Sayt test holatida ishlamoqda!
01 May, 2025   |   3 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:51
Quyosh
05:21
Peshin
12:25
Asr
17:16
Shom
19:23
Xufton
20:47
Bismillah
01 May, 2025, 3 Zulqa`da, 1446

Nabiy ﷺning namozdan so‘ng o‘qiydigan duolari

01.04.2025   4529   1 min.
Nabiy ﷺning namozdan so‘ng o‘qiydigan duolari

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:

Nabiy sollallohu alayhi vasallam qachon namozdan forig‘ bo‘lsalar:

اللهُمَّ اجْعَلْ خَيْرَ عُمُرِي آخِرَهُ وَخَيْرَ عَمَلِي خَوَاتِمَهُ وَاجْعَلْ خَيْرَ أَيَّامِي يَوْمَ أَلْقَاكَ

«Allohummaj’al xoyra ’umuriy axirohu va xoyro ’amaliy xovatimahu vaj’al xoyro ayyamiy yavma alqoka», deb aytar edilar.

Ma’nosi: Alohim, umrimning yaxshisini oxiri, amalimning yaxshisini xotimasi va kunlarimning yaxshisini Senga yo‘liqadigan kun qil (Ibn Sunniy rivoyati).


Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan

Boshqa maqolalar

Dard, musibat va faqirlikni ketkazuvchi zikr

28.04.2025   4740   1 min.
Dard, musibat va faqirlikni ketkazuvchi zikr

Abu Hurayra roziyallohu anhu aytadilar: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam menga: “Laa havla va laa quvvata illa billah”ni aytgin. Albatta, u jannat xazinalaridan biridir", dedilar".

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim Laa havla va laa quvvata illa billah”ni aytsa, to‘qson to‘qqiz dardga davo bo‘ladi. Eng yengili g‘amdir", dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Kim har kuni yuz marta “Laa havla va laa quvvata illa billah”ni aytsa, unga faqirlik yetmas", dedilar.

Ibn Qoyyim rahimahulloh aytadilar: “Kimning g‘am-tashvish va musibatlari ko‘payib ketsa: "Laa havla va laa quvvata illa billah" kalimasini ko‘p aytsin”.