمُ اللهُمَّ أَذْهِبْ عَنِّي الهَمَّ وَالْحَزَنَ
«Ashhadu allaa ilaha illallohur rohmanur rohiym. Allohummazhib ’annil hamma val hazan», deb aytardilar.
Ma’nosi: Rahmon va rahim sifatli Allohdan boshqa iloh yo‘q, deb guvohlik beraman. Allohim, mendan g‘am va xafachiliklarni ketkaz (Ibn Sunniy rivoyati).
Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytadilar: "Kim bir yaxshilikni ko‘ngilga tugsa-yu, uni qilmasa, Alloh buni O‘z huzurida unga to‘liq bir yaxshilik deb yozadi. Agar shuni ko‘ngilga tugib, keyin uni qilsa, Alloh buni O‘z huzurida unga o‘nta yaxshilikdan yetti yuz baravargacha qilib, undan ham bir necha baravar ko‘p qilib yozadi. Kim bir yomonlikni ko‘ngilga tugsa-yu, uni qilmasa, Alloh buni O‘z huzurida unga to‘liq bir yaxshilik deb yozadi. Agar shuni ko‘ngilga tugib, keyin uni qilsa, Alloh buni unga birgina yomonlik deb yozadi" (Imom Buxoriy, Imom Muslim rivoyati).