V Mejdunarodnom nauchno-issledovatelskom sentre imama Buxari proshla vstrecha s uchastiyem rukovoditeley i ispolniteley nauchnix proyektov.
Na vstreche bili obsujdeni voprosi obespecheniya ispolneniya porucheniy Prezidenta Uzbekistana Shavkata Mirziyoyeva, dannix vo vremya yego vizita v Sentr islamskoy sivilizatsii 29 yanvarya 2025 goda i v Muzey kompleksa Imama Buxari v Samarkande 22 marta.
Zamestitel direktora Sentra Firdavs Xalimov rasskazal o nauchnix i innovatsionnix proyektax, realizuyemix v ramkax obogasheniya ekspozitsii sentra. Bilo otmecheno, chto dlya effektivnoy realizatsii etix proyektov bila sozdana spetsialnaya rabochaya gruppa, sostoyashaya iz otvetstvennix rukovoditeley.
Sentr imama Buxari aktivno uchastvuyet v obogashenii muzeynoy ekspozitsii. Podcherknuto, chto vse proyekti doljni bit realizovani s uchastiyem sootvetstvuyushix organizatsiy i vipolneni kachestvenno v ustanovlennie sroki.
Direktor Mejdunarodnogo nauchno-issledovatelskogo sentra imama Buxari Shovosil Ziyodov vistupil po vtoromu voprosu povestki dnya – zadacham, kasayushimsya kompleksa imama Buxari. On perechislil zadachi, takiye kak razrabotka konsepsii i plana meropriyatiy, vnedreniye "Samarkandskogo opita" i podgotovka predlojeniy po ukrepleniyu prosvesheniya sredi molodeji na osnove mejdunarodnogo opita.
Prinyatie resheniya budut sposobstvovat dalneyshemu sovershenstvovaniyu deyatelnosti Sentra islamskoy sivilizatsii i kompleksa Imama Buxari, soxraneniyu nauchnogo naslediya i sozdaniyu prosveshennogo obshestva, otmetili v press-slujbe Sentra islamskoy sivilizatsii.
Press-slujba Upravleniya musulman Uzbekistana
Masjidi Nabaviy Madina shahrida joylashgan bo‘lib, Islom tarixidagi eng muqaddas joylardan biridir. Masjid Muhammad sollallohu alayhi vasallam tomonidan hijratning birinchi yilida, 622 yili barpo etilgan va musulmonlar uchun Makkadagi Masjidul Harom va Quddusdagi Masjidul Aqsodan keyingi uchinchi muqaddas masjid hisoblanadi. Masjidi Nabaviydagi mehroblar masjidning tarixiy va ma’naviy ahamiyatini aks ettiradi.
Mehrob – masjidda namoz vaqtida imom turadigan va qiblani ko‘rsatuvchi joy. Masjidi Nabaviydagi kengaytirishlar va qayta qurish jarayonlarida mehroblar o‘zgarib borgan. Masjidning dastlabki ko‘rinishi sodda shaklda bo‘lib, mehrob ham biror bir narsa bilan belgilanmagan. Keyinchalik, Umaviylar, Abbosiylar, Usmoniylar va Saudiylar davrida mehroblar naqshinkor san’at namunalari bilan bezatildi.
1. Payg‘ambar mehrobi. Mehrobi Nabaviy Masjidi Nabaviydagi eng muhim va asosiy mehrobdir. Mehrob Ravzada, Payg‘ambar alayhissalomning qabrlari va minbarlari orasida joylashgan. Payg‘ambar alayhissalom davrlarida U zot namoz o‘qigan joyda biror belgi bo‘lmagan, 707-710 yilda ilk bor Umaviy xalifasi Valid ibn Abdulmalik tomonidan bu joyga birinchi mehrob o‘rnatilgan.
Masjidda hozirgi shakldagi mehrob 1482 yilda Mamluk sultoni Qaytbey tomonidan qurilgan bo‘lib, keyinchalik Usmonlilar va Saudiya podshohi Fahd davrlarida ta’mirlangan. Mehrob tilla bilan qoplangan xattotlik yozuvlari va go‘zal naqshlar bilan bezatilgan.
2. Usmoniy mehrobi. Mehrobi Usmoniy hozirda ko‘p foydalaniladigan asosiy mehrob bo‘lib, Usmon ibn Affon roziyallohu anhu davrida 651 yilda masjid kengaytirilganidan qurilgan. Qibla devorining markazida joylashgan Usmon ibn Affon mehrobi o‘rnida dastlab belgi bo‘lgan.
3. Mehrobi tahajjud. Mehrob Payg‘ambar alayhissalom tahajjud namozini o‘qigan joyni bildiradi. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning tungi namozlarini Masjidi Nabaviyning ustunlaridan biri yonida o‘qir edilar. Keyinchalik bu ustun yonida mehrob qurildi, ammo so‘nggi yillardagi qayta ta’mirlash ishlarida olib tashlandi va uning o‘rniga Qur’oni karim mus'haflari uchun kitob javoni o‘rnatilgan.
4. Sulaymoniy mehrobi. Mehrobi Sulaymoniy Hanafiy mehrobi deb ham nomlanadi. Sulaymoniy mehrobi Ravzadan tashqarida, Payg‘ambar alayhissalom minbarlarining o‘ng tomonida joylashgan. Bu mehrob hanafiy mazhabidagilarning namozgohi bo‘lgan. 1532 yili Sulton Sulaymon I buyrug‘i bilan bunyod etildi.
5. Fotima mehrobi. Fotima rohiyallohu anho uylari yaqinida, tahajjud mehrobining janubida, Nabiy alayhissalom hujralari atrofida joylashgani, maqbara o‘ralgani bois mehrob ko‘rinmaydi.
Po‘latxon Kattayev,
TII Hadis va islom tarixi fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi.