Bismillahir Rohmanir Rohiym
Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.
Shayx, doktor Abdulhay Orifiy quddisa sirruhu shunday dedilar: "Gunohlarga jur’at va ishtiyoq paydo bo‘lganda, darhol ularni muolaja etishga harakat qiling. Qachon qalbda haromga bir qarab olay, bir nazar tashlab maza qilay, degan xohish paydo bo‘lsa, tasavvur qiling, otangiz sizni ko‘rib turibdi. Shunda ham bu harakatingizni davom ettirarmidingiz? Yoki shayxingiz ko‘z oldida ham yuzsizlarcha haromga tikilaverarmidingiz?
Farzandlaringiz oldida hammi? Aniqki, agar ulardan birortasi mening bu harakatimni ko‘rib turgan bo‘lsa, nazarimni pastga olaman va qalbda qanchalik kuchli xohish bo‘lmasin, bu ishni qilmayman. Siz ham shunday paytda ko‘zingizni tiyasiz, deb umid qilaman.
Keyin shunday tasavvur qilingki, odamlarning ko‘rish-ko‘rmasligidan mening dunyo va oxiratim uchun biror foyda yo‘q, lekin bu holatimni Ahkamul hokimiyn bo‘lgan Zot Alloh taolo ko‘rib turibdi, U Zot menga bu ishim uchun, istasa, jazo ham beradi.
Shu narsalarni o‘ylasa, inshaAlloh, Alloh taolo bandani bu gunohdan muhofaza qiladi".
«Nasihatlar guldastasi» kitobidan