Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Aprel, 2025   |   24 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:07
Quyosh
05:33
Peshin
12:27
Asr
17:11
Shom
19:14
Xufton
20:34
Bismillah
22 Aprel, 2025, 24 Shavvol, 1446
Yangiliklar

O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Haj – 2025” mavsumi uchun dori-darmon va tibbiyot buyumlarini yetkazib beruvchi korxonalar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi

02.04.2025   2960   1 min.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Haj – 2025” mavsumi  uchun dori-darmon va tibbiyot buyumlarini yetkazib beruvchi korxonalar o‘rtasida tanlov e’lon qiladi

Tanlovda qatnashish uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi: 
 

  1. Tanlovda ishtirok etish bo‘yicha xat;
  2. Korxona guvohnomasi va rahbarining pasport nusxasi;
  3. Bankdan K-2 shaklidagi ma’lumotnoma;
  4. Korxonaning so‘nggi bir yilda bankdagi pul mablag‘lari aylanmasi haqida ma’lumot;
  5. Dori-darmon sotish huquqini beruvchi litsenziya;
  6. Bog‘lanish uchun telefon raqamlari. 
     

Amaldagi qonunchilikka muvofiq, zarurat bo‘lsa qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin. Talab etiladigan dori-darmon va tibbiyot buyumlari ro‘yxati so‘rovga ko‘ra taqdim etiladi.

 

Tanlovda ishtirok etish istagida bo‘lgan korxona va tashkilotlar 2025 yil 8 aprel kuniga qadar yuqoridagi talablar asosida hujjatlarni O‘zbekiston musulmonlari idorasiga taqdim etishlari mumkin.

 
Manzil: Toshkent shahri, Olmazor tumani, Qorasaroy ko‘chasi, 47-uy. Telefon: 71-240-04-75. 

 

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

“Usmon Mus'hafi: Madinadan Movarounnahr sari” – muqaddas qo‘lyozma yo‘li haqida hujjatli film suratga olinadi

21.04.2025   2404   1 min.
“Usmon Mus'hafi: Madinadan Movarounnahr sari” – muqaddas qo‘lyozma yo‘li haqida hujjatli film suratga olinadi

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan noyob hujjatli film – “Usmon Mus'hafi: Madinadan Movarounnahr sari” nomli loyiha ustida ish boshlanmoqda. Filmda dunyodagi eng qadimiy Qur’on qo‘lyozmasi – VII asrda pergamentga yozilgan, hajmi 53x68 sm bo‘lgan va 353 varaqdan iborat Usmon Mus'hafining Madinadan Movarounnahrgacha bo‘lgan tarixiy yo‘li yoritiladi.


Filmda qo‘lyozmaning yaratilishidan tortib, turli sivilizatsiyalar davrida boshdan kechirgan murakkab tarixiy jarayonlar, uning O‘zbekistonga qanday saqlanib kelgani va hozirda Islom sivilizatsiyasi markazida muqaddas meros sifatida e’zozlanayotgani hujjatlar, tarixiy manbalar hamda mutaxassislarning izohlariga tayangan holda yoritiladi.


Mazkur hujjatli film markazdagi ekspozitsiya tarkibiga kiritilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u ziyoratchilar va mehmonlar uchun muhim ma’naviy-tarixiy tajribani taqdim etadi. Film orqali tomoshabinlar nafaqat Qur’onning tarixiy qadr-qimmati, balki O‘zbekiston zaminining bu bebaho merosni asrab-avaylashdagi tutgan o‘rni haqida chuqur tasavvurga ega bo‘lishadi.

cisc.uz

O'zbekiston yangiliklari