Sayt test holatida ishlamoqda!
22 Aprel, 2025   |   24 Shavvol, 1446

Toshkent shahri
Tong
04:07
Quyosh
05:33
Peshin
12:27
Asr
17:11
Shom
19:14
Xufton
20:34
Bismillah
22 Aprel, 2025, 24 Shavvol, 1446
Yangiliklar

Bog‘otdagi “Mir Hoshim bobo” masjidiga ilk g‘isht qo‘yildi

14.04.2025   3680   1 min.
Bog‘otdagi “Mir Hoshim bobo” masjidiga ilk g‘isht qo‘yildi

Bog‘ot tumanida joylashgan “Mir Hoshim bobo” jome masjidini qaytadan qurish uchun tamal toshi qo‘yilgan edi.

Shu yil 12 aprel kuni mazkur masjidning yangi binosi qurilishiga ilk g‘isht qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Unda Xorazm viloyati bosh imom-xatibi Xayrulla domla Abdullayev, tumandagi imom-xatiblar, mutasaddilar, mahalla faollari va nuroniy otaxonlar ishtirok etdi. 


Ulamolarimiz: "Biror hududda masjid barpo etilsa, shu masjidning barakasi butun aholiga tatiydi. Shu yerga fayz, unum va baraka inadi", deyishgan. 

Alloh taolo yangi jome tez orada mo‘min-musulmonlar ixtiyoriga topshirilishini nasib etsin. Bu xayrli ishga hissa qo‘shayotganlardan Robbimiz rozi bo‘lsin. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Xorazm viloyati vakilligi
Matbuot xizmati

Bog‘otdagi “Mir Hoshim bobo” masjidiga ilk g‘isht qo‘yildi Bog‘otdagi “Mir Hoshim bobo” masjidiga ilk g‘isht qo‘yildi Bog‘otdagi “Mir Hoshim bobo” masjidiga ilk g‘isht qo‘yildi Bog‘otdagi “Mir Hoshim bobo” masjidiga ilk g‘isht qo‘yildi Bog‘otdagi “Mir Hoshim bobo” masjidiga ilk g‘isht qo‘yildi Bog‘otdagi “Mir Hoshim bobo” masjidiga ilk g‘isht qo‘yildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Kvadroberlikning Islom nuqtayi nazaridan bahosi

21.04.2025   1348   4 min.
Kvadroberlikning Islom nuqtayi nazaridan bahosi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

1. Kvadroberlik atamasining kelib chiqishi va mazmuni

Kvadroberlik (quadrobics yoki quadrobics lifestyle) ingliz tilidagi "quad" (to‘rt) va "aerobics" (jismoniy mashq) so‘zlaridan tashkil topgan atamadir. Bu submadaniyat to‘rt oyoqlab yurgancha mushuk, it yoki boshqa hayvonlarga taqlid qilish, ularga xos sakrash va harakatlarni bajarish orqali o‘zini ifoda etish shaklidir. Ayrim hollarda bu harakat o‘zini hayvon deb tasavvur qilishga borib yetadi.

Uning paydo bo‘lishi:

2008-yilda yaponiyalik Kenichi Ito maymunlarga taqlid qilib, 100 metrni to‘rt oyoqlab yugurib o‘tganidan keyin e’tiborni tortgan.

2010-yillarda "Animal Flow" nomli sport yo‘nalishi bilan bog‘liq tarzda ommalasha boshlagan.

So‘ngra, TikTok va boshqa ijtimoiy tarmoqlarda yoshlar orasida "kvadrober"lar jismoniy mashqlarni, sakrashlarni, maska va kostyumlar kiyishni moda qilganlar.


2. Ijtimoiy va ruhiy oqibatlari

Kvadroberlik tashqi tomondan zararsiz ko‘rinsa-da, uning chuqur ijtimoiy va ruhiy oqibatlari mavjud:

Shaxsiylik inqirozi: Yoshlar o‘zlarini hayvon sifatida ko‘rishga intilishi psixologik nomutanosiblik va shaxsni tan olmaydigan buzilishlarga olib kelishi mumkin.

Ota-ona va jamiyatdan ajralish: Bu submadaniyatni tanlaganlar ko‘pincha real jamiyatdan yiroqlashadi, internetdagi virtual guruhlarga yopishib qoladi.

Normativ qadriyatlarga qarama-qarshilik: Jamiyatda qabul qilingan axloqiy me’yorlarga zid bo‘lgan harakatlar – odamlar oldida itdek yurish, qichqirish, sakrashlar – boshqalarda noqulaylik uyg‘otadi va bu omma orasida tushunmovchilik va ziddiyatlarga sabab bo‘ladi.

Fitna va ijtimoiy xavf: Ayrim holatlarda kvadroberlar odamlar ustiga sakrash, g‘alati tovushlar chiqarish orqali atrofdagilarda qo‘rquv uyg‘otgan holatlar kuzatilgan (masalan, Toshkentda kuzatilgan holatlar).


3. Islom nuqtayi nazaridan bahosi

Islom dini inson sha’nini oliy darajada qadrlaydi. Kvadroberlik esa bu sha’nni pastga tushiruvchi, fitratga zid bo‘lgan xatti-harakatdir.

A) Insonning sha’ni va martabasi

وَلَقَدْ كَرَّمْنَا بَنِي آدَمَ

"Biz Odam bolalarini aziz qildik…" (Isro surasi, 70-oyat).

Tafsiri: Imom Tabariy va boshqa mufassirlar bu oyatda insonlarga Alloh tomonidan berilgan sha’n va fazilatlar – aql, to‘g‘ri yo‘riq, nutq, kiyinish qobiliyati, halol rizq kabi ne’matlarni nazarda tutganlar. Bu oyat asosida inson o‘zini hayvonga o‘xshatmasligi lozim, chunki Alloh insonni hayvondan ustun qilgan.


B) O‘zini boshqalarga o‘xshatish (tashabbuh) haqida hadis

"Kim bir qavmga o‘xshasa, u o‘sha qavmdandir" (Abu Dovud, Libos: 4020).

Sharh: Ulamolar bu hadisdagi "tashabbuh" ni faqat diniy emas, balki xulqiy va madaniy jihatdan o‘xshashlik deb izohlaydi. Odam o‘zini hayvonga o‘xshatish orqali aslida insoniy fazilatlarini rad etgan bo‘ladi.


C) Fitratni buzish – harom amallardan biri

وَلَآمُرَنَّهُمْ فَلَيُغَيِّرُنَّ خَلْقَ اللَّهِ

(Shayton dedi:) "Ularni albatta buyuraman, shunda ular Allohning yaratganini o‘zgartiradilar" (Niso surasi, 119-oyat).

Tafsiri: Ibn Kasir rahimahulloh va boshqa mufassirlar bu oyatni fitratni buzish – jinsni o‘zgartirish, tabiiy xulqdan chiqish, o‘zini boshqa mavjudotga o‘xshatish sifatida talqin qilishgan. Kvadroberlik bu ma’noda insoniy fitratni o‘zgartirishga kiradi.


D) Fitna va ijtimoiy xavf

وَالْفِتْنَةُ أَشَدُّ مِنَ الْقَتْلِ

"Fitna qotillikdan battar" (Baqara surasi, 191-oyat).

Tafsiri: Qurtubiy bu oyatdagi "fitna"ni – ijtimoiy notinchlik, odamlar orasida g‘alayon chiqish, ularning tinchini buzish deb tushuntirgan. Jamoat joyida o‘zini hayvon kabi tutish aynan mana shu fitnaga olib keladi.

Kvadroberlik tashqi tomondan zamonaviy "subkultura" bo‘lib ko‘rinsa-da, aslida bu harakat yoshlar orasida insoniylik sha’nini pastga tushiruvchi, fitratni buzuvchi, jamiyatda fitna chiqaruvchi va Islomiy qadriyatlarga ziddir. Ulamolar, tarbiyachilar, ota-onalar bunga qarshi ogoh bo‘lishi, yoshlarni bunday zararli yo‘nalishlardan kelajak avlodlarni ham ogohlantirishi va uzoq tutishi zarur.