Sayt test holatida ishlamoqda!
08 May, 2025   |   10 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:40
Quyosh
05:12
Peshin
12:25
Asr
17:20
Shom
19:31
Xufton
20:57
Bismillah
08 May, 2025, 10 Zulqa`da, 1446
Yangiliklar

Qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga moddiy-ma’naviy tasalli berildi

02.04.2025   7317   1 min.
Qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga moddiy-ma’naviy tasalli berildi

Bugun, 1 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Andijon viloyati Izboskan tumanidagi baxtsiz hodisa ro‘y bergan “Ahmadali hoji” jome masjidini mutasaddilar ishtirokida ko‘zdan kechirdilar. Voqea tufayli ta’ziyali bo‘lgan xonadonlarga hamdardlik bildirdilar. Qur’oni karim oyatlari o‘qilib, marhumlar haqiga bag‘ishlandi.
So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 31 mart kuni (https://t.me/muslimuzportal/40908) masjid tahoratxonasida gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida bir necha fuqaro halok bo‘lib, 10 kishi turli jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hodisa natijasida tahoratxona devor va tom qismiga zarar yetgan, yong‘in sodir bo‘lmagan.

Muftiy hazratlari boshchiligidagi ulamolar vafot etganlarning janoza namozlarida, ma’raka-marosimlarida haqlariga duolar qilishdi. Marhumlarning yaqinlariga moddiy-ma’naviy tasalli berildi. Tan jarohati olib, shifoxonalarda muolaja olayotganlarga tez fursatda sog‘ayib ketishlarini tilandi.
Halok bo‘lganlarning oila a’zolariga O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan moddiy yordamlar berildi. Shu bilan birga, amaldagi qonunchilikka asosan moddiy yordam pullari ham to‘lash nazarda tutilgan. Masjidning talafot ko‘rgan qismini qayta tiklash ishlari uchun ham belgilangan tartibda mablag‘lar ajratiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
 

Qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga moddiy-ma’naviy tasalli berildi Qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga moddiy-ma’naviy tasalli berildi Qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga moddiy-ma’naviy tasalli berildi Qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga moddiy-ma’naviy tasalli berildi Qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga moddiy-ma’naviy tasalli berildi Qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga moddiy-ma’naviy tasalli berildi Qurbon bo‘lganlarning yaqinlariga moddiy-ma’naviy tasalli berildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Bo‘sh qutining hikmati

06.05.2025   3656   1 min.
Bo‘sh qutining hikmati

Uch yashar qizi uyni betartib qilib tashlagani uchun otasi unga qattiqroq tanbeh berdi. Ertasiga qizi otasiga bir quti hadya qildi. Otasi bo‘sh qutini ko‘rib, qizining bu ishini tushunolmadi va: “Bu nimasi, qizim, meni masxara qilyapsanmi?” dedi. Qizi esa: “Kecha meni urishgan paytingiz sizga aytishdan qo‘rqib shu qutini ochdim va ichiga sizni yaxshi ko‘rishimni aytib, og‘zini berkitib qo‘ydim. Bugun jahlingiz chiqmay turgani uchun olib kelib berdim”, dedi. Shunda ota xato yo‘l tutayotganini anglab yetdi. Qizini opichladi. Uning bundan naqadar xursand bo‘lgani ko‘z oldida qoldi. 
 

Oradan yillar o‘tsa-da, ishi yurishmasa yo kayfiyati bo‘lmasa o‘sha kunni eslab, bo‘sh qutini ochib qararkan, tashvishlarini unutdi.


Darhaqiqat, qiz farzand otasiga o‘g‘il farzanddan ham ko‘proq mehrli bo‘lishar ekan. Hadislarda bir qiz farzandni bo‘lsa-da, tarbiyalab o‘stirgan otaga jannat bashorati berilgani bejizmas ekan.


Alloh bergan bu ne’matlarning qadriga yetaylik. Zero, qancha odamlar, o‘g‘il bo‘lsin, qiz bo‘lsin – ko‘p yillar davomida farzand ne’matiga zor. 

Akbarshoh RASULOV