Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Aprel, 2025   |   25 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:05
Quyosh
05:32
Peshin
12:26
Asr
17:11
Shom
19:15
Xufton
20:35
Bismillah
23 Aprel, 2025, 25 Shavvol, 1446

Shavvol oyi ro‘zasi uchun qanday niyat qilinadi?

02.04.2025   3184   2 min.
Shavvol oyi ro‘zasi uchun qanday niyat qilinadi?

Shavvol oyining olti kunlik ro‘zasi uchun saharlikda quyidagicha niyat qilinadi:

“Navaytu an asuma sovma shahri Shavvol minal fajri ilal mag‘rib xolisan lillahi ta’ala”.

Tarjimasi: “Alloh roziligi uchun shavvol oyining ro‘zasini tong sahardan to quyosh botguncha ixlos bilan tutishga niyat qildim”.

 

Shavvol iftorligida ham xuddi Ramazondagidek duo o‘qib og‘iz ochiladi:

Allohumma laka sumtu va bika amantu va a’layka tavakkaltu va a’la rizqika aftartu, fag‘fir li, yaa G‘affaru, ma qoddamtu va ma axxortu”.

Tarjimasi: “Allohim, Sen uchun ro‘za tutdim, Senga iymon keltirdim, Senga tavakkul qildim va Sening rizqing bilan iftor qildim. Ey mag‘firat qiluvchi Zot, oldingi va keyingi gunohlarimni mag‘firat et”.


Saharlikda taomlanishdan oldin quyidagi duoni o‘qish tavsiya etiladi:

“Allohumma, barik lana fiyhi va at’imna xoyran minhu”.

Tarjimasi: “Allohim, buni barakali qil va bizni bundan ham yaxshirog‘i bilan taomlantir”.

Ramazon oyining qazo ro‘zasi uchun saharlikda quyidagicha niyat qilinadi: “Navaytu an asuma sovma qazo shahri Ramazon minal fajri ilal mag‘rib xolisan lillahi ta’ala”.

Tarjimasi: “Ramazon oyi qazo ro‘zasini tongdan to quyosh botgunga qadar Alloh uchun ixlos bilan tutishga niyat qildim”.

 

Zafar qori MAHMUDOV,
Toshkent Islom instituti “Qur’on ilmlari”
kafedrasi o‘qituvchisi.

 

Boshqa maqolalar
Videolar

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

22.04.2025   2266   1 min.

Unda qator loyiha va konsepsiyalar muhokama qilindi. Xususan, markaz faoliyati bilan bog‘liq vazifa va topshiriqlar ijrosi, ilmiy-innovatsion loyihalarni toifalash va shartnomalar tuzish, xorijdan olib kelinadigan eksponatlar ro‘yxati, “Vaqt devori” suratlari konsepsiyalarini tasdiqlash, “Tamaddun, madaniyat va ma’rifat” mavzusidagi “Ma’rifat karvoni” ilmiy-ma’rifiy va madaniy targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish kabi masalalar muhokama qilindi.
 

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
VIDEO