Sayt test holatida ishlamoqda!
11 Aprel, 2025   |   13 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:28
Quyosh
05:50
Peshin
12:29
Asr
17:03
Shom
19:02
Xufton
20:19
Bismillah
11 Aprel, 2025, 13 Shavvol, 1446

Surma surmaysizmi?

03.04.2025   3276   3 min.
Surma surmaysizmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Abu Hurayra roziyallohu an­hu­dan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim surma qo‘ysa, toq qo‘ysin. Kim shunday qilsa, yaxshi qilgan bo‘ladi, kim qilmasa, haraj yo‘q”, dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Ismid* bilan surma qo‘yinglar. Albatta, u ko‘z­ni ravshan qiladi va kiprik­larni o‘stiradi”, dedilar» (Imom Termiziy rivoyati).

Surma ko‘zni muhofaza qiladi, ko‘zdagi xiralikni aritib, chirkinlarni chiqarib tashlaydi, quv­vatlantiradi, ko‘rish qobiliyatini oshiradi, kipriklarni o‘stiradi. Bu xususiyat, ayniqsa, ismidda ko‘p­roq bo‘lib, keksa yoshdagi kishilar uchun foydaliroqdir.

Yuqoridagi hadislardan Nabiy sollallohu alayhi vasallam shax­siy gigiyenaga a’lo daraja­da e’ti­bor qilganlarini ko‘ri­shimiz mumkin. U zot muborak ko‘zlari­ning parvarishi uchun surmadan foydalanganlar va ummatlariga ham tavsiya qilganlar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning surma qo‘yishlari­ni diqqat bilan o‘rganadigan bo‘l­sak, u zot surmani kechasi, uxlashdan oldin qo‘yganlari va uni o‘ng ko‘z­lariga uchta, chap ko‘zlariga uchta (yoki o‘ng ko‘zlariga ikkita, chap ko‘zlariga ikkita va yana bit­tani ikki ko‘zlariga yoki o‘ng ko‘zlari­ga uchta, chap ko‘zlariga ikkita) qi­lib toq qo‘yganlari ma’lum bo‘la­di. Um­matlariga ham uni kechasi qo‘yish­ni va toq qilishni buyurganlar.

Surmaning kechasi qo‘yilishida foydalar ko‘p. Ko‘zlar yumilgan holda surmadan uzoq vaqt – tonggacha oziqlanadi. Kunduzi esa, bunday natijaga erishib bo‘lmaydi.

Hanbaliylar, ba’zi sho­fe’iylar va ahli ha­dislar Na­biy sollallohu alayhi vasal­lam fe’l­larining zohiriga e’ti­boran erkaklar uchun sur­ma qo‘yish (zarurat bo‘lish-bo‘lmas­ligidan qat’i nazar) mustahab degan yo‘lni tutganlar.

Hanafiylar esa, modomi­ki, u bilan ziynatla­nish ko‘z­lanmas ekan, erkaklarning ham surma qo‘yishi joiz deydilar. Hanafiylarning ba’zilari man qilingan holatdan takabburlik uchun ziynatlanish nazarda tutilgan, jamol va viqor uchun ziynatlanish emas, deb izohlashgan.

Imom Molikdan ham ikki qavl bo‘lib, birida joiz deyilgan bo‘lsa, ikkinchisida ayollarga o‘xshab qolishi e’tiboridan makruh deyilgan.

Demak, erkaklar uchun surmadan davo sifatida, ko‘zning parvarishi uchun foydalanish joiz. Ziynat uchun bo‘lsa, hanafiylar va molikiylar nazdida makruhdir.

Agar sobit bo‘lgan hadislar taammul qilib ko‘­rilsa, Nabiy sollallohu alayhi vasallamning surmani ziynat uchun emas, balki ko‘z va kipriklar parvarishi uchun qo‘yganlari ayon bo‘ladi. Surmani kechasi, uxlashdan oldin qo‘yganlari ham bu ishning ziynat uchun bo‘lmaganini ta’kidlaydi.

Surmadan ziynatlanish maqsadida foydalanish faqat ayollar uchun mustahabdir. Chunki ular erlariga chiroyli suratda ko‘rinishlari lozim. Ammo eridan boshqasi uchun ziynatlanishlari joiz emas.

Erkaklarning surmadan ziynat maqsadida foydalanishlari esa, agar o‘sha jamiyatda bu ish odatga aylangan bo‘lsa, u holda zarari yo‘q. Qadimda arab­lar cho‘lning jaziramasida ko‘zning xiralashib, shikastlanmasligi uchun surmadan foydalanishgan va uni kunduzi ham qo‘yib yurishgan. Shu bois ularda erkaklarning ham surmadan foydalanishlari oddiy hol bo‘lgan. Ammo boshqa xalqlarda, masalan, bizning mintaqalarda bu holatga o‘zini ayollarga o‘xshatish qabilidagi xatti-harakat deb qaraladi.

Manbalar asosida
Azizbek XOLNAZAROV tayyorladi.

Boshqa maqolalar

Ma’naviyat targ‘ibotchilari faol ish olib bormoqda

10.04.2025   1218   1 min.
Ma’naviyat targ‘ibotchilari faol ish olib bormoqda

“Yangi O‘zbekistonning fidoyisi bo‘lib, ma’naviyat targ‘ibotchisiga aylanamiz” tashabbusi doirasida Respublikamiz hojilari ishtirokida o‘tkazilayotgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlari qizg‘in davom etmoqda. Shu choqqacha bo‘lib o‘tgan 81 ming 116 ta tadbirda 494 327 nafar yurtdoshimiz qamrab olindi.

Ularning oilaviy sharoitlaridan kelib chiqib, tinchlik qadri va shukronalik, yoshlar tarbiyasi, illatlarga barham berish, ilm-ma’rifatga targ‘ib, yot g‘oyalarga qarshi kurashish mavzularida suhbatlar o‘tkazildi. Ehtiyojmandlar holidan xabar olinib, oziq-ovqat mahsulotlari, moddiy yordamlar berildi. 
 

Diniy soha vakillari bilan bir qatorda 11 mingdan ziyod hojilar ishtirok etayotgan tadbirlar natijasida nizoli oilalar yarashtirilmoqda, yot unsurlar ta’siriga tushib qolganlar to‘g‘ri yo‘lga qaytmoqda. 
 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati 

Ma’naviyat targ‘ibotchilari faol ish olib bormoqda Ma’naviyat targ‘ibotchilari faol ish olib bormoqda Ma’naviyat targ‘ibotchilari faol ish olib bormoqda Ma’naviyat targ‘ibotchilari faol ish olib bormoqda Ma’naviyat targ‘ibotchilari faol ish olib bormoqda Ma’naviyat targ‘ibotchilari faol ish olib bormoqda Ma’naviyat targ‘ibotchilari faol ish olib bormoqda Ma’naviyat targ‘ibotchilari faol ish olib bormoqda Ma’naviyat targ‘ibotchilari faol ish olib bormoqda Ma’naviyat targ‘ibotchilari faol ish olib bormoqda Ma’naviyat targ‘ibotchilari faol ish olib bormoqda Ma’naviyat targ‘ibotchilari faol ish olib bormoqda Ma’naviyat targ‘ibotchilari faol ish olib bormoqda Ma’naviyat targ‘ibotchilari faol ish olib bormoqda